Mirziyoyev mustaqillikning 30 yilligiga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida qarorni imzoladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNa peresechenii ulits Mirzo Ulugbeka i Maxtumkuli v Tashkente ustanovili gosudarstvennыy flag Uzbekistana
Na peresechenii ulits Mirzo Ulugbeka i Maxtumkuli v Tashkente ustanovili gosudarstvennыy flag Uzbekistana   - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston poytaxtida "Istiqlol" majmuasi tashkil etiladi va u yerda mustaqillikning mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyatini aks ettiradigan yodgorlik kompozitsiyasi barpo etiladi

TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qarorga imzo chekdi, deb xabar bermoqda OʻzA.

Pandemiya sharoitidagi ilk Mustaqillik bayrami qanday nishonlanmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Pandemiya sharoitidagi ilk Mustaqillik bayrami qanday nishonlanmoqda - video

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etildi.

Davlat mustaqilligining oʻttiz yilligi sanasi munosabati bilan:

  • Oʻzbekiston poytaxtida “Istiqlol” majmuasi tashkil etiladi va u yerda mustaqilligimizning mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyatini aks ettiradigan yodgorlik kompozitsiyasi barpo etiladi;
  • Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro halqa yoʻli "Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz yilligi" deb nomlanadi;
  • oʻtgan davrda erishilgan yutuqlarga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekiston” kitob-albomi hamda har bir sohada amalga oshirilgan islohotlar natijalarini yoritib beruvchi kitob-albom va toʻplamlar nashr etiladi.
Yangiliklar lentasi
0