Tog‘li Qorabog‘ni minalardan tozalash istiqbollari

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSpetsialisti protivominnogo sentra Minoboroni RF pristupili k rabote v Karabaxe
Spetsialisti protivominnogo sentra Minoboroni RF pristupili k rabote v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tog‘li Qorabog‘ning yaqinda jangovar harakatlar kechgan zonasi va boshqa hududlari yuzlab kvadrat kilometr maydonlar bosqichma-bosqich portlovchi moddalardan tozalanishi singari o‘ta katta mablag‘ talab qiluvchi ishlarini ko‘zda tutadi

Tog‘li Qorabog‘ning yaqinda jangovar harakatlar kechgan zonasi va boshqa hududlari yuzlab kvadrat kilometr maydonlar bosqichma-bosqich portlovchi moddalardan tozalanishini ko‘zda tutadi. Bu ulkan resurslar(millionlab dollar)ni hamda xavfli yerlarni xo‘jalik aylanmasiga kiritish uchun o‘nlab yillar davomida olib boriladigan mashaqqatli ishlarni talab etadi.

Spetsialisti protivominnogo sentra Minoboroni RF pristupili k rabote v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Nima uchun G‘arb Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha erishilgan kelishuvdan norozi

Mina maydonlari, portlamagan o‘q-dorilar va qo‘lbola portlovchi uskunalar mojarodan keyingi har qanday hudud uchun asosiy muammo sanaladi. Doimiy ravishda o‘ta xavfli tahdid mavjudligining eng so‘nggi misoli - bu 23-noyabr kuni Madagiz qishlog‘i yaqinida Ozarbayjon, Rossiya Federatsiyasi harbiy xizmatchilari va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining portlatilishi bo‘ldi. Mojaro zonasida bunday xavflar tinchlikparvarlarga, saporlar va qutqaruvchilarga har kuni chang soladi.

Kecha Yerevan shahrining aerodromlariga Rossiya mudofaa vazirligining minalardan tozalash xalqaro markazining 100 dan ortiq harbiy xizmatchilari, shuningdek, 13 ta harbiy va maxsus texnika yuborildi. Muhandislik bo‘linmalari bugun Yerevan - Goris - Stepanakert yo‘nalishi bo‘yicha yurish qilmoqda. Saporlarning yetakchi bo‘linmalari 23-noyabrdan Tog‘li Qorabog‘dagi hududlar, yo‘llar va obyektlarni minalardan tozalashga kirishgan. Ustuvor vazifasi - dislokatsiya (joylashuv, harakatlanish) nuqtalari, tinchlikparvarlarning postlar o‘rtasidagi harakatlanishi, va ayrim infratuzilma obyektlarida minalardan tozalash ishlarini tezkor ravishda amalga oshirish.

Nagorniy Karabax: Rossiya, SShA i Fransiya dumayut, kak ostanovit krovoprolitie - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘da tinchlikparvar operatsiya reytingi

Hududlarning faqat bittasida rossiyalik saporlar 30 ga yaqin tankga qarshi minalarni zararsizlantirishdi. Qoidaga ko‘ra, topilgan o‘q-dorilar maxsus poligonda yoki joyning o‘zida portlatish metodi bilan yo‘q qilinadi. Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Xalqaro minalardan tozalash markazi mutaxassislari murakkab va qizg‘in ishlarga Birlashgan Millatlar Tashkilotining minalarga qarshi faoliyat standartlariga muvofiq ravishda tayyorgarlikdan o‘tganlar. Ular eng so‘nggi ishlab chiqarilgan uskunalar - mina izlovchi IMP-S2, "Uran-6" robototexnika majmualari bilan qurollanganlar. Zamonaviy qidiruv va himoya vositalari Tog‘li Qorabog‘da rus harbiy xizmatchilari salomatligi va hayoti uchun xatarlarni kamaytiradi, lekin istisno etmaydi.

Missiyaning murrakab jihati

Zamonaviy lokal va mintaqaviy mojarolar jangovar harakatlarning permanent xarakteri va minalashtirilgan maydonlar, portlovchi tuzoqlar, yo‘l bo‘yida joylashtiriladigan bombalar va boshqa "surprizlar"dan - bevosita operativ zona va unga tutash hududlarda keng qo‘llanilishi bilan ajralib turadi. Taktik jihatdan tekshirilgan, zich, eshelonlashgan mudofaani yaratish uchun ko‘p sonli qo‘shin (masalan, yuz kilometrlik front chizig‘ida) va resurslarga ega bo‘lmagan holda, mojaro ishtirokchilari bo‘linmalar va harbiy texnikani alohida sektorlarga to‘plashadi va "tuynuklarni" minalar maydonlari bilan berkitadilar.

Broshennaya voyennaya texnika na doroge v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Armaniston Tog‘li Qorabog‘da qanday harbiy xatolarga yo‘l qo‘ydi

Qorabog‘da asosan Sovet davrida ishlab chiqargan minalardan foydalanilgan - bular tanklarga qarshi TM-62, piyodalarga qarshi PMN-2 minalari.

Shu bilan birga, ularning joylashuv xarita-sxemalari shoshilinch ravishda apil-tapil ishlab chiqiladi va keyinchalik ko‘pincha yo‘qolib ketadi.

Ehtimolki, yangi minalardan iborat dalalar va "kengaytmalar"ni mojaro tomonlari hech bir muammosiz yo‘q qilishar. Ammo uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan qarama-qarshilik tufayli mintaqadagi barcha mina maydonlari joylashuvi aniq joyini hech kim bilmaydi. 

Jangovar vaziyatda portlamay qolgan yoki jangovar holatda tashlab qo‘yilgan artilleriya snaradlari bu alohida muammo. Qorabog‘ yerlarida minglab portlovchi predmetlar bor. Shu sababli, Rossiyalik saporlarning o‘nlab yillar davomida olib borgan mashaqqatli mehnati, BMT va boshqa gumanitar tashkilotlarning resurslarini faol jalb etilishi - hudud urush holatidan chiqishining minimal shartlaridan sanaladi.

Flag Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘dagi urush Ozarbayjonning g‘alabasi bilan yakunlandi – Aliyev

Avvalroq, Ozarbayjon hududlarini minalardan tozalash bo‘yicha milliy agentligi (ANAMA) rahbari Gazanfar Ahmedov, Qorabog‘dagi Boku nazorati ostiga o‘tgan hududlarning minalardan to‘liq tozalanishi o‘n yildan ortiq vaqtni talab qilishi haqida aytgandi. Suriyada Armanistonning 83 kishidan iborat gumanitar missiyasi 20 gektarga yaqin maydonni 2019-yilning olti oyida minalar, snaradlar, avia-bombalar va qo‘lbola portlovchi qurilmalardan tozalagan edi. Abxaziya va Janubiy Osetiya hududlarini minalardan tozalash bo‘yicha urushdan keyingi ko‘p yillik tajriba (bu erda hali ham saperlar qilishi lozim bo‘lgan ishlar juda ko‘p) ham Qorabog‘da amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarning global miqyosini tasdiqlamoqda.

Birlashgan harakatlar

BMTning Minalardan tozalash masalalari bo‘yicha xizmati (UNMAS) faqatgina o‘tgan yilning o‘zida 19 mamlakatda (jumladan, Iroq, Afg‘oniston va Suriyada ham) taxminan 495 mln dollar sarflagan. Ehtimol, ushbu mablag‘larning bir qismi Tog‘li Qorabog‘ hududini minalardan tozalashga yo‘naltirilar.

Kolonna voyennoy texniki rossiyskix mirotvorsev gotovitsya k otpravke v Karabax - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ga yetib keldi - video

UNMAS ma’lumotlariga ko‘ra, missiya bu yerda dekabr boshida joylasha boshlaydi. Mutaxassislar, avvalo tog‘-o‘rmon hududidagi murakkab bir sharoitda amalga oshiriladigan ishlar hajmini baholaydilar. Ehtimol, saporlarning xalqaro miqyosdagi hamjihatlikdagi sa’yi-harakatlari qochqinlarning ushbu regionga mojarodan keyingi qaytishini tezlashtirishga imkon beradi.

Shuningdek, BMT Bosh kotibi Antonio Guterishning pozitsiyasi - ya’ni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi gumanitar tashkilotlarga mojaro oqibatida jabr ko‘rgan tinch aholiga yordam berish imkoniyatiga yo‘l ochishini va Tog‘li Qorabog‘da Rossiya bilan hamkorlik qilishga va o‘zaro hamkorlikka tayyorligi bo‘yicha aytilgan fikrlari ham ancha umidbaxsh ko‘rinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0