Samarqandda yana bir oliygohning filiali ochiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDoroga v Samarkande
Doroga v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. “Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

V RSNK prepodavateli russkogo yazika proshli kursi povisheniya kvalifikatsii  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana bir soha xodimlarining maoshi oshadi

“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Samarqand viloyati hokimligining Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Agronomiya hamda Agroiqtisodiyot va agroinjeneriya fakultetlari negizida Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin”, - deyilgan hujjatda.

Filialning asosiy vazifalari:

- qishloq xo‘jaligida innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash, “aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash;

- o‘quv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash, fan dasturlarida soha bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli va resurstejamkor ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilimlarni aks ettirish;

- xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oshirish va stajirovkalarini tashkil etish;

- ilmiy-tadqiqot institutlari bilan manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar hamkorligida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish;

V Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi Moskva energetika instituti filialiga abituriyentlardan hujjat qabuli boshlandi

- professor-o‘qituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligi va moddiy manfaatdorligini oshirish;

- o‘quv mashg‘ulotlari, malakaviy amaliyotlarni o‘tishda talabalarni innovatsion va yangicha fikrlashga yo‘naltiradigan yangi o‘qitish texnologiyalari hamda interfaol uslublarni, shu jumladan talabalarning mustaqil izlanishini ta’minlovchi mexanizmlarni keng joriy etish;

- shuningdek, hududda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning yetakchi oliy va ilmiy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatib, mintaqada ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha ikki tomonlama tan olinadigan qo‘shma ta’lim dasturlarini keng joriy etish orqali nazariy-amaliy ko‘nikmalarni egallagan malakali kadrlar tayyorlash;

- qishloq xo‘jaligi va uning tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashning uzviy tizimini yaratish, biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash; 

- respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.

Yangiliklar lentasi
0