Erdog‘an Pompeo bilan uchrashuvga vaqt topmadi

© AFP / ADEM ALTANPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pompeo Istanbulga tashrif buyurdi, u bu yerda patriarx Varfolomey Konstantinopolskiy bilan uchrashishi belgilangan. Shu bilan birga, Turkiya poytaxti Anqaraga qadam ranjida qilish Pompeo grafigidan o‘rin olmagan

TOShKENT, 17 noya - Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an ushbu davlatga tashrif buyurgan AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashishga vaqt topmadi, deb ma’lum qildi jurnalistlarga Davlat departamentining oliy martabali amaldori.

Prezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Erdog‘an Putinga Qorabog‘ bo‘yicha ishchi guruh tuzishni taklif qildi

"Davlat kotibi ham, turk rasmiy shaxslari, shu jumladan, Tashqi ishlar vaziri (Mevlyut) Chavushoglu ham, qolaversa, fikrimcha, prezident Erdog‘anning o‘zi ham bu ro‘y berishini xohlashgan edi. Natijada bu ro‘y bermadi. Ro‘y bermagani sababi, oxirgi damlarda prezident Erdog‘anning kun tartibi o‘zgarib, bu davlat kotibi tashrifi asosini tashkil qilgan parametrlarga to‘g‘ri kelmadi", - dedi diplomat Istanbuldagi brifing davomida.

Davlat departamenti vakili Vashington va Anqara o‘rtasida kelishmovchiliklar borligini tan oldi, ammo Erdog‘an nimadan ranjishi mumkin edi, deya berilgan qistovli savollarga javoban, gap turk yetakchisining kun tartibida ekanligini aytdi.

"Turkiya hukumati... ularni chetlatishganini his qilishgan, deb o‘ylamayman. Oxir-oqibat bu jadval masalasiga borib taqaldi. Va gap indallosi haqida gapirar ekanmiz, turklar (AQSh) ma’muriyati oliy rahbarlari, prezidentning o‘zi va quyi bo‘g‘inlardan ular bilan qarashlarimiz qaysi masalalarda to‘g‘ri kelmasligini yaxshi bilishadi", - deb qo‘shimcha qildi Davlat departamenti vakili.

Kelishmovchiliklar haqida gapirar ekan, diplomat, qator regionlarda, jumladan, Sharqiy O‘rta yer dengizi, Liviya va Suriyadagi vaziyatga bo‘lgan qarashlarda, deya aniqlik kiritib o‘tdi.

Zenitniy raketniy kompleks S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada S-400 tizimlari amerika qiruvchilarida sinovdan o‘tkazildi

Pompeo Istanbulga tashrif buyurdi, u bu yerda patriarx Varfolomey Konstantinopolskiy bilan uchrashishi belgilangan. Shu bilan birga, Turkiya poytaxti Anqaraga qadam ranjida qilish Pompeo grafigidan o‘rin olmagan.

Anqaraga Rossiyaning eng yangi havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari - S-400 yetkazib berilgach bu Turkiya va AQSh munosabatlarida inqirozga sabab bo‘lgan edi. Vashington Anqarani ushbu bitimdan voz kechishga, evaziga amerikaning Patriot majmualarini xarid qilishga chaqirdi, aks holda Turkiyaga F-35 qiruvchilari savdosini kechiktirilishi yoki butkul bekor qilinishi mumkinligi haqida tahdid qildi. Shuningdek, AQSh Turkiyaga nisbatan CAATSA ("Amerika dushmanlariga qarshi sanksiyalar vositasi orqali kurashish" to‘g‘risidagi qonunga muvofiq)ga muvofiq sanksiyalar kiritishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilgan.

Anqara yon bosishdan bosh tortdi va S-400 ning qo‘shimcha partiyalarini xarid qilish borasida muzokaralarni davom ettirdi.

Yangiliklar lentasi
0