O‘zbekistonning buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasi

Obuna bo‘lish
O‘zbek halqi va O‘zbekistonliklar Ikkinchi Jahon urushida natsizm ustidan qozonilgan g‘alabaga o‘zining ulkan hissasini qo‘shdi. Aholisi 6,5 million bo‘lgan O‘Zbekistondan urushga 1,5 million kishi qatnashdi.

1941 – 1945-yillardagi Ikkinchi Jahon urushi urushi vaqtida O‘zbekiston nafaqat urushga qurol-yarog‘, oziq-ovqat yetkizib bergan, balkim u butun g‘arbidan evakuatsiya qilingan millionlab fuqarolar uchun boshpanaga aylandi. O‘zbek oilalari dinidan millatidan qat’iy nazar, minglab yetim bolalarni asrab olgan. 

9 may kuni O‘zbekiston butun dunyo bilan birgalikda yangi zamon tarixidaga o‘ta muhim bo‘lgan sanani – natsizm ustidan qozonilgan G‘alabani nishonlaydi. 9-may kuni O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilingan. Ushbu kun barcha shahar va tumanlarda bayramga bag‘ishlangan tantana va namoyishlar bo‘lib o‘tadi. Poytaxtda asosiy tadbirlar Mustaqillik maydonidagi Xotira maydonida va “Birodarlar qabri” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Rasmiy tadbir va tantanalardan tashqari, O‘zbekistonda har bir urush qatnashchisi va mehnat fronti faxriysining holidan shaxsan xabar olib, ularga sovg‘alar va moddiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Toshkent hokimligi 9-may - Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarni e’lon qildi

Undan tashqari, ushbu urushdan olgan saboqni va urushning o‘zi qanday katta ofat ekanligini kelajak avlodlarga qoldirish uchun, maktab va OTMlarda “Avlodlar uchrashuvi”, “Tinchlik darsi” kabi o‘quv mashg‘ulotlari va amaliy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonning Ikkinchi Jahon urushiga qo‘shgan hissasi bilan batafsil quyidagi infografikamizda tanishing.

Yangiliklar lentasi
0