"Do‘st boshga kulfat tushganda bilinadi": Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari Turdenev nigohida

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPosol RF v Uzbekistane Vladimir Turdenev
Posol RF v Uzbekistane Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev 21-dekabr kuni yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot-anjumanini o‘tkazdi. Elchi bilan bo‘lib o‘tgan asosiy tezislar bizning materialimizda

TOShKENT, 22 dek - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida kuni kecha, 21-dekabr kuni, Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vladimir Turdenevning mahalliy va xorijiy OAV vakillari bilan yakuniy matbuot-anjumani o‘tkazildi.

Studenti na leksii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiya oliygohlaridagi kvotalar ko‘paytiriladi

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasi va Rossotrudnichestvo vakolatxonasi vakillarining o‘zbek ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan Yangi yil arafasidagi uchrashuvi allaqachon an’anaga aylangan. Bunday uchrashuvlarda tugab borayotgan yil yakunlariga to‘xtalib, Rossiya-O‘zbekiston o‘rtasida yil davomida ro‘y bergan eng yorqin voqealar muhokama qilinadi va jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari mumkin bo‘ladi. Koronavirus pandemiyasiga qaramay, ushbu an’anaga bu safar ham sodiq qolindi.

"Do‘st boshga kulfat tushganda bilinadi"

Elchining ta’kidlariga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi oliy darajadagi do‘stona, samimiy muloqot barcha yo‘nalishlarda: siyosatdan tortib, iqtisodgacha, energetika sohasidan madaniy sohalarda keng formatda ikkiyoqlama hamkorlikni rivojlantirishga kuch bermoqda. Hatto jahonda avj olgan pandemiya ham ikki davlat o‘z prezidentlari tomonidan strategik sheriklikni kuchaytirish va ikki yoqlama aloqalarni maksimal diversifikatsiya qilish borasida belgilab olingan yo‘ldan qaytmadilar.

Rossiyskiy vrach-reanimatolog Mixail Zamatin - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik reanimatolog: O‘zbekiston COVID-19 pandemiyasiga tayyorligi bilan hayratlantirdi

Aksincha, umumiy kulfat tufayli mamlakatlar o‘rtasidagi qardosh aloqalar yanada ko‘zga tashlandi. Rossiya eng birinchi bo‘lib O‘zbekistonga koronavirusni diagnostika qiluvchi test-tizimlarini mutlaqo beg‘araz asoslarda yetkazib berdi, rossiyalik shifokorlar va Rospotrebnadzor mutaxassislari esa "qizil zonalarda" o‘zbek hamkasblari bilan yelkama-yelka turib fidokorona mehnat qildilar va kasalxonalar hamda respublika klinikalaridagi insonlar hayotini saqlab qolish uchun kurashdilar.

Ammo bu bir tomonlama yo‘l emasdi. Toshkent ham ikkala davlat uchun murakkab bir sharoitda Moskvaga individual himoya vositalari ortilgan bir nechta partiya insonparvarlik yordamini berib yubordi. Rossiya elchisi shularni yodga olar ekan, O‘zbekiston tomoniga bu uchun yana bir karra minnatdorlik bildirdi.

Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi nega ortga surildi?

Turdenevning ma’lum qilishicha, pandemiya tufayli qator muhim tadbirlar: xususan, prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga va bosh vazir Abdulla Aripovning Moskvaga rejalashtirilgan davlat tashriflarini ortga surilgan. Aripov tashrifi davomida qo‘shma komissiyaning ikkiyoqlama hamkorlik bo‘yicha 2-yig‘ilishini o‘tkazish ko‘zda tutilgan edi.

Rossiyskie vrachi pribili v Uzbekistan dlya pomoshi kollegam v borbe s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Kayfiyat – jangovar! Toshkentga bir guruh rossiyalik shifokorlar yetib keldi

"Boshqa tomondan olib qaraganda, bu bizga ushbu tadbirlar davomida imzolanishi ko‘zda tutilgan keng ko‘lamdagi hujjatlar paketi ustida yanada sinchkovlik bilan ishlash imkoniyatini yaratadi", - deb ta’kidladi Rossiya elchisi.

Ammo shunday og‘ir sharoitlarda ham ikki davlat rahbarlari yuzma-yuz uchrashish imkoniyatini topdilar - 24-iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan, Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 75-yilligini xotirlash uchun Qizil maydonda bo‘lib o‘tgan harbiy paradda qatnashdi.

O‘zbekistonning g‘alabaga qo‘shgan hissasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasi

"Albatta, Buyuk G‘alaba yubileyi bu yil xalqlarimizni birlashtirgan eng muhim rishta bo‘ldi. Moskvadagi uchrashuvda Shavkat Miromonovich Vladimir Vladimirovichni 9-may kuni Toshkentda ochilgan, O‘zbekiston prezidentining sovet xalqi xizmatiga bo‘lgan chuqur shaxsiy munosabatini aks ettiruvchi muhtasham G‘alaba bog‘iga tashrif buyurishga taklif etdi. Yodgorlik majmuasi ekspozitsiyasi bilan tanishish sharafiga muyassar bo‘ldim va tan olaman, u menda unutilmas taassurotlar qoldirdi. Meni nazdimda, yangi bog‘, eng avvalo yosh avlod uchun - vijdonga muvofiq yashash, haqiqat va adolat cho‘qqisini saqlash, bu qadriyatlarni o‘z farzandlari va nabiralariga yetkazishda oriyentir bo‘lib xizmat qiladi", - dedi Turdenev.

YeOII: chuqurroq fikrlash fursati keldi

11 dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti davomida O‘zbekistonga tashkilotda kuzatuvchi-davlat maqomi berilishi mamlakat hayotida muhim voqeaga aylandi. Diplomat O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi maqomida qo‘shilishiga izoh berar ekan, skeptiklar havotirlarini yo‘qqa chiqardi.

Biznes-posol Delovoy Rossii, eksportniy torgoviy sovetnik AO Rossiyskiy Eksportniy Sentr Mixail Panchenkov - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: YeOIIda kuzatuvchi maqomi – bu o‘zbek biznesi uchun signal

Elchi ta’kidiga ko‘ra, kuzatuvchilik maqomi bu o‘tish davri bo‘lib, mamlakatga istiqboldagi integrallashuv bo‘yicha pozitsiyasiga aniqlik kiritib olish va ijobiy qaror qabul qilinadigan taqdirda, unga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

Turdenevning aytishicha, kuzatuvchi maqomida O‘zbekiston ittifoqning to‘laqonli a’zolari ega bo‘lgan birorta imtiyozga ega bo‘lmasa-da, ammo bu Toshkentga YeOIIni ichki tomondan o‘z iqtisodiyoti uchun birorta majburiyat yoki xatarlarsiz o‘rganish uchun ko‘proq imkoniyat beradi.

"Ha, respublikada ovoz berish huquqi yo‘q, xuddi savdo imtiyozlari bo‘lmagani singari. Ammo mamlakat uchun o‘z iqtisodiyotiga zararlar ham yo‘q bunda. Bu o‘z tanloviga yanada sinchkovlik bilan qarash va o‘z tanlovini amalga oshirish uchun imkoniyat. Ammo, agar vaziyatga baho beradigan bo‘lsak, O‘zbekistonning asosiy tovar aylanmasi aynan YeOII davlatlarida mujassamlashgan, muhim trasport magistrallari Ittifoq hududidan o‘tadi, migratsiya masalasi haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi. Ammo, nima bo‘lgan taqdirda ham bu tezkor jarayon emas, bu shunchaki birinchi qadam", - deb ta’kidladi Turdenev YeOIIga kuzatuvchi sifatida qo‘shilish O‘zbekistonga qanday imtiyozlar beradi, degan savolga javoban.

Na peresechenii ulis Mirzo Ulugbeka i Maxtumkuli v Tashkente ustanovili gosudarstvenniy flag Uzbekistana   - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev mustaqillikning 30-yilligiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida qarorni imzoladi

Diplomat shuningdek, ushbu voqeadan keyin ayrim skeptiklar tomonidan "YeOIIga integrallashuvdan so‘ng mustaqillik boy beriladi", deya bildirilgan gap-so‘zlar real ko‘rsatkichlar fonida juda kulgili ekanligini qo‘shimcha qildi.

"Ittifoqqa qo‘shilgan birorta davlat o‘z mustaqilligini yo‘qotmagan, boy bermagan, aksincha, u yanada ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, bu tenghuquqli ittifoq bo‘lib, u yoki bu ishtirokchining ko‘lamidan qat’i nazar barcha uchun shartlar barobardir", - deb qo‘shimcha qildi Vladimir Turdenev.

Flagi stran YeAES. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
YeOIIda kuzatuchi maqomi iste’molchilarga nima beradi?

Na Rossiya, na YeOIIning boshqa a’zolari yangi a’zolarning integrallashuvi ularning iqtisodiyoti va ishlab-chiqarish jarayonlariga u yoki bu tarzda salbiy ta’sir ko‘rsatishidan manfaatdor emas, deya ishontirdi diplomat. Bu singari mintaqaviy loyihalarga qo‘shilish - ittifoq a’zolari ongli ravishda amalga oshiradigan murosalar majmuidir.

"Xususan, YeOII - bu faqatgina Rossiya emas, balki o‘z iqtisodiy shartlariga ega bo‘lgan yana bir nechta davlatlardir. Deylik, Qirg‘izistonni oladigan bo‘lsak, u YeOIIga qo‘shilganda, uning iqtisodiyoti darajasini O‘zbekiston bilan taqqoslash ancha mushkul edi. Demak, bu bosqichda hamma bir narsani: ya’ni har qaysi tomon manfaat ko‘rishi kerak bo‘lgan bunday integrallashuvdan nima olishlari mumkinligi borasida aniq tushunchaga ega bo‘lishlari kerak", - deya xulosa qildi Turdenev.

O‘zbekiston va rus tili: yoshlar orasida qiziqish tobora ortmoqda

O‘zbekistonlik talabalar - Rossiya OTMlarida tahsil olayotgan yoshlar orasida yetakchi o‘rinlarni egallamoqda. Ularning soni bugun 30 mingdan oshgan. O‘tgan saralash kampaniyasida hukumat tomonidan berilgan 228 o‘rinli kvotalarga 4 000 dan ortiq kishi da’vogarlik qilgan, bu esa kvotalar soni ko‘paytirilishi lozimligiga ishora qilmoqda. Hozirgi kunda ushbu yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda, dedi Turdenev.

Shaxzod Shaymardanov (v sentre) na vruchenii krayevoy imennoy stipendii v gubernatorom Krasnoyarskogo kraya Aleksandrom Ussom (sleva) i predsedatelem Zakonodatelnogo sobraniya kraya Dmitriyem Sviridovim (sprava) - Sputnik O‘zbekiston
Ilm izlab Rossiya sari: pandemiya universitetda o‘qishga to‘sqinlik qilmaydi

Shu bilan bir qatorda, O‘zbekistonda Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallari soni ham yildan-yilga ortib bormoqda. M.V.Lomonosov nomidagi MDU, G.V.Plexanov RIU, I.M.Gubkin nomidagi neft va gaz RDU, MIFI, MISiS, MGIMO va boshqa taniqli Rossiya OTMlari qatori yaqinda A.I.Gersen nomidagi PDU va Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti vakolatxonasi bilan kengaydi.

Rossiya ta’limi ommalashuvi bilan bir qatorda O‘zbekistonda rus tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ham tobora ortmoqda.

"Shu munosabat bilan rus tilida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan uzoq muddatli "Klass" loyihasining boshlanishini juda dolzarb loyiha deb bilaman. U Rossiya Ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamkorlikdagi harakatlari va rossiyalik biznesmen va metsenat Alisher Usmonovning "San’at, fan, sport" xayriya fondi moliyaviy qo‘llab-quvvatlovi asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur doirasida rossiyalik mutaxassislarning ilk guruhi respublikaning 14 ta regionida pedagoglarni va o‘quvchilarni dastlabki sinovlardan o‘tkazdilar", - dedi Turdenev.

2021 yildan boshlab rossiyalik o‘qituvchilar guruhlari (yiliga 100 kishidan) O‘zbekiston maktablariga muntazam ravishda yuboriladi. Loyiha doirasida jami 30 ming mahalliy pedagoglar turli shakldagi o‘quvlardan o‘tadilar.

Tilni bilish borasida to‘siqlarning mavjud emasligi ilm-fan sohasida hamkorlik uchun yaxshi istiqbollarni ochadi.

Rossiya va O‘zbekiston yosh olimlarining 15 ta tasdiqlangan yo‘nalish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlari dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash jarayoni yakuniy bosqichda turibdi. Kosmik makonni tinch maqsadlarda o‘rganish va ulardan foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim matnini kelishish bo‘yicha ishlar yakunlangan. Hujjat yaqin istiqbolda oliy darajada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar vaqtida imzolanishi kutilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0