Mirziyoyev Toshkent anjumani o‘tkazishga nimalar sabab bo‘lganini aytdi

Obuna bo‘lish
Bugun Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari, Eron, Turkiya, Rossiya va AQSh hamda BMT va YeI delegatsiyalari ishtirokida "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik" yuqori darajali xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

TOShKENT, 27 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishni maqsad qilgan ushbu yuqori darajadagi xalqaro anjuman O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishiga qanday asoslar borligini sanab o‘tdi.

Mirziyoyev prizivayet k pramomu dialogu mejdu Kabulom i talibami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” muzokaralari uchun sharoit yaratishga tayyor

Birinchidan: bizning ushbu tashabbusimiz O‘zbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasiga to‘la mos keladi. Bu konsepsiyada avvalo qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash ustuvor vazifa etib belgilangan.

Ikkinchidan: O‘zbekiston va afg‘oniston xalqlari asrlar davomida yagona madaniy-sivilizatsion makonda yashab keladi.

Azal-azaldan Amudaryoning ikki tomonida o‘zaro o‘xshash tillar.umumiy muqaddas din va mushtarak ma’naviy qadriyatlar birlashtirib turadigan xalqlar yashab kelmoqda. Amudaryo biz uchun hamisha tiriklik manbai bo‘lib kelgan, ammo odamlarning erkin harakat qilishiga, savdo aloqalarini yaqindan rivojlantirishga, ilm-fan sohasidagi yutuqlar bilan o‘rtoqlashgan va bir-birini madaniy jihatdan boyitishga hech qachon to‘sqinlik qilmagan.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda "Markaziy Osiyo + Yevropa Ittifoqi" formatida uchrashuv o‘tkaziladi

Uchinchidan: barchamiz qat’iy ishonamizki, xavfsizlik yagona va bo‘linmasdir, va uni faqat birgalikdagi sa’yi-harakatlar bilan ta’minlash mumkin. Afg‘oniston xavfsizligi — bu O‘zbekiston xavfsizligi, butun bepoyon Markaziy Osiyo mintaqasi barqarorligi va taraqqiyoti garovidir.

Xalqaro terroristik tashkilotlar Afg‘onistonni o‘zining doimiy makoniga aylantirib olishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

To‘rtinchidan: O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashish bo‘yicha tajribaga ega. O‘zbekistonning tashabbusi bilan 1999-yilda Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar Rossiya va AQSh tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari darajasidagi “6+2” guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Bu uchrashuvda Shimoliy ittifoq va Tolibon harakati vakillari ham ishtirok etgan edi.

Bumaga i ruchka - Sputnik O‘zbekiston
Juda muhim hujjat: Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi

Muzokaralar yakuni bo‘yicha Afg‘onistondagi nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etishning asosiy prinsiplari haqidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi va u BMT Bosh Assambleyasi 54-sessiyasi va BMT XK ning rasmiy hujjatiga aylandi.

Shu munosabat bilan, dedi prezident, Afg‘oniston bilan umumiy kelajagimiz, afg‘onistonlik birodarlarimizni ham, bizni ham birdek tashvishga solayotgan masalalar haqida gapirish uchun barcha asoslarga siyosiy va ma’naviy huquqga egamiz.

Yangiliklar lentasi
0