Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ga yetib keldi - video

Obuna bo‘lish
Rossiyaning 1960 nafar askar, 90 ta bronetransporter va 380ta avtomobillar va boshqa texnikadan iborat tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ga yetib keldi.

Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon kelishuviga ko‘ra, bugun 10 ta Il-76 harbiy samolyot yordamida Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ga yetib keldi. Rossiya harbiylarining Tog‘li Qorabog‘ga yetib kelish kadrlarini RIA Novosti tarqatdi. 

Eslatib o‘tamiz, bir kun oldin 3 davlat rahbariyati 10-noyabr soat 00:00 dan boshlab Tog‘li Qorabog‘ hududida barcha jangovar harakatlarni to‘xtatishga kelishib olishgan edi.

Shuningdek, shartnomaga muvofiq Armaniston 15-noyabrga qadar Ozarbayjonga Kelbajar tumanini, ushbu yilning 1-dekabriga qadar - Lachin tumanini qaytarib berishi kerak. Shu bilan bir vaqtda kengligi 5 km bo‘lgan Lachin koridori Armaniston ixtiyorida qoladi. Ushbu koridor orqali Tog‘li Qorabog‘ bilan aloqa bog‘lanib turiladi. Bu koridor Shusha shahri orqali o‘tmaydi. 

Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘da 5-yil muddatga qoladi, keyinchalik ushbu muddat uzaytirilishi mumkin. Ushbu shartnoma Boku va Yerevan talabiga binoan bekor qilinishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0