Tog‘li Qorabog‘ga minglab jangarilar kelmoqda - Narishkin

© Minoboroni Azerbaydjana / Mediabankka o‘tishVoyenniy konflikt v Karabaxe
Voyenniy konflikt v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi razvedka rahbari Sergey Narishkin Yaqin Sharqdan Tog‘li Qorabog‘ga terrorchi-jangarilar kelganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Yaqin Sharqda jang qilayotgan minglab radikallar, shu jumladan an-Nusra* (Jabhat an-Nusra*) jangarilari Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro zonasiga ko‘chirilmoqda, dedi dushanba kuni Rossiya tashqi razvedka xizmati (SVR) direktori Sergey Narishkin.

Armanskiy voyenniy strelyayet iz artilleriyskogo orudiya vo vremya boya s azerbaydjanskimi voyskami v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro hech qachon tugamaydi – Jirinovskiy

"Tashqi razvedka xizmatida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Yaqin Sharqda jang qilayotgan xalqaro terroristik tashkilotlarning yollanma jangarlari, xususan,"Jabhat an-Nusra*, “Firkat Hamza”, “Sulton Murod”, shuningdek, ekstremistik kurd guruhlari to‘qnashuv zonasiga faol ravishda olib kelinmoqda. Yangi Qorabog‘ urushida pul ishlashga umid qilayotgan yuzlab va hatto minglab radikallar haqida gap ketmoqda”, - dedi TRX rahbari.

Narishkin ta’kidlashicha, Qorabog‘da qizg‘inlashayotgan qurolli to‘qnashuv magnit kabi turli xalqaro terroristik tuzilmalar jangarilarini o‘ziga tortmoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0