Ziroatxon Mirziyoyeva Erdo‘g‘onning rafiqasi Emine bilan uchrashdi

Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva bugun, 30-aprel kuni Turkiya prezidentining rafiqasi Emine Erdo‘g‘on bilan uchrashdi. Bu haqda Turkiya birinchi xonimi o‘zining Twitterdagi sahifasiga post yozgan.

"O‘zbekiston poytaxti Toshkentda Ziroat Mirziyoyeva bilan uchrashdik. Samimiy mehmondo‘stlik uchun tashakkur", — deb yozilgan postda.

© Foto: stranitsa Emine Erdogan v twitterPrezidenti Uzbekistana i Tursii s suprugami v rezidensii Kuksaroy
Prezidenti Uzbekistana i Tursii s suprugami v rezidensii Kuksaroy - Sputnik O‘zbekiston
Prezidenti Uzbekistana i Tursii s suprugami v rezidensii Kuksaroy

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan. 

30 aprel kuni Ko‘ksaroyda oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi o‘tdi.

Muzokaralarda investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikni mustahkamlash, turizm, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0