TOShKENT, 27 dek — Sputnik. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Rossiyaning xorijda joylashgan diplomatik vakolatxonalariga hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu bois, Rossiya Federatsiya Kengashi vitse-spikeri Ilyas Umaxanov xorijdagi vakolatxonalar xavfsizligini kuchaytirishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov 19-dekabr kuni Anqarada fotoko‘rgazma ochilishi tadbirida otib o‘ldirilgan edi. Turkiya hukumati hujum politsiya xodimi Mevlyut Mert Altintash tomonidan amlaga oshirilgani va voqea joyining o‘zida mahalliy kuch ishlatish xodimlari tomonidan yo‘q qilingani haqida xabar qilgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi ushbu yuzadan "xalqaro terrorchilik akti" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi.