Toshkentda "Markaziy Osiyo + Yevropa Ittifoqi" formatida uchrashuv o‘tkaziladi

© Spuntik / Dmitriy AstaxovPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" konferensiyasida ishtirok etish uchun bir necha mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari kelgan.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Bugun, 26-mart kuni Toshkentda "Markaziy Osiyo + Yevropa Ittifoqi" formatida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Rossiya, Turkiya va Pokiston vazirlarini qabul qiladi

Bu haqda dushanba kuni simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda matbuot xizmati rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev xabar qildi.

Uchrashuvda Afg‘oniston muammosi bo‘yicha muhim xavfsizlik, iqtisodiy hamda ijtimoiy masalalari batafsil muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz,  ko‘ra, xalqaro anjumanda ishtirok etish (23 mart holatiga) taklifini quyidagilar tasdiqlaganlar: BMTning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Tadamichi Yamamoto, BMT Bosh kotibining maxsus vakili — MOPDMM rahbari Natalya German, Yevrokomissiya vitse-prezidenti, Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, Rossiya, Turkiya, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston TIV rahbarlari, Hindiston Tashqi ishlar masalalari davlat vaziri, AQSh, Xitoy, Eron, Saudiya Arabistoni va Turkmaniston tashqi ishlar muassasalari rahbarlari o‘rinbosarlari, Buyuk Britaniya, Germaniya. Italiyaning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha bo‘yicha maxsus vakillari, Yaponiya TIV maxsus maslahatchisi, Qatar TIVning maxsus elchisi. Shuningdek, NATO, ODKB, Fransiya va Birlashgan Arab Amirliklaridan oliy martabali delegatsiyalari.

Yangiliklar lentasi
0