Anqarada Rossiya elchisi o‘ldirildi

Andrey Karlov
Andrey Karlov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov ommaviy marosim chog‘ida qurollangan terrorchi tomonidan otib o‘ldirildi. Moskva ushbu qotillikni terakt deb atadi. BMT, NATO va o‘nlab mamlakatlar vakillari ushbu qotillikni qattiq qoralamoqda.

TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Moskva Anqarada bo‘lib o‘tgan ushbu vahshiy qotillikni- terakt, deb qabul qildi, dedi jurnalistlarga TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.  

Anqarada fotoko‘rgazma ochilishida, qo‘riqchi kiyimida bo‘lgan terrorchi, Rossiya elchisi Andrey Karlovni og‘ir yaralangan. Kasalxonaga olib ketish vaqtida yurak massaji va sun’iy nafas oldirilishiga qaramasdan, elchi vafot etgan.

"Biz ushbu voqeani terrorchilik akti deb hisoblaymiz. Turkiya hukumati bilan aloqadamiz. Ular bizga sinchikov va har tomonlama taftish o‘tkazishni va’da berishmoqda", — deyilgan TIV rasmiy xabarida.

"Rossiya elchisiga qilingan hujumdan maqsad — Moskva va Stambulni boshma-bosh to‘qnashtirish", deb hisoblaydi Federatsiya Kengashi  vakili, senator  Frans Klinsevich.

"Interfaks" nashri xabariga ko‘ra, quyidagi videoda qotillik qanday sodir bo‘lgani tasvirlangan. Marosimda bo‘lgan jurnalistlarning biri xabariga ko‘ra, terrorchi o‘q uzganidan "Biz Alepponi esdan chiqarmaymiz, biz Suriyani esdan chiqarmaymiz. Bizning qardoshlar xavfsizlikda bo‘lmagunicha, sizlar ham xavfsizlikda bo‘lmaysizlar", —deb baqirgan.

“Biz Rossiya elchisiga qilingan qurolli hujumni qattiq qoralaymiz. Diplomat yoki elchiga uyushtirilgan hujumni hech narsa oqlay olmaydi”, — dedi BMT bosh kotibi vakili Stefan Jarrik.

Turkiya TIVi ham ushbu jinoyatni qattiq qoralab, uning ikki davlat munosabatlariga soya solishiga yo‘l qo‘ymasligini xabar qildi.

“Biz ushbu pastkash terrorchilik hujumini keskin qoralaymiz. Terrorchi yo‘q qilindi. Fojea yuzasidan sinchikov taftish o‘tkaziladi va aybdorlar Turkiya sudi oldida javob beradi. Rossiyaning Anqaradagi elchisi Karlov ajoyib diplomat va a’lo inson edi. U eng og‘ir damlarda Turkiyada muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan edi. u doimo bizning yodimizda qoladi. Biz ushbu jinoyat Rossiya-Turkiya munosabatlariga soya solishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, — deyilgan Turkiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy hujjatida.

Anqara hokimi Melix Gokchok  aytishiga qaraganda ushbu hujum Rossiya va Turkiya orasidagi munosabatlarni buzish uchun amalga oshirilgan.

Turkiya TIVi qotil xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi bo‘lganini tasdiqladi.U ushbu sohada to‘rt yildan ortiq ishlagan ekan.

Yangiliklar lentasi
0