O‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiya oliygohlaridagi kvotalar ko‘paytiriladi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishStudenti na leksii
Studenti na leksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev ikki mamlakat o‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiya OTMlarida kvotalar sonini oshirish ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston o‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiya oliy ta’lim muassasalarida kvotalar sonini oshirish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev ma’lum qildi.

“Bo‘lib o‘tgan saralash kampaniyasida O‘zbekiston uchun hukumat kvotasining 228 ta o‘riniga 4 mingdan ortiq nomzod ariza topshirgan, bu esa  kvotani oshirish zarurligidan dalolat beradi. Biz bu yo‘nalishda tegishli ishlarni amalga oshirapmiz”, - dedi Turdenev Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. Uning so‘zlaridan Sputnik muxbiri keltirmoqda.

Vozobnovlenie ochnogo obucheniya v Dalnevostochnom federalnom universitete - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Rossiya tibbiyot universiteti filiali va klinikasi tashkil etiladi

Elchining ma’lum qilishicha, bugungi kunda Rossiya OTMlarida 30 mingdan ziyod o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Umuman olganda, Rossiyada O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha xorijiy davlatlar orasida yetakchilik qilmoqda.

Shuningdek, Turdenev Rossiya OTMlarining  O‘zbekistondagi filiallari tarmog‘ini izchil kengaytirish masalasiga ham e’tibor qaratdi. Xususan, yaqinda Toshkentda  Gersen  nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali va Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) vakolatxonasi  ochildi.

Elchi RUDN O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi kelishuvga asosan migrantlarni o‘qitish uchun qo‘shimcha umumta’lim dasturlarini olib borayotganini eslatdi.

Yangiliklar lentasi
0