Qorabog‘dagi turk dronlari yuqori samaradorligi haqidagi afsonalar qanday paydo bo‘ldi

Obuna bo‘lish
XXI asrda harbiy harakatlar "ham arzon, ham sifatli" bo‘la olmaydi, ammo, zarba dronlari ko‘rinishidagi alohida texnologik "fishkalar" ham g‘alaba va’da qilmasligi mumkin

Davlatning harbiy jihatdan tashkil etilishi tizimi, jumladan, mudofaa sanoati salohiyati, arsenallar va logistik imkoniyatlar bunda muhim rol o‘ynashi mumkin. Qorabog‘ mojarosi, avvalambor, Turkiya Bayraktar TB2 sining havodagi ustunligini emas, balki Armaniston tomonining o‘z kuchlariga ortiqcha baho bergani va yer ustidagi mudofaani yomon tashkil etganligini ko‘rsatib berdi.

Situatsiya v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Suriyalik turkmanlar Qorabog‘da: urush maqsadidagi safarbarlikmi yoki katta ko‘chish?

Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochish to‘xtatilgach media-maydonda ko‘plab baholovchi materiallar paydo bo‘ldi, ularning ma’nosini ikkita oddiy gap bilan izohlash mumkin.

- Ozarbayjon ularda turk dronlari bo‘lgani tufayli g‘alaba qozondi, Armanistonda esa dron yo‘q edi;

- Rossiya "og‘ir" Havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari zamonaviy "dronlar urushida" foydasiz bo‘lib qolmoqda.

Bu singari sodda yondashuv ekspertlarning nisbatan mavhum harbiy-texnik bilimlari, shuningdek, arman jangovar texnikasi va shaxsiy tarkibining ulkan miqdordagi mag‘lubiyati namoyishlari bilan izohlanadi. Ammo real holat hamisha bizning u haqdagi tasavvurlarimizdan murakkabroqdir.

Spetsialisti protivominnogo sentra Minoboroni RF pristupili k rabote v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘ni minalardan tozalash istiqbollari

Dunyoda mo‘’jiza bo‘lmaydi. Har qanday kino rejissor g‘oyasi asosida yaratiladi. Ozarbayjon armiyasining Qorabog‘da "Bayraktarlar" va boshqa uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida suratga olingan videosujetlari avval boshdan dushman jangovar ruhini sindirishga va turk dronlarining jahon qurollar bozorida ilgari surilishiga xizmat qildi. Shu bilan birga, "bo‘sh reyslar" va xatolar, havodan hujumga qarshi vositalar va radioelektron kurash vositalari yordamida o‘nlab dronlarning zabt etilishi kadr ortida qoldi.

Jang maydonida jonli kuch va texnika yo‘q qilinishining asosiy instrumentlari bu old qatorda va dushman orqa tomonida metodik harakatlar bilan gektarlarni "haydash" artilleriya qurollari, zalp bilan o‘t ochish reaktiv qurilmalari bo‘lib qolmoqda. Qo‘shinlar tarkibida stvol va reaktiv artilleriya dronlarga nisbatan ko‘p. Artilleriyaning o‘ziga yarasha jangovar qudrati ham o‘lchab bo‘lmas darajada ko‘pdir.

Karabaxskiy gorod-prizrak: chto utselelo v Agdamskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Qorabog‘ning arvoh-shahri: Agdam tumanida nima omon qoldi

Misol uchun, narxi 1 mln. $ turuvchi zarb Bayraktar bir ko‘tarishda atigi 150 kg o‘q-dorilar zaxirasini ko‘tarib, nishonga qadar olib borishi mumkin, bitta zalpda esa budjet RSZOda - tonnalab o‘ta xavfli metallar bo‘ladi.

Shu tariqa, artilleriya nishonlarni yo‘q qilishning "tannarxini" ancha tushiradi. Harbiy budjet o‘lchovi kafolatlangan muvaffaqiyat bilan o‘zaro bog‘liq emas. Misol uchun, Pentagonning Afg‘oniston osmonidagi ko‘p yillik hukmronligi yerda toliblar ustidan g‘alabaga olib kelmagandi.

Para partish o‘ziga ishonch

To‘g‘ri tashkillashtirilgan, eshelonlashgan Havodan hujumga qarshi tizim dushman dronlarining har qanday uyumini neytrallashtira oladi, radioelektron razvedka esa barrajirlovchi o‘q-dorilar bilan jangovar boshqariluvchi punktlar koordinatlarini sanoqli soniyalar ichida taqdim etadi (o‘t zarbasi uchun). Bu orada, Qorabog‘da joylashtirilgan arman qo‘shinlarining yakkalangan PVO tizimlari ishonchli himoyani ta’minlamagan va buning boisi "eskirgan" xarakteristikada ham emas. Bunda xizmat tashkiliy jihati darajasi, tizim mavjud emasligi ham o‘z rolini o‘ynagan.

V NKR vsyo spokoyno: RF pomogayet mestnim jitelyam vozvratitsya k mirnoy jizni - Sputnik O‘zbekiston
Qorabog‘da hammayoq tinch: RF mahalliy aholiga tinch hayotga qaytishga yordam bermoqda

Qayd etamiz, "Strela-10" va "Osa-AKM" – bu 1960-yy ZRK bo‘lib, ba’zan ular "Bayraktar"larga sakkiz kilometrlik masofada yetisha olmagan. "Tor-M2KM" (yaqin masofadagi) va "Buk-M2E" (o‘rta masofadagi) zamonaviy majmualari esa faqatgina Yerevanni va Metsamor atom elektrostansiyasini himoya qilgan.

Yana bir muammo - bu yerdagi kamuflyaj vositalariga bepisandlik bilan qarash, alohida harbiy obyektlar: "Meni o‘ldir!" deya baqirardi go‘yo (bayroq o‘rnatilgan shtab palatkasiga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba bir nechta bo‘linmalarni boshqarib bo‘lmaydigan holatga keltirishi mumkin va bu urush maydonidagi yuzlab yoki hatto minglab harbiy xizmatchilardir).

Boshqa tomondan, turk dronlari Qorabog‘dan Armaniston Respublikasining chegara oldi hududlariga "tasodifan" uchib kira boshlaganida, u yerda to‘g‘ri tashkillashtirilgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari va REB dronlarni hech bir muammosiz urib tushirardi.

1994 yildagi harbiy g‘alaba yillar o‘tgani sayin Qorabog‘ yo‘nalishida arman qo‘shinlarining yengilmasligi haqidagi afsonani tobora mustahkamlab bordi. Araks darosidan tortib Mraqa tog‘ tizmasi 100 km li chizig‘ida birorta jiddiy qurilma yo‘qligini faqat shu bilan izohlash mumkin. Tepalikda ochilgan okoplar va o‘t ochish nuqtalari - o‘tgan asr boshidagi fortifikatsiya namunalaridir. Uzoq muddatli o‘t nuqtalari (temir betondan) va yer osti kommunikatsiyalari tarmog‘i borasida arman tomoni qayg‘urib ham qo‘ygan emas, garchi vaqt keragidan ortiq bo‘lgan edi – 25-yildan ko‘p bo‘ldi (Suriyadagi texnik vositalar juda kam bo‘lgan holatda qurilgan jangarilar tonellarini eslaymiz). Ushbu fonda 2019-yilda arman bosh vaziri Nikol Pashinyan: «Qorabog‘ – bu Armaniston” deya tan olgan (ammo QMR tan olmagan), mudofaa vaziri David Tonoyan esa "Yangi urush ro‘y beradigan taqdirda yangi hududlar" konsepsiyasini shakllantirgan edi.

Kolonna voyennoy texniki rossiyskix mirotvorsev v Samarskoy oblasti na puti v Nagorniy Karabax - Sputnik O‘zbekiston
Turk tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘da: kerakmi yoki yo‘q

Armaniston tomonining harbiy salohiyati 27-sentabrgacha mojaroning Ozarbayjon tomoni harbiy qudratiga bir necha marta yon berdi, ammo raqiblar ish kuchi va texnikada bir xil darajada katta yo‘qotishlarga duch kelishdi. Janubiy yo‘nalishda Ozarbayjon kuchlari bosqichlarning birida o‘zlariga o‘n baravar darajadagi ustunlikni ta’minladilar, ammo bir oy ichida atigi 30-40 km oldinga o‘tdilar. Boku bliskrigi amalga oshmadi. Vaziyatga qaramay, jangovar boshqaruvning markazlashtirilgan tizimidan tashqarida, havodan hujumdan himoyalanmagan holda harakat qilishlari kerak bo‘lgan armanistonlik harbiy xizmatchilar va ko‘ngillilarning yetarlicha qat’iyatliligi va shaxsiy jasoratiga hurmat bajo keltirmoq lozim.

Suriya va Liviya tajribasi

Rossiya havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari va Turkiya uchuvchisiz uchish qurilmalari o‘rtasidagi jangovar raqobat mavzusiga qaytadigan bo‘lsak, Suriya va Liviya havo hududidagi "dronlar yomg‘iri"ni esga olish mumkin - "Tor-M2KM", "Buk-M2E" va "Sosna" zenit-raketa tizimlaridan professional foydalanish natijasida.

Broshennaya voyennaya texnika na doroge v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Armaniston Tog‘li Qorabog‘da qanday harbiy xatolarga yo‘l qo‘ydi

"Pansir-S1" ZRPK ham xuddi shunday yuqori samaradorlikni namoyon etgan. Agar ushbu majmualarni Qorabog‘da o‘z vaqtida joylashtirishganida edi, ular turk "Bayraktar"lariga mutlaqo imkon qoldirmagan bo‘lardi.

O‘zingiz xulosa qiling.

ZRK "Tor-M2KM" otish masofasi 15 kmgacha bo‘lgan va tutib olish balandligi 10 kmgacha bo‘lgan sakkizta raketa bilan jihozlangan. U ko‘pam ko‘zga tashlanmaydigan nishonlarni topish va ularni urishga (EPR – 0,02 kv. metrgacha) qodir. U bir vaqtning o‘zida 48tagacha nishonlarni aniqlaydi va kuzatadi, to‘rttasini yo‘q qiladi.

"Buk-M2E" ZRKsini maksimal otish masofasi – 45 km. Tutib olish 15 metrdan 25 kilometrgacha bo‘lgan masofada amalga oshiriladi. Tezligi 2,5 Max bo‘lgan aerodinamik va 4 maxgacha bo‘lgan ballistik nishonlarni urib tushirishga qodir.

Bir vaqtning o‘zida 24tagacha nishonlarni o‘qqa tutadi (shu jumladan, 0,05 kv m EPRga ega bo‘lgan kam ko‘rinishga egalarini ham).

Rossiyskie mirotvorsi v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlikparvarlik – Rossiya uchun bu qanchalik og‘ir yuk?

ZRK «Sosna” 12 km gacha bo‘lgan masofada qanotli raketalar va dronlarni ko‘ra oladi, zarba berish zonasi: uzoqligi 1,3 - 10 km, balandligi - 2 metrdan 5 km gacha. O‘t ochishni boshqarish tizimi - optik-elektron – kompleks hech qanday nurlanish bilan o‘zini demaskirovka qilmaydi.

ZRK sutkaning istalgan vaqtida, har qanday ob havo sharoitida ekipaj ishtirokisiz avtomat rejimida ishlashi mumkin. Zarba berish zonasida va yerdagi nishonlar shu jumladan tanklar ham (brneboyniy jangovar qismlari mavjud) tank sakkiz kilometrlik masofada aniqlanadi.

Tinchlikparvarlik operatsiyasi doirasida Rossiya Tog‘li Qorabog‘ga so‘nggi "Leyer-3" radioelektron kurash tizimlarini joylashtirdi. Uning asosiy vazifalari - GSM mobil signallarni o‘chirish, 3G va 4G tarmoqlarini to‘sib qo‘yish. Majmua bitta KaMAZ va ikki-uchta qo‘llanilish radiusi 120 km bo‘lgan (havoda, 5 km balandlikda - 10 soatgacha bo‘la oladigan) "Orlan-10" dronlaridan iborat.

Shuningdek, dron telefonlar, planshetlarni aniqlash, razvedka ishlarini olib borish, raqamli xaritaga ma’lumotlarni kiritish, va artilleriya naradlariga ular shu ma’lumot asosidagi manzilga o‘t ochishi uchun yuborishi mumkin. Qorabog‘ mojarosi yechim topgan emas, u yana muzlatib qo‘yildi va zamonaviy razvedka va havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘z ahamiyatini umuman yo‘qotmadi.

Yangiliklar lentasi
0