TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-aprel kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.
Bugun, 30-aprel kuni Ko‘ksaroyda oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvda asosan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga o‘tgan yilgi davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy ishonchni mustahkamlab, barcha sohalardagi aloqalarga keng yo‘l ochgan edi.