Majidov: sirtqi ta’lim 100 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi

Obuna bo‘lish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri O‘zbekistonda sirtqi ta’lim 100 foiz, kechki ta’lim esa 50 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda sirtqi ta’lim 100 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tkaziladi. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov karantin davrida qabul jarayonini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qildi.

V Tashkente nachinayutsya vstupitelnie ekzameni v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
Kirish imtihonlari onlayn bo‘lmaydi – DTM

“Sirtqi ta’lim 100 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi. Kechki ta’lim shakli bo‘yicha ishlarni rejalashtirganmiz, qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar 50 foiz masofaviyga o‘tadi. Kunduzgi ta’lim borasida qanday yo‘l tutilishi karantin sharoitidan kelib chiqib belgilanadi”, — dedi vazir.

Majidovning aniqlik kiritishicha, hujjat topshirish, ro‘yxatdan o‘tish muddatlari o‘zgarmaydi. Belgilangan muddatlargacha davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0