O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 29-aprel kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvda asosan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda.