Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlikparvarlik – Rossiya uchun bu qanchalik og‘ir yuk?

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishRossiyskie mirotvorsi v Nagornom Karabaxe
Rossiyskie mirotvorsi v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya tinchlikparvar kuchlarining arman-ozarbayjon mojarosi hududidagi operatsiyasi, bu miqyosi, vazifalari va murakkabligi bo‘yicha misli ko‘rilmagan operatsiyadir. Bu yerda noldan boshlab harbiy qo‘shnlar infratuzilmasi, xavfsizlik, transport va kommunikatsiya tizimi yaratilmoqda.

Rossiya Ozarbayjon va Armaniston orasida imzolangan 3 tomonlama shartnomaga muvofiq 13-noyabrdan boshlab Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro hududiga Rossiya tinchlikparvar qo‘shinlari kiritildi. Rossiya tinchlikparvar kuchlari Markaziy harbiy qo‘mondonlik ixtiyoridagi 15-alohida moto-o‘qchi brigadasidan iborat bo‘lib, ular BTR-82A bronetranporterlari, “Tigr” va “Tayfun” broneavtomobillari hamda Mi-24 va Mi-8 vertolotlari bilan jihozlangan.

Perebroska lichnogo sostava i texniki rossiyskix mirotvorsev na aerodrom v Yerevane - Sputnik O‘zbekiston
Yana 20ta samolyot Rossiya tinchlikparvar kuchlarini Yerevanga olib keldi

Tinchlikparvarlik operatsiyasi boshlangan kunidan buyon Erebuni aviabazasiga 56ta parvoz amalga oshirildi. Il-76 samolyotlari 800 dan ortiq harbiylar, 119 ta qurol aslaha va harbiy texnika olib borildi.

Bu Janubiy Kavkaz tarixida eng keng ko‘lamli va eng uzoq davom etuvchi harbiy operatsiya bo‘lishi kutilmoqda.

Tinchlikparvar qo‘shinlarga 2018-yildan buyon Janubiy harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari, Rossiya Qahramoni, oliy malakali va tajribali (jumladan Suriyada xizmat qilgan) qo‘mondon,  Rustam Muradov boshchilik qilayotgani ham bejiz emas.

Harbiylar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Ozarbayjon va Armaniston bosh shtablari bilan o‘zaro uzuluksiz aloqa yo‘lga qo‘yilgan.

Stepanakert shahrida joylashgan Rossiya qo‘shinlari shtabi Armaniston va Ozarbayjon tomonlari bilan birgalikda Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlikparvar operatsiyaning parametrlarini belgilamoqda.

Rossiya MDH hududida tinchlikni saqlab turish uchun alohida javobgarlik burchiga ega. 15-alohida moto-o‘qchi brigada esa oldinroq Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, BMT, YeXHT va kerak bo‘lsa Shanxay Hamkorligi tashkiloti hududida tinchlikni saqlab turish uchun maxsus tashkil qilingan edi.

Tog‘li Qorabog‘da Rossiya tinchlikparvar kuchlari - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘: yonayotgan uylar, Rossiya tinchlikparvar kuchlari va harbiy texnika

Yuqori samaradorlikni namoyish etgan holda Rossiya tinchlikparvar kuchlari 11-noyabr kuni Lachin koridori ustidan, undan so‘ng esa Tog‘li Qorabog‘ hududidagi butun to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab nazorat o‘rnatishdi.

Sobiq urush chizig‘i bo‘ylab 10ta kuzatuv postlari o‘rnatildi. Ularning maqsadi tranzit transportlari o‘tish xavfsizligini ta’minlash va tinch aholiga nisbatan noqonuniy harakatlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslikdir. Tinchlikparvar kuchlari javobgar bo‘lgan “Shimol” va “Janub” hududlari bo‘ylab jami 16ta kuzatuv postlari o‘rnatish rejalashtirilgan. Yaqinda to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab harbiy politsiya bo‘linmalari ham patrullik qilishni boshlaydi.

Ayovsiz ish kunlari

Mojaro hududiga qo‘shinlarni olib kirish - bu hali boshlanishi. Kelayotgan 5-yil (kamida) tinchlikparvar operatsiyasi bir talay kuch va mablag‘ talab qiladi.

Premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan - Sputnik O‘zbekiston
Nima uchun Pashinyan Rossiya yordamini olishdan bosh tortgan edi?

Deyarli bo‘sh joyda kuzatuv va nazorat va optimal darajadagi fortifikatsiya tizimlarini qurish, 16ta postlarining har biri va qo‘mondonlik orasida ishonchli aloqa tizimini joriy etish kerak bo‘ladi. Shuningdek himoyalangan qurol-yarog‘ ombori, yonilg‘i ombori, barcha infratuzilmaga ega bo‘lgan dala lagerlari barpo etish kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga mahalliy aholining iqtisodiy manfaatlariga va an’anaviy turmush tarzigi xalal bermaslik kerak bo‘ladi.

Qishda palatakalarda yashash oson bo‘lmaydi, lekin 15-brigada tarkibida kontrakt asosida xizmat qiluvchi tajribali askarlar bor. Ular jangovar tajribadan tashqari turli mojarolarda ishtirok etgan gumanitar huquqning xalqaro normalarini ham yaxshi bilishadi. Professionallik va maxsus tayyorgarlik Rossiya tinchlikparvar kuchlariga Tog‘li Qorabog‘ning ayovsiz sharoitlarida yuqori sifatda xizmat o‘tishini ta’minlaydi.

Hududda Yaqin Sharqdan kelgan yollanma jangarilar borligi xavfi saqlanib qolishini hisobga olgan holda, urush qayta boshlanishi yoki alohida diversion-terrorchi harakatlar bo‘lishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Shu sababli ham askarlarda jangovar tajriba bo‘lishi juda muhim.

Komanduyushiy rossiyskimi mirotvorcheskimi silami v Nagornom Karabaxe general-leytenant Rustam Muradov, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya tinchlikparvar kuchlari qo‘mondoni: Tog‘li Qorabog‘da bugun o‘q ovozi eshitilmayapti

“Muzlatib qo‘yilgan mojaro”ning yangi konfiguratsiyasida ehtimol kimdir o‘ziga tegishli bo‘lgan hududni kengaytirib olishni va Rossiya tinchlikparvar kuchlarini “sinab ko‘rishni” istab qolar.

Janubiy Kavkazda bo‘lib o‘tgan tinchlikparvar operatsiyalari tajribasidan shu aniq-ki: patrul va harbiy kolonnalar yo‘lini minalashtirish, radioboshqaruvga ega bo‘lgan fugas bombalari o‘rnatish, transport blokadasi uyushtirish va boshqa provokatsiyalar ehtimoli mavjud.

Tinchlikparvar kuchlar ixtiyorida og‘ir artilleriya va taktik raketa majmualarining yo‘qligi javobgarlik hududia to‘qnashuvlar bo‘lishi va yo‘qotishlar ehtimolini oshiradi

Bundan 14-yil oldin Gruziya-Abxaziya mojarosi davomida turli vaziyatlarda 100 dan ortiq rossiyalik harbiylar qurbon bo‘lgan edi. Har bir tinchlikparvar operatsiya birinchi kunidan boshlab oxirgi kuniga qadar porox hidi bor.

Tog‘li Qorabog bo‘yicha kelishuv: Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya rahbarlari nimani kelishib oldilar - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘: Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya nimaga kelishib oldi

15-brigadaning yiliga 2 marotaba o‘tkaziladigan rotatsiyasi (o‘rin almashuvi) alohida harbiy operatsiya sifatida o‘tkaziladi. Unda har bir bo‘linma o‘z vaqti va yo‘nalishini yaxshi biladi.

Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda Rossiya va Turkiya birgalikda markaz yaratishga kelishib olishdi. Ushbu markaz Ozarbayjonda joylashgan bo‘lib masofadan turib Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlik o‘rnatish jarayonini kuzatib turadi.

Turkiyalik hamkorlik buni qanchalik istamasin, ularning ishtiroki uch tomonlama shartnomada bilan nazarda tutilmagan. Rossiya TIVi buni bir necha marotaba ta’kidlagan edi.

Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni tinlikparvar kuchlari tomonidan nazorat ostiga olinishi keyinchalik bu yerda muzokaralar bo‘lishini kafolatlashi kerak. Chet el qo‘shinlari (yoki noqonuniy jangovar guruhlar) to‘planishini va yana bir bor jangovar harakatlar boshlanishini emas.  

Qorabog‘da amalga oshirilishi kerak bo‘ladigan keng ko‘lamli ishlarni, Janubiy Kavkazda tinchlik o‘rnatish maqsadida - Rossiya yana bir bor o‘z zimmasiga oldi. Bu og‘ir yuk va jiddiy javobgarlikdir.

Yangiliklar lentasi
0