Yangi O‘zbekiston talabasi qanday bo‘lishi kerak? OO‘MTV vazir o‘rinbosari bilan suhbat

© Iz lichnogo arxiva Uzakbaya BegimkulovaZamministra visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Uzakbay Begimkulov
Zamministra visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Uzakbay Begimkulov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Begimqulov Sputnik nashriga bergan intervyusida raqamli universitetga o‘tish, O‘zbekistonda nega xorijiy OTMlar filiallari ko‘payayotgani va nega yaxshi mutaxassislar chet elga ketishidan cho‘chimasligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi shu kechayu-kunduzda o‘z tarixidagi eng yirik transformatsiyani boshdan kechirmoqda. Bu "o‘tish" jarayonida koronavirus pandemiyasi bergan zarba, albatta, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Ammo qisqa muddatda yagona birlashgan onlayn-platformaning ishga tushirilishi va respublika bo‘yicha eng yaxshi professor-o‘qituvchilarning onlayn-leksiyalari talabalar e’tiboriga havola qilinishi tizimni aks ta’sirlardan himoya qildi. Sputnik O‘zbekiston XAAga bergan intervyusida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov raqamli universitetga o‘tish, yoshlarning ilmga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekiston nega o‘z hududida xorijiy OTMlar filiallarini ko‘paytirayotgani va nima sababdan eng yaxshi mutaxassislar chet elga ketishidan cho‘chimasligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev poruchil peresmotret sistemu visshego obrazovaniya v strane - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev mamlakat oliy ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

- Uzoqboy Shoimqulovich, O‘zbekistonda oliy ma’lumotli ishsizlar yoki o‘z egallagan kasbi bo‘yicha emas, boshqa sohada ishlaydigan mutaxassislar juda ko‘p. Lekin biror marotaba qaysi sohaga qanday mutaxassis kerak, necha kishiga talab bor, eshitmadik. Mehnat bozoridagi talab va taklifni kim o‘rganadi? Raqobatbardosh, turli hayotiy va madaniy sharoitlarga moslashuvchan professional kadrlarni tarbiyalash uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda respublikada?

- Xabaringiz bor, uch yil oldin - 2017-yilda, Muhtaram Prezidentimizni "Oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarda rivojlantirish dasturi" qabul qilingan edi. Mana shu dasturda oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning 9 ta ustuvor yo‘nalishi belgilab berildi. Shular orasida eng ustuvor yo‘nalish - bu yoshlarimizni oliy ta’lim bilan qamrovini oshirish edi. Taqqoslash uchun, 2016-yilda 9% bitiruvchilarda oliy ta’limda o‘qishni davom ettirish imkoniyati bor edi. Bugunga kelib, 25%dan oshdik.

Zasedanie Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
"Korrupsiyaning oldini olish": Qurilish vazirligi Oliy Majlisda axborot beradi

Oxirgi 4-yilda 47 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil qilindi.

Odatda oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari qanday shakllantiriladi?

Avvalgi Iqtisodiyot, hozirgi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bevosita hududlardan qancha o‘qituvchi, qancha shifokor, qancha injener va hokazo sohalar mutaxassislariga bo‘lgan talab haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib to‘plagach, qabul kvotalarini birgalikda ta’lim yo‘nalishlari va oliy ta’lim muassasalari kesimida taqsimlaymiz. Demak, ko‘rib turibsizki, har bir hudud va sohaning istiqbolli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘nalishlari, ustuvor vazifalaridan kelib chiqib qabul kvotalari shakllantiriladi.

Konvert s dollarovimi kupurami - Sputnik O‘zbekiston
Oliy ta’lim tizimidagi 326 nafar xodim korrupsiyaga qo‘l urgan

Davlat buyurtmasi, davlat granti asosida tahsil oladigan talabalar  yo‘llanma asosida ishga yuboriladi. To‘lov-kontrakt asosidagi bitiruvchilarga tavsiyanomalar beriladi, ular shu asosda ishga joylashishlari mumkin.

Raqobatbardosh kadrlarga keladigan bo‘lsak, bilasizmi, bizni quvontiradigani - hozirgi kunda ish beruvchilar sekin-asta o‘z talabini qo‘yishni o‘rgandi. "Menga birgina bolg‘a urdiradigan emas, butun boshli avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlatadigan injener kerak", deyishadi. O‘zi taraqqiyotni ma’lum bir darajasida ish beruvchilar kirib kelishi va oliy ta’lim mazmunini shakllantirishda ishtirok etishlari shart. Ish beruvchi bizga buyurtmachi bo‘lishi, u qo‘yayotgan malaka va bilimga ega bo‘lish uchun mutaxassis qaysi fanlarni o‘qishi kerakligini esa biz belgilashimiz kerak. Shu bois bugungi kundagi asosiy talabimiz - talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nikmasini rivojlantirishdan iborat. Texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda yashayapmiz. Domlaning o‘tgan darsi bilan kifoyalanmasdan, o‘zi ham mustaqil ilm izlaydigan talaba ertangi kunda yana qayta o‘qishi kerak bo‘lmaydi. Asosiy vazifamiz yoshlarimizni yangi bilim-ko‘nikmalarni mustaqil egallashlari uchun tayyorlashdan iborat. Hozirgi oliy ta’lim mazmunini mana shunga yo‘naltirishimiz kerak.

2 marta v Sergeliyskom rayone goroda Tashkenta proshla seremoniya otkritiya 2 novix obsheobrazovatelnix shkol - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

- Maktabni bitirgan o‘zbek yoshlari shu kechayu-kunduzda qaysi sohalarga ko‘proq qiziqish bildirishapti?

- Yoshlarimiz asosan, texnika, IT- yo‘nalishlarini ko‘proq tanlashayapti. Joriy yil OTMlarga 1 million 484 ming nafar abituriyent hujjat topshirdi. Deyarli hamma muassasalarimizda abituriyentlar soni keskin oshdi. Bir o‘ringa 30 ta abituriyent da’vogarlik qilgan yo‘nalishlar ham bo‘ldi. Eng ko‘p abituriyentlar hujjat topshirgan OTMlar bu SamDU, TerDU, Urganch Davlat universiteti, FarDU, O‘zMU, Toshkent Davlat texnika universitetlari bo‘ldi.

Bu yoshlarimizning oliy ta’limga bo‘lgan ishonchi oshayotganidan dalolat beradi. Bilimi borlari kiraman deb harakat qilyapti va kirapti ham. Oliy ta’lim muassasalariga bog‘liq bo‘lmagan shaffof, ochiq qabul tizimi yaratilgan.

Qabulni biz o‘tkazmaymiz, qolaversa, abituriyentlarga beshta universitetni tanlash imkoniyati berilgan, demak, potensial talabamni bilmayman, ming xohlaganimdayam.

- Bitiruvchilarning aksariyat qismi o‘z egallagan sohasi emas, boshqa sohada ishlashadi. Bu haqda qanday fikrdasiz?

- Bitiruvchining ishga joylashishi juda ko‘p faktorlarga bog‘liq - ishxonasining uyidan uzoqligi, yoki oilaviy sharoiti, buni ham inobatga olish kerak.

Zasedanie Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya, ta’lim va ishsizlik masalalari: Oliy Majlis Senati navbatdagi majlisni chaqiradi

Fikrim, oliy ma’lumot oldimi, shu sohani mutaxassisimi, demak olgan fundamenti bitiruvchiga boshqa sohalarda ham o‘zini ko‘rsatishiga imkoniyat beradi.  Bu, albatta, yaxshi.

Ammo yana bir masala bor. Oliy ta’limga yoshlarni tayyorlashda oila muhim rol o‘ynaydi. Oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirayotgan abituriyent juda kam holatlarda aniq maqsad bilan "oldindan o‘sha yo‘nalishga kiraman, shu sohani egallayman", deydi. Bola o‘qituvchi bo‘lishga qiziqadi, lekin ota-onasi o‘z farzandining yo prokuror yo iqtisodchi bo‘lishini xohlaydi. Natijada bola iqtisod bo‘yicha o‘qiydi, lekin undan iqtisodchi chiqmaydi. Vaqt o‘tib u o‘qishini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi. Yoki bo‘lmasa oliy ta’limga kirsam bo‘ldi, degan mazmunda hujjat topshirishadi. Joriy yilning o‘zida 30 mingga yaqin yoshlar o‘qishini ko‘chirish uchun ariza topshirgan. Ular ichida 15 mingdan ortig‘i o‘z ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishni xohlashgan. Buni oldindan maqsadli kirish emas, deb hisoblash mumkin.

Rabota v ofise - Sputnik O‘zbekiston
Majidov: sirtqi ta’lim 100 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi

Yoki bo‘lmasa bu yil ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirganlar soni oldingi yillarga nisbatan 4-marta ko‘p. Bu degani birinchi diplomga ega, lekin o‘zini sohasida ishlamayapti. Mana shunday holatlardan bilishimiz mumkinki, bolada u oliy ta’limga kelishidan oldin o‘sha soha bo‘yicha qiziqishni oilada va maktabda uyg‘otish kerak. Bola mana shu sohani aniq egallayman, degan maqsad bilan OTMga kelishi kerak. Bunday toifadagi talabalar hech qachon o‘qishini ko‘chirmaydi yoki ikkinchi oliyni o‘qimaydi. Bakalavr diplomi bilan ham o‘zini sohasida yuqori natijalarga erishadi.

- Maktablar bilan bu borada qandaydir hamkorlik yo‘lga qo‘yilganmi?

- Hozirda shunday hamkorlik boshlangan. Oliy ta’lim muassasalari kimyo, biologiya va matematika yo‘nalishidagi maktablarga biriktirilyapti. Demak OTM bo‘lajak talabasini o‘sha biriktirilgan maktabdan qidiradi - fan olimpiadalarini tumanlar, maktablar kesimida o‘zi o‘tkazib, kadrlarni saralab oladi. Bundan tashqari, OTMdagi yetuk olim-professorlarning maktablarga borib seminar, master-klasslar o‘tkazib, ma’ruzalar o‘qiydigan seleksiyaga o‘xshash bir tizimni joriy qilyapmiz. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu yil texnikumlar tashkil etildi. Masalan, Transport texnikumini bitirgan yoshlar Transport universitetiga kirishda ikkinchi kursdan suhbat asosida qabul qilinib, o‘qishni davom ettirish huquqiga ega bo‘lyapti. Buyam kadrlar seleksiyasining bir shakli.

XIX Vsemirniy festival molodeji i studentov. Den patiy - Sputnik O‘zbekiston
Muhabbat, mavqe va dardni yengish: Rossiyada ta’lim olish yoshlarga nima beradi

- Koronavirus pandemiyasi  va ta’lim mavzusiga o‘tsak. Mart oyining yarmidan O‘zbekistonda mamlakat miqyosida karantin joriy etildi. Bir vaqtning o‘zida OTMlar masofaviy ta’limga o‘tganini kuzatdik. Onlayn-o‘qish ta’lim sifatini tushirib yubormadimi? Va umuman, masovafiy ta’lim kelajagini qanday ko‘rasiz?

- Bilasizmi, bugungi kunda eng avvalo ta’limdagi muhit transformatsiyaga uchramoqda. Hozir o‘qituvchining vazifasi o‘zgarapti. U endi bir tomonlama bilim uzatuvchi emas, balki talabani bilim olish faoliyatiga yo‘naltiruvchi sifatida yangi maqomda ish yuritishi kerak. Shu nuqtayi-nazardan auditoriyadagi darsning o‘rni beqiyos. To‘g‘ri ta’kidladingiz, biz 1-apreldan masofaviy ta’limga o‘tdik, lekin bu jarayonda juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keldik. Birinchidan: o‘qituvchilarimizning tayyorgarlik darajasi. Yangi formatda ish yuritish uslubi aksariyat o‘qituvchilarni dovdiratib qo‘ydi. Ikkinchidan, talabalarimiz bunday formatda bilim olishga tayyor emasliklari ma’lum bo‘ldi. Qars ikki qo‘ldan chiqishi kerak – OTM tegishli sharoit yaratib berishi kerak. Talabalarda esa shunday formatda bilim olishga motivatsiya kuchli bo‘lishi lozim. Yana bir tomoni – texnik muammolar bo‘ldi. Hamma uzoq hududlarimizda ham yaratilgan resurslardan foydalanish imkoniyati mavjud emas edi, taxminan 402 ming nafar talabadan 30 mingida( 8%i) turli sabablarga ko‘ra, internetga ulanish imkoni yo‘q edi.

Matematicheskie formuli - Sputnik O‘zbekiston
"Matematik injiniring" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlanadi

Vazirligimiz pandemiya sharoitida qisqa vaqtda har bir oliy ta’lim muassasasi masofaviy ta’lim platformalarini yagona platformaga birlashtirdi. Ya’ni, deylik, fizika fanini Milliy universitet ham o‘qitadi, Qashqadaryo OTMsi ham. Talabaga o‘quv materialini tanlash imkoniyatini yaratdik: unga qaysi resurs ma’qul bo‘lgan bo‘lsa, kirib o‘shani o‘qish imkoniyatini berdik. Shu tarzda, OTMlarning ta’lim resurslarini birlashtirish orqali biz bu jarayondan o‘tdik.

Masofaviy ta’lim yaxshi, ammo buni uchun talabalarda mustaqil bilim olish, kreativ salohiyat malakasini rivojlantirish kerak. Shundagina keyingi global rivojlanish, global taraqqiyotda o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ymaydigan, kerakli paytda zarur bilimni olib, o‘zida zarur ko‘nikmani shakllantiradigan mutaxassis bo‘ladi. Meni o‘ylashimcha, kelajakda albatta an’anaviy ta’lim bilan masofaviy ta’limni uyg‘unligi bo‘lishi kerak.

Albatta, bu dastlabki qadam edi, biz bu narsaga biz 100 foiz tayyor edik, deb aytolmayman.

Davlat dasturida shu yil uchta OTM: Toshkent davlat yuridik universiteti, TATU va Toshkent davlat pedagogika universitetida masofaviy ta’limni tajriba sifatida joriy etish belgilangan.

Perviy zamestitel dekana fakulteta mirovoy ekonomiki i mirovoy politiki Natsionalnogo issledovatelskogo universiteta «Visshaya shkola ekonomiki” (NIU VShE) Igor Kovalev - Sputnik O‘zbekiston
Kovalov: O‘zbekistondagi davlat ta’lim tizimiga raqobat kerak

Chunki hamma ta’lim yo‘nalishida ham masofaviy ta’limni joriy etib bo‘lmaydi. Deylik, injener yoki shifokorlik yo‘nalishida. Bunday sharoitda ma’lum bir qism fanlarni onlayn-formatga o‘tkazamiz, biroq amaliyotda o‘tishi lozim bo‘lgan - qo‘l bilan bajariladigan ishlar ham bor, ularni  masofaviyga o‘tkaza olmaymiz.

Shuningdek, sirtqi ta’limda aralash texnologiyalarni joriy qildik. Mana, shu yildan 35ta OTMda kredit-modul tizimiga o‘tdik. Buning ma’nosi nima? Deylik vrach bemorni qabul qilganida, u bilan muloqotda bo‘ladi. Buning uchun u psixologiyani bilishi, unda nutq madaniyati bo‘lishi, o‘zini sohasi bo‘yicha kasallik belgilarini aytib bera oladigan bo‘lishi kerak. Mana shu ko‘nikmalarni bitta guruh qilamiz – deylik, muloqot kompetensiyasi. Bu kompetensiya uchun bo‘lajak shifokor uchta fanni o‘qiydi - bu fanlar guruhlanib bitta modul bo‘ladi va mana shunga kredit beriladi.

Kredit-modul tizimi amaliy ko‘nikmani rivojlantirishga qaratilgan ta’lim jarayoni bo‘ladi va mustaqil ta’lim metodikalarini qo‘llashni kengaytirishni taqazo etadi. Agar talaba shu kompetensiyaga ega bo‘lmasa, unda probel bo‘ladi, demak u to‘liq mutaxassis bo‘lolmaydi.

RGPU imeni Gersena - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana bir Rossiya oliygohi filiali ochiladi

- O‘zbekistonda chet el OTMlari filiallari soni keskin ortdi. Oxirgi 3-yilda 15ta xorijiy filiallar tashkil qilindi. Bu nima uchun kerak?

- Xorijiy filiallar soni shunchaki ko‘payayotgani yo‘q. Yaqin-yaqingacha O‘zbekistonni dunyoning geografik xaritasida bilishmas edi. Mana endi Yangi O‘zbekiston sifatida dunyoga tanilyapmiz, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini ham jahonga tanitishimiz kerak.

Bitiruvchilarimizni sifati bizni ishimizga baho beradi. Shunday ekan, xorijiy filiallar soni oshirilishi bilan birinchi navbatda ilg‘or ta’lim texnologiyalari ham mamlakatimizga kirib kelyapti. Moskva Davlat Universiteti, Amerikaning Vebster Universiteti, MISiS – axir bular o‘z sohasi bo‘yicha yetakchi ta’lim muassasalari.

Har qanday OTM darajasi - bu ilmiy darajali o‘qituvchilar ulushi yoki xorijdan jalb qilingan professor-o‘qituvchilar soni bilan o‘lchanadi. Xorijiy OTMlar filiallarining tashkil etilishi, xorijiy yetakchi universitetlar bilan qo‘shma dasturlar - O‘zbekiston oliy ta’limi tizimining ichida raqobatni shakllantiradi. Bu nihoyatda zarur - raqobat bo‘lmasa, rivojlanish bo‘lmaydi.

Doroga v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda yana bir oliygohning filiali ochiladi

Hozirda 22ta davlatdan 104ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikki tomonlama diplom berish dasturini yo‘lga qo‘yganmiz.

E’tibor bering, O‘zbekistonda OTMlarning ilmiy salohiyati oxirgi 3-yilda har yili 3%dan ortapti. Yigirma yilda ochig‘i, bu ko‘rsatkich yildan yilga pasayib borib, pasayish 2017-yilda birinchi marotaba to‘xtatilgan edi.

-  Qo‘shma dasturlar tufayli yaxshi mutaxassislarning chet elga ketib qolishi, ruscha aytganda "kadrovaya utechka" degan bir holat yuzaga kelib qolmaydimi, nima deysiz?

- Bizning bugungi kundagi barcha harakatlarimiz yetuk malakali bitiruvchilarni tayyorlashga qaratilgan. Avvalo o‘zbekona mentalitetga xos - uyidan uzoqqa hech qayerga ketib qolmaydi. Xorijga borib ishlab, ma’lum vaqtdan keyin tajriba orttirib qaytib kelsa, bu ham yaxshi. Nima qilibdi, nega biz buni chegaralashimiz kerak? Vataniga xizmat qilish hissi qalbida yo‘qolmasa bo‘ldi.

Podacha dokumentov v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
Xorijiy OTMlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida magistratura uchun qabul boshlandi

- O‘zbekiston yoshlarining olimlikka qiziqishi qay darajada? Yosh olimlarni qanday qo‘llab-quvvatlaysizlar?

- Bugungi kundagi asosiy ishlarimizdan biri yosh olimlarni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga keng jalb qilishga qaratilgan. Doktoranturaga qabul kvotalari 3 barobar oshdi. Kirish uchun bitta o‘ringa 4-5tadan da’vogar to‘g‘ri kelyapti.

O‘tgan yili magistraturaga 7695 ta o‘rin berilgan va 22 mingdan ziyod ariza tushgan edi. Bu yil 10 425 ta joy ajratildi, 74 mingdan ortiq ariza tushdi.

Yoshlarning ilmga qiziqishi ortmoqda.

So‘nggi yillarda yoshlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga keskin e’tibor berish boshlandi. Ularga uy-joy, mashina olish uchun kreditlar berilmoqda.

Mujchina sidit u kompyutera - Sputnik O‘zbekiston
Prezident xorijga chiqib ketgan mutaxassislar ro‘yxatini tuzishni buyurdi

- OTMlardagi boshqaruv jamoalari ko‘pincha sizlar, ya’ni vazirlikdan "buyruq" kelishini kutib o‘tirishadi.

- Savolingiz tushunarli. Biz ikki yil oldin oliy ta’lim muassasalariga akademik mustaqillik berganmiz. Ya’ni o‘quv jarayoni mazmunini, o‘quv rejalaringni ish beruvchilar talablari, xalqaro tajribadan kelib chiqib o‘zlaring hal qilinglar, deganmiz. Biz hozirda faqatgina umumiy strategiyani belgilab berapmiz.

Mana, o‘nta OTM bu yil moliyaviy mustaqillikka o‘tdi, lekin afsuski, hali ham nima qilishni kutib o‘tirish holatlari yo‘q emas. Ularni dunyoqarashini o‘zgartirishimiz kerak.

- Shu yildagi rejalar qanday?

- Rejalar bisyor. Oliy ta’limni boshqarishning axborot tizimlarini joriy qilyapmiz. Vazirlik raqamli formatga o‘tayapti. AKTni joriy etish orqali ochiqlik, shaffoflik, tezkorlikni ta’minlaymiz. Universitetlarni raqamli formatga o‘tkazish ishlarini bosqichma-bosqich davom ettiramiz.

Gulchexra Rixsiyeva, rektor TashGIV - Sputnik O‘zbekiston
Rahbar bo‘lish osonmi? O‘zbekistondagi yagona ayol-rektor bilan intervyu

Ilmiy faoliyatni rivojlantirishmiz kerak. Shu uchun zamonaviy ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini shakllantirishga harakatdamiz: bu OTMlar qoshidagi texnoparklardir. Xorijdan 112 ta zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari olib kelindi, 7 ta oliy ta’lim muassasalararo ilmiy tadqiqot laboratoriyalarini tashkil qilyapmiz.

Bugungi kunda bizga berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishimiz kerak. Hamma harakatlarimiz yoshlarga sifatli ta’lim berishga qaratilgan va bunga erishamiz.

Yangiliklar lentasi
0