Suriyalik turkmanlar Qorabog‘da: urush maqsadidagi safarbarlikmi yoki katta ko‘chish?

© Vahan Stepanyan / PAN Photo / AFPSituatsiya v Nagornom Karabaxe
Situatsiya v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyalik ko‘chmanchi-jangarilar urushdan keyingi Qorabog‘ haqiqatiga aylanishi mumkin. Buning muqobili tarixda bo‘lgan: Usmoniylar imperiyasi davrida albanlarning serbiya Kosovosiga ko‘chib o‘tishini esga olaylik.

Turkiya uchun bu tashkillashtirigan migratsiya - ya’ni Janubiy Kavkazda jiddiy va uzoq vaqtga mustahkam o‘rnashib olish uchun qo‘shimcha imkoniyatdir.

Spetsialisti protivominnogo sentra Minoboroni RF pristupili k rabote v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘ni minalardan tozalash istiqbollari

Tog‘li Qorabog‘dagi qurollangan mojaro bir necha ming suriyalik yollanma jangarilarni jalb etdi, ular jangovar harakatlar zonasiga Turkiya vositachiligida kirib kelib, Ozarbayjon tomonidan jang qilishdi. Uch tomonlama bitim imzolangach va urush yakun topgach, bugungi kunga qadar terrorchi-sayyohlarning vatanga qaytganligi xususida hali hech narsa ma’lum emas. Suriyaliklar o‘z oilalari bilan Ozarbayjonga qaytarilgan tumanlarda uy-joy qilishi ehtimoli yuqori.

Sky News Arabia telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, turk hukumati turkman oilalarning Suriya shimoli-sharqidan Tog‘li Qorabog‘ hududlariga ko‘chib o‘tishlariga yordam berib kelmoqda (ko‘chib o‘tuvchilarga Ozarbayjon fuqaroligi va’da qilinmoqda). Bularning barchasi mintaqa demografiyasini o‘zgartirish uchun amalga oshirilmoqda. Turkiya Afrin shahrida (Suriya shimoli-sharqida) shunday transformatsiya bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan, u yerda hozirda tub aholining 7%dan kamroq qismi istiqomat qilishadi.

Suriya shimoli-sharqidagi Avtonom administratsiya vakili Shafan al-Xaburiy Sky News Arabiaga bergan intervyusida turk hukumatining suriyalik oilalarni Tog‘li Qorabog‘ mintaqasiga ko‘chirish tashabbusi haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi. U, Turk rahbariyati 1923-1929 yillarda Qorabog‘ hududida poytaxti Lochin shahrida bo‘lgan "Qizil Qurdiston Respublikasi" bo‘lgani haqidagi faktni unutmasligini qayd etib o‘tdi.

Nagorniy Karabax: Rossiya, SShA i Fransiya dumayut, kak ostanovit krovoprolitie - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘da tinchlikparvar operatsiya reytingi

Bu loyihaning hech qanday fantastik jihati yo‘q. Terroristik tajribaga ega bo‘lgan ko‘chmanchi-turklar (Usmoniylar saltanati tashkil topishidan oldin Yaqin Sharqda yashagan turklar to‘lqinlari avlodi) kamroq mablag‘ evaziga ham qayerda va kimga qarshi bo‘lishidan qat’iy nazar jangovar harakatlarda ishtirok etishga qodir bo‘lgan tayyorgarlikdan o‘tgan "harbiy kontingent"ni tashkil etadi. Taxminan oladigan bo‘lsak Qorabog‘ning go‘yoki "kavkaz kosovosi"ga aylantirilishi Anqaraga qardosh xalq himoyasi uchun bosh ko‘tarish imkonini beradi. Turk parlamenti Ozarbayjonga qo‘shinlar yuborilishini ma’qulladi, va bu Janubiy Kavkazda RFda ta’qiqlangan "JAbhat an-Nusra", "Firkat Xamza", "Sulton Murod", va boshqa ekstremistik qurd uyushmalari ishtirokida katta geosiyosiy o‘yin boshlanishidir.

Kavkazning yangi "yanicharlari"

Turk tomoni yollanma kuchlarning Ozarbayjonga yuborilishini rasman rad etmoqda, shu bilan bir vaqtning o‘zida Armaniston o‘n yillardan buyon turk hukumatiga qarshi kurashib kelayotgan Qurdiston ishchilar partiyasini qo‘llab-quvvatlayotgani haqida ma’lum qilmoqda. Boku ta’kidiga ko‘ra, Suriya va Livandan kelgan yollanma jangarilar Armaniston tomonida jang qilmoqda, bu texnologik jihatdan ilojsiz, ammo ayni vaqtda dolzarb ham emas. Mo‘rt dunyo vaqt sinovidan o‘tmoqda. Qorabog‘ tupigidan chiqish u yerga shubhali o‘tmishga ega yaqin sharq "koloniyachilarini" ko‘chirish emas, balki diplomatik yondashuvlarni izlamoq darkor.

Spetsialisti protivominnogo sentra Minoboroni RF pristupili k rabote v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Nima uchun G‘arb Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha erishilgan kelishuvdan norozi

Eslatib o‘tmoqchiman, Latakiya va Aleppo provinsiyalarida 100 ming atrofida suriya turkmanlari istiqomat qilib, ular SAR hukumat qo‘shinlari bilan uzoq yillar davomida jang qilib kelayotgan qator terrorchilik tashkilotlari bilan bog‘liqdir.

Turkiya hukumati turkmanlarning qurollangan guruhlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Afrinpost media-resursi 23-noyabr kuni turk hukumati Suriya shimolidagi Afin qurd regionida Tog‘li Qorabog‘ga, "ozarbayjon armiyasi tomonidan egallangan hududga" ko‘chib o‘tish istagida bo‘lgan oilalarni ro‘yxatga olish uchun ikkita ofis ochgani haqida xabar berdi. Va hozirda bu ofislarda (asosan Xoms provinsiyasidan) turkmanlar oilalaridan iborat uzun-uzun navbatlar yuzaga kelgan. Bu odamlarning barchasini motivatsiyalashgani ehtimoldan holi emas. Migrantlarni Tog‘li Qorabog‘ga jo‘natishdan oldin turk razvedkasi ular haqidagi ma’lumotlarni o‘z bazasiga kiritmoqda.

Kolonna voyennoy texniki rossiyskix mirotvorsev gotovitsya k otpravke v Karabax - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ga yetib keldi - video

Ozarbayjon "Ronai" qurdlar madaniyati markazi rahbari Faxraddin Pashayevning so‘zlariga ko‘ra, bugun Ozarbayjonda 240 mingga yaqin kurdlar istiqomat qilishadi, ammo Turkiya Tog‘li Qorabog‘ga Yaqin Sharq qurdlarini emas, balki faqat turkmanlarni (oilalari bilan birgalikda) ko‘chirish istagida. Armaniston aholisini inobatga olmagan taqdirda ham, buning Ozarbayjonga nafi bo‘larmikin?

1923 yildagi aholini ro‘yxatga olish ishlariga muvofiq, Tog‘li-Qorabog‘ avtonom viloyatida armanlar 94%ni tashkil qilgan, aholining qolgan 6%i asosan ozarbayjonlar bo‘lgan. Qurdlar va ruslar ozchilikni tashkil etishgan. Sovet hukumati yillarida Qorabog‘dagi arman aholisi 77%gacha kamaygan, ozarbayjonliklar esa 21%dan ortgan. 1990 yy boshidagi urush o‘z tuzatishlarini kiritgan. Istiqbolda demografik tarkib qanday bo‘lishini oldindan taxmin qilish qiyin.

Armiya kundalik hayoti

Tog‘li Qorabog‘ning arman qismida Rossiya tinchlikparvar kuchlari urushdan keyingi hayotni qayta izga solish uchun bor imkoniyatni qo‘llamoqda. Muhandis-sapor bo‘linmalari injener razvedkasini amalga oshirib, yo‘llarni minalardan tozalashmoqda, umumiy foydalaniladigan yo‘llardan yonib ketgan texnikani evakuatsiya qilishmoqda. Stepanakertda yo‘l harakati tiklangan, fuqaro infratuzilmasi ijtimoiy obyektlariga elektr va suv kelgan, insonparvarlik markazi faoliyat yuritmoqda, aeromobil gospital ishlamoqda. Rossiyalik tinchlikparvarlar qochqinlar avtobuslarini kuzatib qo‘yishmoqda, bir necha ming aholi shu vaqtgacha uyiga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

Voyenniy konflikt v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘ga minglab jangarilar kelmoqda - Narishkin

Ozarbayjon Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi prezidentlari va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 9-noyabr kuni imzolangan uch tomonlama bayonotga ko‘ra, 25-noyabr kuni Ozarbayjon armiyasining bo‘linmalari Kelbajar hududiga kirishdi, 20-noyabr kuni Agdam hududi, va ko‘p o‘tmay (1-dekabr kuni) Lochin viloyati ham Boku nazorati ostiga o‘tdi. Rossiya tinchlikparvar kuchlari vositachiligida hududning Ozarbayjon tomoniga berilishi - 1992-yilgi qochqinlarning zudlik bilan qaytishini ko‘zda tutmaydi.

Qorabog‘ning keyingi taqdiri ko‘p holatlarda armiya va Ozarbayjon Respublikasi harbiy-siyosiy rahbariyatiga bog‘liq. Yettita tumanning Armaniston "xavfsizlik hududidan" xuddi shunday kam sonli aholi yashaydigan va xavfli ozarbayjon zonasiga transformatsiya qilinishi – mutlaqo tavsiya etilmaydigan ish. Yettita hududga suriya turkmanlari ko‘chib kelishi ehtimoli bor. Ammo 28-yildan so‘ng yangi joyga ko‘nikib bo‘lgan ozarbayjonlik qochqinlarni "hech qayoqqa" qaytarish - juda murakkab masala.

Prezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Erdog‘an Putinga Qorabog‘ bo‘yicha ishchi guruh tuzishni taklif qildi

Bu xilda bir xalqning ikkinchisi bilan "qo‘laki" almashtirilishi yuz berishi mumkin.

Sal oldin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar, TIV rahbari Mevlyut Chavushoglu, razvedka yetakchisi Xakan Fidan va piyoda qo‘shinlari qo‘mondoni Umit Dundar bilan muloqotda Rossiya va Turkiya mojaroni hal etishda "tenghuquqli rolga egaligi" haqida bayonot bergan edi. Turk harbiy maslahatchilari mamlakatda keng taqdim etilgan. Ularning ko‘pchiligi Qorabog‘dan olisda, ammo Armaniston bilan chegaradosh Naxichevan avtonomiyasida bo‘lib turishi Boku va Anqaraning "arman frontida" oldindan katta urushga tayyorligidan dalolat beradi. Rossiya tenglik asosda jangovar harakatlarni to‘xtatdi, va bundan hamma ham mamnun emas.

Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Erdog‘an Pompeo bilan uchrashuvga vaqt topmadi

Turk mudofaa vaziri Xulusi Akar 24-noyabr kuni RF bilan muzokaralar davom etayotganini va uch tomonlama bitimga erishilgach, Qorabog‘dagi kuzatuv punktlari o‘rtasida turk patruli rejalashtirilayotgani va eng muhimi: "Biz buni Ozarbayjon bilan muzokaralarimizga monand ravishda amalga oshiramiz", deya bayonot qilgan edi.

Bu yerda gap hamkorlikdagi monitoring markazi haqida bormayotgani ayon. Anqara mintaqa manfaatlari va mojaro tomonlarini tinchlantirish mantig‘iga zid bo‘lsa-da, harakat qilishga tayyor. Ehtimol, Qorabog‘dagi "yangi tinchlik" kimgadir juda tinchlik bermayapti.

Yangiliklar lentasi
0