Ilm izlab Rossiya sari: pandemiya universitetda o‘qishga to‘sqinlik qilmaydi

© Press-slujba Sibirskogo federalnogo universitetaShaxzod Shaymardanov (v sentre) na vruchenii krayevoy imennoy stipendii v gubernatorom Krasnoyarskogo kraya Aleksandrom Ussom (sleva) i predsedatelem Zakonodatelnogo sobraniya kraya Dmitriyem Sviridovim (sprava)
Shaxzod Shaymardanov (v sentre) na vruchenii krayevoy imennoy stipendii v gubernatorom Krasnoyarskogo kraya Aleksandrom Ussom (sleva) i predsedatelem Zakonodatelnogo sobraniya kraya Dmitriyem Sviridovim (sprava) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya universitetlari masofaviy shaklda ishlashni davom ettirmoqda va chet ellik abituriyentlar o‘z eshigini ochmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarosi Rossiya universitetiga internet orqali hujjat topshirishi mumkin.

TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. Sibir federal universiteti (SFU) - Rossiyaning Osiyo qismidagi eng yirik universiteti bo‘lib, u mamlakatning eng yaxshi universitetlari yigirmataligidan o‘rin olgan. SFU yuzlab rus va chet el kompaniyalari bilan hamkorlik qilib, ish beruvchilar tomonidan bitiruvchilarga bo‘lgan talab bo‘yicha Rossiyaning o‘nta eng yaxshi universitetlaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda universitetda 30 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda, shu jumladan, dunyoning 52 mamlakatidan (MDH, Yaqin Sharq, Afrika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Osiyo, Okeaniya) mingdan ortiq chet ellik talabalar, tinglovchi va stajorlar.

Sankt-Peterburgskiy gosudarstvenniy universitet - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Sankt-Peterburg davlat universitetining MDHdagi birinchi filiali tashkil etiladi

Xorijiy talabalarning 35 nafari o‘zbekistonliklar: 27 nafari bakalavr yoki mutaxassislik bo‘yicha asosiy o‘quv dasturlarini egallamoqda, 7 nafari magistraturada va bir nafari aspiranturada. Iqtisodiyot, menejment va neft-gaz ishi kabi yo‘nalishlar o‘zbekistonlik talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish tafsilotlari bilan universitet saytida batafsil tanishish mumkin.

Vatandoshlar toifasiga kiruvchi (ota-onalari SSSRda tug‘ilgan) O‘zbekiston fuqarolari Rossiya fuqarolari bilan bir qatorda budjet o‘rni uchun tanlovda qatnashishlari mumkin. Bundan tashqari, chet ellik abituriyentlar pullik ta’limni tanlab istalgan yo‘nalishga kirishlari mumkin. Chet elliklarni qabul qilish tafsilotlari - universitet portalida.

Qabul paytida va o‘qish mobaynida qo‘llab-quvvatlash

Chet ellik abituriyentlar o‘qishga kirishda imtiyozlarga ega: universitet ularga o‘qish joyiga yetib borish xarajatlarini qoplab beradi va tibbiy sug‘urta olib beradi, yuqori ball to‘plaganlar uchun esa o‘qish narxlarida chegirmalar taqdim etiladi. Bu haqda SFU Xalqaro hamkorlik bo‘limi rahbari Anna Mezit ma’lum qildi.

“Bizning faxrimiz bu universitet infratuzilmasi: 24 ta o‘quv binosi, ko‘rkam zamonaviy kutubxona, kongress zali, ko‘p tarmoqli sport majmuasi, tibbiyot markazi. So‘nggi besh yil ichida kampusda to‘qqizta yotoqhona binosi qurildi. Bugungi kunda SFU yotoq fondi 11,5 ming talabani qabul qilishga qodir 30 ta yotoqxonani o‘z ichiga oladi, bu boshqa shaharlik va chet ellik talabalarning uy-joyga ehtiyojlarini to‘liq qoplaydi”, - dedi u.

Anna Mezitning ta’kidlashicha, SFU xorijiy talabalarni qo‘llab-quvvatlash bilan faol shug‘ullanadi. Xodimlar ularga ko‘p masalalarni hal qilishda yordam berishadi, masalan, qish uchun issiq kiyimlarni tanlash, bankka yoki shifokorga birgalikda borish.

“SFU ko‘ngillilar markazi chet ellik talabalar uchun ekskursiyalar o‘tkazadi, ularni rus madaniyati bilan tanishtiradi, suhbatlar klubini tashkil qiladi. Bizning o‘z Xalqlar do‘stlik markazimiz bor - bu chet el fuqarolarining talabalar uyushmasi bo‘lib, u barcha moslashuv tadbirlarini o‘tkazadi. Ammo asosiysi - do‘stlik va bir-biriga g‘amxo‘rlik. Ba’zan menga talabalarimiz uyushmalari bir oila kabi yashayotganga o‘xshaydi”, - dedi u.

XIX Vsemirniy festival molodeji i studentov. Den patiy - Sputnik O‘zbekiston
Muhabbat, mavqe va dardni yengish: Rossiyada ta’lim olish yoshlarga nima beradi

SFUda chet ellik talabalar uchun tayyorlov bo‘limi mavjud bo‘lib, unda talabalar rus tilini o‘rganishlari mumkin. Har yili SFUning Filologiya va til kommunikatsiyalari institutiga turli mamlakatlardan ko‘plab talabalar til amaliyotini o‘tash uchun kelishadi. Bu yerda “lingvistika” va “filologiya” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistratura dasturlarida tilni professional ravishda o‘rganish mumkin.

“Barcha chet ellik birinchi kurs talabalari uchun universitetda rus tilida bepul moslashuv kursi tashkillashtirilgan: talabalar ilmiy nutq uslubini mustahkamlaydilar, grammatikani takrorlaydilar”, - deb qo‘shimcha qildi Anna Mezit.

Uning so‘zlariga ko‘ra, SFUning barcha chet ellik bitiruvchilari o‘z vatanlarida osongina ish topishadi: ular tarjimon, muhandis, iqtisodchi va boshqa mutaxassisliklarda ishlaydi.

“Ko‘pincha sobiq talabalarimiz bizning mamlakat va o‘z mamlakatlari o‘rtasidaga o‘zaro hamkorlik o‘rnatish bilan shug‘ullanadilar. Ularni ko‘p yillardan keyin ulg‘aygan, muvaffaqiyatli bo‘lganlarida ko‘rish juda yoqimli”, - dedi u.

Tajribada sinalgan

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavr dasturini tamomlagan Shahzod Shoymardonov SFUga “sanoat majmualari moliyasini boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga o‘qishga kelgan va u birinchi yilini muvaffaqiyatli yakunladi.

“Maktab yillaridayoq men iqtisodiyot va uning tarkibidagi jarayonlar bilan qiziqib qoldim. Bu soha shunchalar o‘zgaruvchan va qiziqarliki, u meni har doim hushor turishga va vaqtdan oldin o‘ylashga undaydi. Ilmiy muhitda rivojlanishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim, shuning uchun o‘qishni Rossiyada davom ettirishga qaror qildim. Aynan Rossiya yuqori malakali kadrlarni shakllantiradigan ilm maskani deb hisoblayman”, - dedi u.

O‘qishdan tashqari Shahzod ilmiy va jamoat loyihalarida faol ishtirok etadi. Rossiyada o‘qishi mobaynida iqtisodiyot va boshqaruv sohasidagi yutuqlari uchun u Gadalovlar sulolasi nomidagi O‘lka stipendiyasi sovrindori bo‘ldi, Krasnoyarsk shahar xalq deputatlari Kengashi Yoshlar majlisiga saylanib, “SFU yil talabasi” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiya OTM filiallari soni bittaga ko‘payadi

“Menga universitetda do‘stlar orttirish juda oson kechdi, kursdoshlarim ajoyib, mehribon, aqlli va ko‘p qirrali shaxslardir. Bizning mashg‘ulotlardagi ilmiy munozaralarimiz shunchalar qiziqarliki, darsda vaqtimiz tez o‘tganini sezmay ham qolamiz. Ehtimol, menga omad kulib boqdi va men ular bilan kelajakda ham aloqada bo‘lishni xohlayman. Men bu yerda har bir talabaga nisbatan alohida munosabat va individual yondashuvni kuzataman. Men ta’limni Rossiyada tanlaganimdan hech afsuslanmayman,” - dedi u.

Shahzod Shoymardonov Rosfinmonitoring va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi o‘rtasidagi davlat shartnomasi asosida tahsil olmoqda va o‘qishni tugatgandan so‘ng Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik sohasida ishlashni rejalashtirmoqda.

Universitetga sirtdan nazar

SFU keng qamrovli ta’lim yo‘nalishlariga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli universitetdir. Bu yerda 90 bakalavr va mutaxassislik dasturlari, shuningdek, 144 magistrlik dasturlari bo‘yicha o‘qish mumkin. Universitetda o‘quv dasturlari rus va ingliz tillarida olib boriladi.

SFUda ikki mingdan ortiq malakali o‘qituvchilar ishlaydi, ulardan 1833 nafari fan doktorlari va nomzodlaridir. Har yili universitetga 400 dan ortiq taklif etilgan professorlar, shu qatorda Angliya, Germaniya, Ispaniya, Xitoy, AQSh va boshqa mamlakatlarning yetakchi olimlari tashrif buyurishadi.

Universitet yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydi va innovatsion texnologiyalarni yaratadi. OTM ilmiy loyihalari sanoat texnologiyalari, yo‘ldosh tizimlari, nanotexnologiya va keng ko‘lamli investitsion loyihalarini ekologik ta’minlash bilan bog‘liq.

SFU - Rossiyadagi dunyodagi eng taniqli ixtisoslashtirilgan o‘quv muassasasi - Institut Paul Bocuse bilan kelishuv asosida "Gastronomiya oliy maktabi" noyob dasturini amalga oshiradigan yagona oliy o‘quv yurti. Bo‘lajak bitiruvchilar – usta oshpazlar, menejment bo‘yicha Rossiya diplomini va Institut Paul Bocuse xalqaro diplomini olishadi.

Hozirgi vaqtda SFU O‘zbekistonning oltita universiteti bilan hamkorlik qilmoqda, ikki tomonlama ilmiy tadbirlarda qatnashmoqda. Universitetga O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi va konsulliklari delegatsiyalari tashrif buyurishadi.

SFU Times Higher Education (THE) va Quacquarelli Symonds (QS) reyting agentliklarining dunyoning eng yaxshi 1000 ta universiteti qatoriga kiradi, shu jumladan fizika va muhandislik fanlari bo‘yicha 801+ o‘rinini egallaydi. Shuningdek, SFU beshta yetakchi milliy reyting agentliklarining Rossiyaning eng yaxshi 20 universiteti qatoriga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0