Shavkat Mirziyoyev va Rejep Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan Qo‘shma bayonotni imzoladilar.
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, ta’lim, turizm va boshqa sohalarga doir 24 ta hujjat imzolandi.
Bundan tashqari, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston — Turkiya biznes-forumida 50 dan ortiq yangi investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng bitimlar imzolandi.
Tashrifning uchinchi kuni oliy martabali mehmonlar Buxoro viloyatiga keldi.
Turkiyalik mehmonlar Buxoro viloyatida Bahouddin Naqshband majmuasi, Mir Arab oliy madrasasi, Ark qo‘rg‘onini, Poyi Kalon majmuasiga tashrif buyurishdi.
Buxoroning tarixiy va me’moriy obidalari, milliy hunarmandlik mahsulotlari turkiyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.