O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” muzokaralari uchun sharoit yaratishga tayyor

© SputnikMirziyoyev prizivayet k pramomu dialogu mejdu Kabulom i talibami
Mirziyoyev prizivayet k pramomu dialogu mejdu Kabulom i talibami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston hukumati va Tolibon orasida o‘tkaziladigan tinchlik muzokaralari uchun Toshkent har qanday maydon taklif etishga tayyor.

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati va qurollangan muxolifat orasida, birinchi navbatda “Tolibon” orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlashni taklif qildi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Toshkentda bugun bo‘lib o‘tayotgan "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik" nomli yuqori darajadagi xalqaro anjuman ochilishida xabar qildi.

“Afg‘oniston ichida markaziy Hukumat va qurollangan muxolifat orasida, avvalombor “Tolibon” harakati bilan, dastlabki shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatni boshlash kerak”, — dedi O‘zbekiston prezidenti Anjuman ochilish marosimida.

Shuningdek, O‘zbekiston rahbari Afg‘oniston hukumati va Tolibon orasida ana shunday suhbat va muzokaralar o‘tkazish uchun o‘z hududida barcha sharoitlarni yaratishga tayyor ekanini bildirdi.

"Afg‘onistonning tinch kelajagi uchun javobgarlikni his qilgan va o‘zbek va afg‘on xalqlarining azaliy do‘stona munosabatlarini hisobga olgan holda, ushbu tinchlik jarayonining har qanday bosqichida Afg‘oniston hukumati va "Tolibon" harakati muzokaralari uchun O‘zbekiston hududida barcha kerakli sharoitlarni yaratishga tayyormiz", — dedi Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev aytishiga qaraganda, Afg‘oniston urushi tashqaridan boshlangan, afg‘on xaqining o‘zi esa buni istamagan. “Afg‘on urushi chetdan boshlangan va olib borilayotgan urushdir. Bu afg‘on xalqining tanlovi emas”,  - dedi Mirziyoyev.

Shuningdek, Mirziyoyev aytishiga qaraganda, bugungi kunda guruhlar orasida mavjud  savollar oldinda turgan muzokarlarda muhokama mavzulari bo‘lishi mumkin. Siyosiy jarayonni esa imkon qadar tezroq boshlash kerak. 

“Afg‘oniston ichki siyosiy jarayonining boshlanishini orqaga surib bo‘lmaydi. Bu yana ko‘plab odamlarning umriga zomin bo‘lishi mumkin”, — dedi O‘zbekiston prezidenti.

Toshkent anjumanida Afg‘oniston prezidenti, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya TIV rahbarlari, Yevropa Ittifoqining xorijiy masalalar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Afg‘onistondagi BMT maxsus vakili,  AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0