Qirg‘iziston elchisi: Karlovni mendan uch qadam narida otishdi

Andrey Karlov
Andrey Karlov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Diplomatning aytishicha, jinoyatchi o‘qi tugab to‘pponchasini o‘qlayotganida 25ga yaqin kishi binodan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Qirg‘izistonning Turkiyadagi elchisi Ibragim Junusov Sputnik Qirg‘iziston muxbiriga rossiyalik diplomat Andrey Karlov otib o‘ldirilgan Anqaradagi fotoko‘rgazmada nimalar sodir bo‘lganini so‘zlab berdi.

Junusov Karlov uni va o‘zbekistonlik hamkasbini Chankaya (Anqaradagi tuman)dagi madaniyat markazida bo‘lib o‘tadigan fotoko‘rgazmaga shaxsan taklif qilganligini aytdi.

Sham - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiya elchisining o‘limi munosabati bilan Hamdardlik kitobi ochildi

"Biz uchalamiz turgandik. Dastlab so‘zni Chankaya meri o‘rinbosariga berishdi, keyin Karlov so‘zga chiqdi. U ko‘rgazmaga kelganlarga minnatdorlik bildirayotgan chog‘ida o‘q ovozlari yangradi. Men bungacha Karlovning ortida bir o‘zi turgan, ko‘kragida politsiya nishoni bo‘lgan yigitni ko‘rgandim. U o‘q uzayotib "Ollohu akbar!" deb qichqirdi. Hech kimga o‘rnida turmaslikni va boshini ko‘tarmaslikni buyurdi. Men Rossiya elchisidan uch qadam narida turgandim", — dedi Junusov.

Diplomatning aytishicha, jinoyatchi o‘qi tugab to‘pponchasini o‘qlayotganida 25ga yaqin kishi, jumladan Junusov ham binodan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan. So‘ngra yana qichqiriq va o‘q ovozlari eshitilgan.

"Keyin nima bo‘lganini aniq ayta olmayman, chunki bizga u yerni tezroq tark etishimizni aytishdi. Jabrlanganlar orasida Qirg‘iziston fuqarolari yo‘q, uch kishi jarohatlangan", — dedi u.

Dushanba kuni Turkiya poytaxtida Rossiya elchisi otib o‘ldirildi. Hujum vaqtida uch kishi jarohatlangan. Qotil voqea joyida otib tashlangan.

Yangiliklar lentasi
0