Sergey Lavrov Afg‘onistonda haqiqiy tinchlik bo‘lishi uchun nima qilish zarurligini aytdi

Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Afg‘onistonda haqiqiy tinchlikka erishish uchun afg‘on hukumati va "Tolibon" o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni yo‘lga qo‘yish zarurligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Rasmiy Qobul va "Tolibon" o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni yo‘lga qo‘ymasdan Afg‘onistonda haqiqiy tinchlikka erishib bo‘lmaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentdagi "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik" nomli yuqori darajadagi xalqaro anjumanda aytdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Toshkent anjumani o‘tkazishga nimalar sabab bo‘lganini aytdi

"Markaziy Osiyo bizning tashqi siyosatimizda muhim o‘rin egallaydi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan YeIIH orqali hamkorlik qilamiz. 9 oy ichida Rossiyaning Markaziy Osiyoga ko‘magi 6 milliard dollardan oshib ketdi", — dedi Sergey Lavrov.

Vazir konferensiya mazmun-mohiyati, Toshkent anjumanining yakuniy hujjati va afg‘on muammosini siyosiy hal qilish masalasi bo‘yicha hamkorlikdagi kelgusi sa’y-harakatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Afg‘oniston mojarosini kuch bilan hal bo‘lmaydi. Faqat afg‘on hukumati va "Tolibon" harakati o‘rtasidan konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish orqali haqiqiy tinchlikka va barqarorlikka erishish mumkin", — dedi Sergey Lavrov.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya mintaqada ittifoq va sherik davlatlar bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0