https://oz.sputniknews.uz/20210708/markaziy-osiyo-amerika-afgonlarini-nima-qilishi-kerak--19597428.html
Markaziy Osiyo “amerika” afg‘onlarini nima qilishi kerak?
Markaziy Osiyo “amerika” afg‘onlarini nima qilishi kerak?
Sputnik O‘zbekiston
Shu kunlarda Moskva diqqati Sharq tomonga, Markaziy Osiyoga qaratilgan. Amerika va NATO Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqqanidan so‘ng vaziyat keskin yomonlashib... 08.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-08T16:01+0500
2021-07-08T16:01+0500
2021-07-08T16:01+0500
kolumnistlar
markaziy osiyo
afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajali toshkent xalqaro anjumani
markaziy va janubiy osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. tahdidlar va imkoniyatlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. “Biz Afg‘onistonda sodir bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatib boroqdamiz. U yerda amerika va NATO qo‘shinlari olib chiqilganidan so‘ng vaziyat keskin yomonlashib ketishi mumkin”, - degan edi biroz oldin Sergey Lavrov. TIV rahabarining so‘zlariga ko‘ra Vladimir Putin Markaziy Osiyoning besh davlati rahabarlari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Undan tashqari ushbu respublikalarning to‘rttasi rahbariyati bilan u yoki bu formatda so‘nggi 2 oy ichida uchrashgan edi. Ushbu uchrashuvlarda turli mavzular muhokama qilingan bo‘lsa-da, Afg‘oniston mavzusiga – har doim alohida ahamiyat berilgan edi. U yerda Amerika qo‘shinlarning 90% olib chiqilganidan so‘ng Qobul hukumati va Tolibon* orasida janglar boshlanib ketgan edi. Markaziy Osiyo respublikalarining uchtasi Afg‘oniston bilan bevosida chegaradosh bo‘lib qolmasdan Islom Respublikasi shimolida ham tojik, o‘zbek va turkmanlar yashaydi. Faqatgina so‘nggi kunlar davomida Tolibon* bosimi ostida afg‘on armiyaning bir necha ming askarlari O‘zbekiston va Tojikistondan boshpana so‘rashdi. Tolibon Afg‘oniston ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganidan so‘ng, sobiq Ittifoqning janubiy respublikalari xavfsizligi nafaqat ushbu respublikalar uchun balkim Rossiya uchun ham eng muhim mavzuga aylanadi. Aynan shu sababdan ham Putin hozir Markaziy Osiyo rahbarlari bilan chegarani mustahkamlashdan tortib qurol yetkazib berishgacha bo‘lgan xavfsizlik masalalarini muhokama qilmoqda. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston KXShTga kiradi, ya’ni ular Rossiyaning harbiy ittifoqchilaridir. Lekin ular orasida Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan davlat faqat bitta – Tojikiston. O‘zini beteraf deb e’lon qilgan Turkmaniston ushbu tashkilotgan hech qachon a’zo bo‘lmagan, O‘zbekiston bir necha bosh tashkilotda ishtirokini to‘xtatib qo‘gan edi. So‘nggi marotaba 2012-yilda. Bu degani Moskva Ashxobod va Toshkentga yordam bermaydi degani emas. Kerak bo‘lsa ular yordam so‘rashi mumkin. Masala - qanday xavf tug‘ilishida. Afg‘on inqirozining bugungi ko‘rinishi, bir necha xil tahdidlar paydo qilishi mumkin. Ulardan eng oddiy va tushunarlisi – jangovar harakatlarni Markaziy Osiyo hududiga ko‘chirish. Bu ish Tolibon* agressiyasi tufayli emas, balkim turli qurollangan bo‘linmalarni Afg‘oniston shimolidan siqib chiqarilishi oqibatida sodir bo‘lishi mumkin. Afg‘oniston shimolida asosan tojik va o‘zbek millatlari yashaydi. Ularning vakillari ham hukumat qo‘shinlari orasida ham toliblar orasida, shuningdek Al-Qoida* va IShID* orasida ham bo‘lishi mumkin. Bir vaqtlar radikal islomiy oqimlar tarafdori bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari Afg‘onistonga qochib o‘tishgan edi. Ularning ayrimlari jihod olovini o‘z vatanida ham yoqishni istab qolsa ajab emas. Tolibon kuchayib borgan sari shimoliy hududlarni nazorat qiluvchi kuchlar ta’siri zaiflashib boradi va radikal guruhlar ham siqib chiqariladi. Xo‘sh shunda ular qayerga qochadi? Chegarada o‘tib Tojikiston va O‘zbekistonga, albatta. Albatta ushbu respublikalar ham kutilmagan mehmonlarni qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Ularning xavfi ularga qarshi qanday kurashish ma’lum. Vaziyat og‘irlashib ketsa – Rossiya yordam beradi. Lekin ushbu vaziyatda, hozircha yaqqol ko‘rinmaydigan boshqa xatarlar ham bor. Ular orasida Amerikaning ushbu hududda qolish istagi. Bu yerda bir necha bosqich bo‘lishi mumkin. Boshida AQSh MO respublikalaridan birining hududida “Afg‘onistonda masofadan turib harakat qilish maqsadida” o‘z bazasini joylashtirmoqchi edi. O‘tgan haftada Vashingtonda O‘zbekiston va Tojikiston TIV rahbarlari bilan ushbu mavzuda muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi. Rasmiy bayonot berilmagan bo‘lsada, Dushanbe va Toshkent amerikaliklarni o‘z hududiga kiritishiga ishonish amri mahol. O‘zbekiston va Qirg‘iziston 2001-yil voqealaridan so‘ng (11/9 Nyu Yorkdagi terakt) o‘z hududida AQSh harbiy bazasini joylashtirgan edi. Lekin 2006-yilda Respublika rahbariyati talabiga asosan Amerika harbiylari chiqarib yuborilgan edi. Hozir ham ularni yana kiritish uchun hech qanday asos yo‘q. Lekin kiritmaslik uchun – sabablar istalgancha bor. Birinchidan, O‘zbekiston va Tojikistonda joylashtirilgan Amerika harbiy bazalari tolibon noroziligiga olib kelgan bo‘lardi. Ular baribir yaqin orada afg‘on hukumatiga yoki uning muhim bo‘lagiga aylanadi. Shunday ekan qo‘shni bilan munosabatlarni buzishning nima keragi bor? Ikkinchidan, amerika bazalari Markaziy Osiyo respublikalari bilan ittifoqchilik munosabatlarida bo‘lgan Rossiya va Xitoyning keskin noroziligiga sabab bo‘ladi. Uchinchidan, AQSh harbiylariga mahalliy aholi ham negativ munosabatda bo‘ladi – begona harbiy bazani o‘z hududida joylashtirgan mamlakatda mustaqillik darajasi ham ko‘paymaydi. Ushbu vaziyatda, harbiy bazalar kabi yaqqol bo‘lmasa-da, xatarning yana bir darajasi bor. Amerikaliklar O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘istondan ular uchun ishlagan 9000 nafar afg‘onistonliklarni vaqtincha qabul qilishni so‘rashmoqda. Ular Tolibon* o‘ch olishidan xavotir olishmoqda. Xo‘sh, nega amerikaliklar ushbu fuqarolarni o‘zlari bilan olib ketishmaydi? Ulgurmayapmiz deb bahona qilishayotgan bo‘lsa-da, aslida ular buni istashmaydi. Lekin 9 ming - bu qochqinlarning bir qismi xolos. AQShning maxsus immigratsion vizasi uchun allaqachon 18 mingta ariza berilgan. Oila a’zolari bilan birga ularning soni 70 mingga yetadi. Buncha qochqin Amerikaga nima kerak?Shu sababli ham ular o‘zlari foydalangan va enli kerak bo‘lmay qolgan kishilarni endi Markaziy Osiyoga tiqishtirmoqda. Ularni ta’minlash uchun pul va’da qilishmoqda xolos. Aslida Tolibon ham ushbu kollaboratsionistlarni o‘ldirmoqchi emas – ularga amerikaliklar uchun ishlaganidan pushaymon qilsa ham yetarli bo‘ladi. Tojikiston va O‘zbekiston Afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilishga rozi bo‘lishini tushunsa bo‘ladi. Qobulning yangi hukumati okkpantlar uchun ishlashga tayyorlangan siyosiy kadrlarga boshpana berilishidan, albatta, norozi bo‘ladi. Eng asosiy xavf esa, ushbu respublikalarning o‘zi uchun paydo bo‘lishi mumkin. Ayniqsa O‘zbekiston uchun. Amerikaliklar ushbu respublikani uzoq vaqtdan buyon Markaziy Osiyo kaliti sifatida qaramoqda. Bir necha ming “mijozlar” (qochqinlar) kiritgandan so‘ng, Toshkent maxsus o‘qitilgan amerikalik mutaxassislar uchun ham eshiklarini ochishga majbur bo‘ladi. Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar, NNTlar va turli-tuman “demokratiya fondlari” mutaxassislarining barchasi O‘zbekiston emas Amerika uchun faoliyat olib boradi. So‘nggi besh yil davomida ochiqlik siyosati, “qayta tug‘ilish” va barcha sohalarda islohotlar olib borayotganmamlakat uchun bunday “desant”ning xavfi katta bo‘lishi mumkin. “Amerikalik do‘stlar” uchun esa 40 millionli xalqning taqdiri – muhim emas. Agar vaziyatni tebratish ularning qo‘lidan kelsa – ular hech o‘ylamay buni amalga oshiradi. Chunki Rossiyadan farqli o‘laroq, AQShni Markaziy Osiy bilan hech narsa bog‘lab turgani yo‘q. Ushbu hududning tinchligi, xavfsizligi va faravonligi uchun ular o‘zlarini javobgar deb hisoblashmaydi. Afg‘oniston bunga yaqqol misol bo‘lishi mumkin. Lekin Rossiyadan faqat umid qilish bilan ish bitmaydi – yaqinda YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston o‘zining KXShTda ishtirokini tiklashi kerak. Hozir ko‘p qirrali o‘yinlar va hech kimga qo‘shilmaslik siyosatining vaqti emas. Bunday siyosatning yutuqlari ko‘p bo‘lsa ham. Bugungi vaziyatda ham “amerikancha orzuga” ishonib ko‘p milliardli investitsiyalar olish ilinjida bo‘lish mumkin, lekin oxir oqibat bir necha ming “amerika” afg‘on qochqinlari va mustaqillikni yo‘qotish xavfi ostida qolish mumkin.*Rossiya va boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terrorchi tashkilotlar
https://oz.sputniknews.uz/20210703/kamilov-aqshning-afgoniston-boyicha-maxsus-vakili-bilan-muzokara-otkazdi-19527637.html
https://oz.sputniknews.uz/20210708/tojikiston-afgon-qochoqlarini-qabul-qilyapti--video--19595962.html
https://oz.sputniknews.uz/20210708/ertaga-urush-bolsa-odkb-operguruhi-tojik-afgon-chegarasida-ishlamoqda-19587733.html
https://oz.sputniknews.uz/20210707/afgonistonda-tolibon-kuchaymoqda--aqshning-bunga-nima-aloqasi-bor--19575672.html
https://oz.sputniknews.uz/20210708/markaziy-va-janubiy-osiyo-anjumanida-kimlar-ishtirok-etishi-malum-boldi-19588476.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
kolumnistlar, markaziy osiyo, afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajali toshkent xalqaro anjumani, markaziy va janubiy osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. tahdidlar va imkoniyatlar
kolumnistlar, markaziy osiyo, afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajali toshkent xalqaro anjumani, markaziy va janubiy osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. tahdidlar va imkoniyatlar
Markaziy Osiyo “amerika” afg‘onlarini nima qilishi kerak?
Shu kunlarda Moskva diqqati Sharq tomonga, Markaziy Osiyoga qaratilgan. Amerika va NATO Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqqanidan so‘ng vaziyat keskin yomonlashib ketishi mumkin.
TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. “Biz Afg‘onistonda sodir bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatib boroqdamiz. U yerda amerika va NATO qo‘shinlari olib chiqilganidan so‘ng vaziyat keskin yomonlashib ketishi mumkin”, - degan edi biroz oldin Sergey Lavrov.
TIV rahabarining so‘zlariga ko‘ra Vladimir Putin Markaziy Osiyoning besh davlati rahabarlari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Undan tashqari ushbu respublikalarning to‘rttasi rahbariyati bilan u yoki bu formatda so‘nggi 2 oy ichida uchrashgan edi.
Ushbu uchrashuvlarda turli mavzular muhokama qilingan bo‘lsa-da, Afg‘oniston mavzusiga – har doim alohida ahamiyat berilgan edi. U yerda Amerika qo‘shinlarning 90% olib chiqilganidan so‘ng Qobul hukumati va Tolibon* orasida janglar boshlanib ketgan edi.
Markaziy Osiyo respublikalarining uchtasi Afg‘oniston bilan bevosida chegaradosh bo‘lib qolmasdan Islom Respublikasi shimolida ham tojik, o‘zbek va turkmanlar yashaydi.
Faqatgina so‘nggi kunlar davomida Tolibon* bosimi ostida afg‘on armiyaning bir necha ming askarlari O‘zbekiston va Tojikistondan boshpana so‘rashdi. Tolibon Afg‘oniston ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganidan so‘ng, sobiq Ittifoqning janubiy respublikalari xavfsizligi nafaqat ushbu respublikalar uchun balkim Rossiya uchun ham eng muhim mavzuga aylanadi.
Aynan shu sababdan ham Putin hozir Markaziy Osiyo rahbarlari bilan chegarani mustahkamlashdan tortib qurol yetkazib berishgacha bo‘lgan xavfsizlik masalalarini muhokama qilmoqda.
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston KXShTga kiradi, ya’ni ular Rossiyaning harbiy ittifoqchilaridir. Lekin ular orasida Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan davlat faqat bitta – Tojikiston.
O‘zini beteraf deb e’lon qilgan Turkmaniston ushbu tashkilotgan hech qachon a’zo bo‘lmagan, O‘zbekiston bir necha bosh tashkilotda ishtirokini to‘xtatib qo‘gan edi. So‘nggi marotaba 2012-yilda. Bu degani Moskva Ashxobod va Toshkentga yordam bermaydi degani emas. Kerak bo‘lsa ular yordam so‘rashi mumkin. Masala - qanday xavf tug‘ilishida.
Afg‘on inqirozining bugungi ko‘rinishi, bir necha xil tahdidlar paydo qilishi mumkin. Ulardan eng oddiy va tushunarlisi – jangovar harakatlarni Markaziy Osiyo hududiga ko‘chirish. Bu ish Tolibon* agressiyasi tufayli emas, balkim turli qurollangan bo‘linmalarni Afg‘oniston shimolidan siqib chiqarilishi oqibatida sodir bo‘lishi mumkin.
Afg‘oniston shimolida asosan tojik va o‘zbek millatlari yashaydi. Ularning vakillari ham hukumat qo‘shinlari orasida ham toliblar orasida, shuningdek Al-Qoida* va IShID* orasida ham bo‘lishi mumkin.
Bir vaqtlar radikal islomiy oqimlar tarafdori bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari Afg‘onistonga qochib o‘tishgan edi. Ularning ayrimlari jihod olovini o‘z vatanida ham yoqishni istab qolsa ajab emas.
Tolibon kuchayib borgan sari shimoliy hududlarni nazorat qiluvchi kuchlar ta’siri zaiflashib boradi va radikal guruhlar ham siqib chiqariladi. Xo‘sh shunda ular qayerga qochadi? Chegarada o‘tib Tojikiston va O‘zbekistonga, albatta.
Albatta ushbu respublikalar ham kutilmagan mehmonlarni qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Ularning xavfi ularga qarshi qanday kurashish ma’lum. Vaziyat og‘irlashib ketsa – Rossiya yordam beradi.
Lekin ushbu vaziyatda, hozircha yaqqol ko‘rinmaydigan boshqa xatarlar ham bor. Ular orasida Amerikaning ushbu hududda qolish istagi. Bu yerda bir necha bosqich bo‘lishi mumkin. Boshida AQSh MO respublikalaridan birining hududida “Afg‘onistonda masofadan turib harakat qilish maqsadida” o‘z bazasini joylashtirmoqchi edi. O‘tgan haftada Vashingtonda O‘zbekiston va Tojikiston TIV rahbarlari bilan ushbu mavzuda muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi.
Rasmiy bayonot berilmagan bo‘lsada, Dushanbe va Toshkent amerikaliklarni o‘z hududiga kiritishiga ishonish amri mahol. O‘zbekiston va Qirg‘iziston 2001-yil voqealaridan so‘ng (11/9 Nyu Yorkdagi terakt) o‘z hududida AQSh harbiy bazasini joylashtirgan edi. Lekin 2006-yilda Respublika rahbariyati talabiga asosan Amerika harbiylari chiqarib yuborilgan edi. Hozir ham ularni yana kiritish uchun hech qanday asos yo‘q. Lekin kiritmaslik uchun – sabablar istalgancha bor.
Birinchidan, O‘zbekiston va Tojikistonda joylashtirilgan Amerika harbiy bazalari tolibon noroziligiga olib kelgan bo‘lardi. Ular baribir yaqin orada afg‘on hukumatiga yoki uning muhim bo‘lagiga aylanadi. Shunday ekan qo‘shni bilan munosabatlarni buzishning nima keragi bor?
Ikkinchidan, amerika bazalari Markaziy Osiyo respublikalari bilan ittifoqchilik munosabatlarida bo‘lgan Rossiya va Xitoyning keskin noroziligiga sabab bo‘ladi.
Uchinchidan, AQSh harbiylariga mahalliy aholi ham negativ munosabatda bo‘ladi – begona harbiy bazani o‘z hududida joylashtirgan mamlakatda mustaqillik darajasi ham ko‘paymaydi.
Ushbu vaziyatda, harbiy bazalar kabi yaqqol bo‘lmasa-da, xatarning yana bir darajasi bor. Amerikaliklar O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘istondan ular uchun ishlagan 9000 nafar afg‘onistonliklarni vaqtincha qabul qilishni so‘rashmoqda. Ular Tolibon* o‘ch olishidan xavotir olishmoqda.
Xo‘sh, nega amerikaliklar ushbu fuqarolarni o‘zlari bilan olib ketishmaydi? Ulgurmayapmiz deb bahona qilishayotgan bo‘lsa-da, aslida ular buni istashmaydi. Lekin 9 ming - bu qochqinlarning bir qismi xolos. AQShning maxsus immigratsion vizasi uchun allaqachon 18 mingta ariza berilgan. Oila a’zolari bilan birga ularning soni 70 mingga yetadi. Buncha qochqin Amerikaga nima kerak?
Shu sababli ham ular o‘zlari foydalangan va enli kerak bo‘lmay qolgan kishilarni endi Markaziy Osiyoga tiqishtirmoqda. Ularni ta’minlash uchun pul va’da qilishmoqda xolos.
Aslida Tolibon ham ushbu kollaboratsionistlarni o‘ldirmoqchi emas – ularga amerikaliklar uchun ishlaganidan pushaymon qilsa ham yetarli bo‘ladi. Tojikiston va O‘zbekiston Afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilishga rozi bo‘lishini tushunsa bo‘ladi.
Qobulning yangi hukumati okkpantlar uchun ishlashga tayyorlangan siyosiy kadrlarga boshpana berilishidan, albatta, norozi bo‘ladi.
“Siz amerika bazalarini o‘z hududingizda joylashtirmadingiz, Amerika razvedkasi Afg‘onistonda ishlashi uchun sharoit yaratib bermadik deyapsiz. Unda AQSh uchun ishlagan minglab afg‘onlar sizning yurtingizda nima qilayapti? Ular AQShning puliga dam olayaptimi? Yoki Afg‘onistonga qarshi qo‘poruvchilik faoliyati olib borayaptimi?”, - degan savollar berilishi tabiiy va bunday savollarga javob topish qiyin bo‘ladi.
Eng asosiy xavf esa, ushbu respublikalarning o‘zi uchun paydo bo‘lishi mumkin. Ayniqsa O‘zbekiston uchun. Amerikaliklar ushbu respublikani uzoq vaqtdan buyon Markaziy Osiyo kaliti sifatida qaramoqda. Bir necha ming “mijozlar” (qochqinlar) kiritgandan so‘ng, Toshkent maxsus o‘qitilgan amerikalik mutaxassislar uchun ham eshiklarini ochishga majbur bo‘ladi.
Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar, NNTlar va turli-tuman “demokratiya fondlari” mutaxassislarining barchasi O‘zbekiston emas Amerika uchun faoliyat olib boradi.
So‘nggi besh yil davomida ochiqlik siyosati, “qayta tug‘ilish” va barcha sohalarda islohotlar olib borayotganmamlakat uchun bunday “desant”ning xavfi katta bo‘lishi mumkin.
“Amerikalik do‘stlar” uchun esa 40 millionli xalqning taqdiri – muhim emas. Agar vaziyatni tebratish ularning qo‘lidan kelsa – ular hech o‘ylamay buni amalga oshiradi. Chunki Rossiyadan farqli o‘laroq, AQShni Markaziy Osiy bilan hech narsa bog‘lab turgani yo‘q. Ushbu hududning tinchligi, xavfsizligi va faravonligi uchun ular o‘zlarini javobgar deb hisoblashmaydi. Afg‘oniston bunga yaqqol misol bo‘lishi mumkin.
Lekin Rossiyadan faqat umid qilish bilan ish bitmaydi – yaqinda YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston o‘zining KXShTda ishtirokini tiklashi kerak. Hozir ko‘p qirrali o‘yinlar va hech kimga qo‘shilmaslik siyosatining vaqti emas. Bunday siyosatning yutuqlari ko‘p bo‘lsa ham.
Ukrainaning 2014-yilga qadar olib borilgan siyosatini eslash kifoya. O‘shanda Viktor Yanukovich bir vaqtning o‘zida ham YeI ham YeOIIda bo‘lishni, ham Rossiya va ham G‘arb bilan do‘stlashishni istagan edi.
Bugungi vaziyatda ham “amerikancha orzuga” ishonib ko‘p milliardli investitsiyalar olish ilinjida bo‘lish mumkin, lekin oxir oqibat bir necha ming “amerika” afg‘on qochqinlari va mustaqillikni yo‘qotish xavfi ostida qolish mumkin.
*Rossiya va boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terrorchi tashkilotlar