O‘zbekiston Nodavlat ta’lim muassasalari uyushmasi prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripovga murojaat qildi. O‘qituvchilar ochiq xat bilan ta’limning xususiy sektorini yo‘q bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni va barcha zarur sanitariya talablariga javob bergan holda xususiy o‘quv muassasalari ishiga ruxsat berishni iltimos qilishdi.
Ushbu murojaat yuzasidan OIM jahon iqtisodiyoti va jahon siyosati fakulteti dekanining birinchi o‘rinbosari Igor Kovalov fikr bildirdi.
"Agar hech bo‘lmaganda qisman onlayn formatga o‘tish imkoni bo‘lmasa, soha katta zarar ko‘rishi aniq", - dedi mutaxassis.
Umuman olganda, uning fikricha, respublikada boshlang‘ich va yuqori darajadagi davlat ta’lim tizimi ustunlik qilishi kerak.
“Xususiysiga umid qilish uchun davlat boy bo‘lishi kerak, barcha fuqarolar esa badavlat bo‘lishi kerak. Ammo O‘zbekistondagi hamma ota-onalar ham o‘z farzandining ta’limi uchun pul to‘lashga qodir emas. Shuning uchun, o‘ylaymanki, davlat tizimiga ustuvorlik berilishi kerak, ammo ayni paytda, davlatniki dogmatik bo‘lib qolmasligi va qotib qolmasligi uchun muayan bir raqobatni vujudga keltiradigan xususiy tuzilmani ham o‘ziga xos o‘rinbosar sifatida rivojlantirish kerak", - dedi Kovalov.