TOShKENT, 1-may — Sputnik. Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.
Tashrif "samarali va mazmunli bo‘ldi", — deyiladi xabarda.
Eslab o‘tamiz, davlat rahbarlarining Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tgan muzokaralari natijasida 25 ta hujjat imzolandi. Ekspomarkazda ikki mamlakat ishbilarmonlari 3 milliard dollarlik kelishuvlarga erishdi.
Buxoro ziyorati uchrashuvlarga qo‘shimcha mazmun baxsh etdi.
Shuning bilan Turkiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi nihoyasiga yetdi.