TOShKENT, 1-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev va Rajab Tayyip Erdo‘g‘on Buxoroga tashrifi avvalida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildilar. Qur’on tilovat qilindi.
"O‘zbek va turk xalqlarining dini, ma’naviy qadriyatlari bir. Yurtimizda yashagan avliyo va allomalar Turkiyada ham e’zozlanadi. Buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband ana shunday siymolardan biridir.
Oliy martabali mehmonga uning hayoti, islom dini rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, "Ko‘ngling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin" degan g‘oyaning mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berildi. Mustaqillik yillarida bu maskan yurtdoshlarimiz va xorijiy sayyohlar ko‘p keladigan ziyoratgohga aylandi, "- deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.
Turkiya prezidenti O‘zbekiston buyuk allomalar yurti ekanini, o‘zbek xalqining tarixi va ma’naviyatiga hurmati balandligini ta’kidladi.
Ziyorat turkiyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.