Toshkentda 26-27 mart kunlari Afg‘oniston bo‘yicha "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik" nomli yuqori darajadagi xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi.
TIV xabariga ko‘ra, 12-mart sanasiga qadar o‘zlarining diplomatik kanallari orqali forumda ishtirok etishlarini Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya TIV rahbarlari, Yevropa Ittifoqining xorijiy masalalar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Afg‘onistondagi BMT maxsus vakili tasdiqlaganlar. AQSh tomonidan anjumanda Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari ishtirok etadi.