Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasida hayot sekin-asta tinch oqimga qaytmoqda. Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi poytaxti Stepanakertda jamoatchilik transport yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, do‘konlar va sartaroshxonalar ham faoliyat yuritmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda uzilishlar kuzatilmayapti.
TQR mutaxassislariga yordamchi sifatida Rossiya FVV xodimlari kelishgan. Ular fuqarolik obyektlari va infratuzilmalarni ta’mirlashda yordam beradilar. Rossiyalik tinchlikparvarlar mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlashmoqda. Harbiy xizmatchilar yo‘llarni minalardan tozalash bilan shug‘ullanishmoqda. Ular shuningdek, tutashuv chizig‘idagi hududlarni patrul qilishmoqda va regionga qaytib kelayotgan qochqinlar kolonnalariga hamrohlik qilishmoqda.
Rossiyaliklar Tog‘li Qorabog‘ aholisiga qay tarzda yordam berayotgani haqida bizning videomizda batafsil tomosha qiling.