Eron: chet el qo‘shinlarini Afg‘onistondan chiqarib yuborish kerak

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishV Polshe razmeshen batalon NATO
V Polshe razmeshen batalon NATO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron vakili - terrorchilikka qarshi kurashda, birinchi navbatda, o‘zaro nafrat uyg‘otuvchi mafkuralarga qarshi kurashish kerak, aholining radikallashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Toshkent anjumani davomida Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Arakchi Afg‘onistonda terrorchilikni yengish uchun barcha mamalkatlar kuchlarini birlashtirishga chaqirdi.

Rossiyskiy flag - Sputnik O‘zbekiston
Moskva Markaziy Osiyo beshligi orasidagi hamjihatlikni yuqori baholadi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Iroq, Suriya va Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan terrorchi guruhlar hududdagi umumiy vaziyatni yomonlashtirmoqda.

“Men shunga alohida e’tibor bermoqchimanki, biz, barcha mamlakatlar, Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashda hamkorlik qilishimiz kerak, biz birgalikda terrorchilikka barham berishimiz mumkin”, — dedi Arakchi.

Eron vakili so‘zlariga ko‘ra, terrorchilikka qarshi kurashni sinchikovlik bilan olib borish kerak. Buning uchun birinchi navbatda o‘zaro nafrat uyg‘otuvchi mafkuralarga qarshi kurashish kerak, aholining radikallashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

“Urush 40-yildan beri davom etmoqda. Bizning fikrimizcha, xorijiy qo‘shinlar kiritilishi ham uni to‘xtatishga yordam bera olmadi. Shuning uchun yagona yo‘l, bu —  tinchlik muzokaralari jarayonini boshlashdir. Biz ushbu ijobiy qadamni qo‘yishda Afg‘oniston hukumati tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz — chet el qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborish va Afg‘onistonning o‘z salohiyatini oshirish kerak”, — dedi Arakchi.     

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab NATO qo‘shinlarining jangovar bo‘lmagan “Dadil qo‘llab-quvvatlash” missiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Uning asosiy maqsadi — afg‘on hukumati va kuch tizimlarini o‘qitish va tayyorlashdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0