TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, ta’lim, turizm va boshqa sohalarga doir 24 ta hujjat imzolandi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, Ko‘ksaroyda o‘tgan samarali muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan Qo‘shma bayonotni imzoladilar.
Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, ta’lim, turizm va boshqa sohalarga doir 24 ta hujjat imzolandi.
Bundan tashqari, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston — Turkiya biznes-forumida 50 dan ortiq yangi investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng bitimlar imzolanishi kutilmoqda.