Nima uchun G‘arb Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha erishilgan kelishuvdan norozi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSpetsialisti protivominnogo sentra Minoboroni RF pristupili k rabote v Karabaxe
Spetsialisti protivominnogo sentra Minoboroni RF pristupili k rabote v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiya tashqi ishlar vaziri uning mamlakati Tog‘li Qorabog‘ aholisiga yordam berish uchun tashkil etilgan gumanitar missiya tavsiloyatlari bilan o‘rtoqlashdi. Hududga jarrohlar guruhi va tibbiy-jarrohlik asbob-uskunalarni jo‘natish haqida gap ketmoqda.

AQSh, o‘z navbatida, mojaroda jabrlangan aholiga yordam berayotgan Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasiga va boshqa nodavlat tashkilotlarga 5 million dollar ajratish bilan cheklandi.

Otrajenie mujchini na fone flaga YeS - Sputnik O‘zbekiston
Demokratiya Yevropani ado qilmoqda. Yevropa demokratiyani birinchi bo‘lib o‘ldiradimi?

Qorabog‘ masalasi bo‘yicha Parij va Vashingtonda ishtiyoq etishmasligi - ham ritorikada, ham harakatlarda - ular "yaralangan izzattalablik"ni namoyish qilmoqda, deb aytgan Sergey Lavrov, naqadar haq bo‘lganligini tasdiqlaydi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ham xuddi shunday dedi: AQSh va Fransiya "kech bo‘lsa ham, erishilgan kelishuvga o‘zlarining ijobiy munosabatlarini bildirishdi" deb kinoya bilan aytdi.

O‘rnatilgan an’anaga ko‘ra, Anqara so‘z tanlashda uyalib o‘tirmadi. Turkiya prezidentining matbuot kotibi G‘arb NATO va Yevropa Ittifoqi sifatida 30-yildan beri Qorabog‘ qarama-qarshiligi bo‘yicha "aniq va real takliflarni" ilgari sura olmayotganini, Rossiya va Turkiya esa "o‘zaro hamjihatlikka" erishganligini bildirdi.

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha kelishuv G‘arb uchun alamli mag‘lubiyatga aylandi, ayniqsa - AQSh va Fransiya uchun - deb yozishni darhol boshlashdi, ular Rossiya va YeXHT Minsk guruhining ushbu mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini izlash guruhi hamraisi bo‘lgan.

Agar The National Interest jurnalistlariga ishonadigan bo‘lsak, G‘arb bu safar uxlab qolib, hamma narsani o‘tkazib yubordi. Uning uchun ham harbiy harakatlarning boshlanishi, ham Rossiya tinchlikparvar kuchlarini kiritish haqidagi kelishuvning imzolanishi kutilmagan holat bo‘ldi.

Nashr bunda Amerika razvedkasini aybladi, uning ma’lumotlariga ko‘ra, ular hatto Putin va Erdog‘an muzokaralari to‘g‘risida ma’lumotni ololmadi, natijada esa AQShning mintaqadagi pozitsiyasi sezilarli darajada zaiflashdi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa ittifoqi Rossiya vaksinasi uchun Isroil va Vengriyaga qanday tazyiq o‘tkazmoqda

Biroq, aslida, vaziyat bundan ham yomonroq, chunki "razvedka ishlamadi" degan pozitsiya “Qorabog‘ masalasi”da AQSh muvaffaqiyatsizligining bundan katta bo‘lgan muammoni yashirishga imkon beradi.

Qorabog‘ masalasini tinch yo‘l bilan hal etish, qarama-qarshilik nisbatan mahalliy xususiyatiga qaramay, global siyosiy tizim boshdan o‘tkazayotgan o‘zgarishlarning tubdan yangi bosqichini boshlab beradi. Bu birinchi marta, AQSh va Yevropa - barcha ishtirok etayotgan tomonlar uchun birdaniga keraksiz va istalmagan sherik sifatida bo‘lib qoldi.

So‘nggi 30-yilda G‘arb gegemonligining eng muhim belgisi - uning hamma joyda, barcha uchun kerak bo‘lgan zaruriyat sifatida bo‘lgan edi.

Har qanday vaziyatda, har qanday mojaroda, - hattoki turli davlatlarda ichki siyosiy vaziyatlarda G‘arbga ko‘mak so‘rab murojaat qilgan, yordamga umid bog‘lagan va ko‘pincha uni u yoki bu shaklda olgan.

Bu yondashuvning yorqin namunasi sifatida Qrimda 2014-yil bahorida, Ukraina harbiylari "Amerika biz bilan" deb baqirgan holda Rossiya harbiy obyektlarini "shturm qilgan" epizodni eslash mumkin. Bu, albatta, kulgili ko‘rinadi, biroq ayni paytda u butun sayyora bo‘ylab - Belarusdan Venesuelagacha, Suriyadan Gonkonggacha - ko‘plab odamlar, shu jumladan yuqori amaldorlarning fikrlash tarzini juda aniq aks ettiradi.

Bundan tashqari, bu holat G‘arb tomonidan maqsadga muvofiq ravishda qo‘llab-quvvatlanadi, dunyodagi har qanday muammo va nizolarga hech bo‘lmaganda veto huquqiga ega bo‘lishga intiladi. Bu, aslida, uning geosiyosiy ustunligining asosiy tarkibiy qismlaridan biri.

Sputnik V: Izrail planiruyet zakupat rossiyskuyu vaksinu ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya vaksinasi: Osiyo olishga tayyor, Yevropa esa mutlaq qarshi - sabab ?

Hozirgi Qorabog‘ tinch yo‘l bilan hal qilish o‘ziga xosligi shundaki, unda barcha ishtirokchi tomonlardan G‘arb birdan kesildi. Bu juda ham ta’sirli, chunki muzokaralar jarayoni osonlikcha bo‘lmadi.

Biroq, o‘rnatilgan jahon an’analariga asosan AQSh yoki Yevropani ishtirok etishga jalb qilish o‘rniga, har kim bir ovozdan "buni o‘zimiz hal qilamiz" degan ishonchga amal qildi.

Ular haqiqatan ham hal qilishdi – voqea sodir bo‘lib o‘tgandan keyin erishilgan va amalga oshirishga kirishilgan kelishuv G‘arbga, butun dunyo oldiga qo‘yildi.

Shunday qilib, AQSh ta’sirining yana bir asosiy toshiga, dunyo tizimida alohida mavqega ega bo‘lish talabiga juda kuchli zarba berildi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, birinchi muvaffaqiyatli urinishdan keyin albatta boshqalari yetib keladi.

Ajablanarli joyi yo‘q, amerikaliklar voqeani razvedkaning tasodifiy muvaffaqiyatsizligi, deb hisoblashni afzal ko‘rishmoqda. Tog‘li Qorabog‘da tinch yo‘l bilan hal qilish haqiqatda dunyo siyosiy tizimidagi, asta-sekin AQSh va umuman G‘arbni undagi eksklyuziv maqomidan mahrum etadi, yana bir tektonik siljishni anglatadi, ular uchun bu haqiqatga iqror bo‘lish va ommaviy tan olinishdan ko‘ra qulayroqdir.

Yangiliklar lentasi
0