TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Aleksey Yerxovni Rossiyaning Turkiyadagi elchisi lavozimiga tayinladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov 2016-yilning 19-dekabr kuni Anqarada, ko‘rgazma ochilishi vaqtida otib o‘ldirilgan edi. Hujum politsiya xodimi Mevlyut Oltintosh tomonidan amalga oshirilgan, u xavfsizlik kuchlari tomonidan yo‘q qilingan.
Ayni vaqtda qotillik bo‘yicha rossiyalik va turkiyalik mutaxassislar hamkorlikda surishtiruv ishlarini olib borishmoqda.
Shu vaqtgacha elchi lavozimini vaqtincha bajaruvchi etib maslahatchi-vakil Sergey Panov bajarib kelayotgan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.