O‘zbekistonda yana bir Rossiya oliygohi filiali ochiladi

© RGPU imeni GersenaRGPU imeni Gersena
RGPU imeni Gersena - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining O‘zbekistonda filiali ochilishi rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining O‘zbekistonda filiali ochilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur masala universitet, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi vakillari ishtirokidagi videokonferensiyada muhokama qilindi.

MTV matbuot xizmatiga xabariga ko‘ra, filial O‘zbekistonda pedagog kadrlar tayyorlash, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalarini yo‘lga qo‘yadi.

Otkritie filiala MGIMO v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi filial elitar oliygoh bo‘ladi – MGIMO rektori

Tomonlar dars mashg‘ulotlarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lga qo‘yishni ko‘rib chiqdilar:

- alohida ehtiyojga muhtoj bolalar bilan ishlovchi mutaxassislar uchun reablitatsiya va tuzatuvchi pedagogogika;

-maktabgacha ta’lim;

- psixologiya.

 “A.I.Gersen nomidagi universitet - samarali o‘quv dasturlari va o‘qitish metodikalariga ega Rossiyaning yetakchi pedagogika oliy o‘quv yurtlaridan biridir. Hamkorligimiz bo‘yicha ijobiy natijalarimizdan biri Nukus MTT mutaxassislari “Imkon” reabilitatsiya markazi mutaxassislari bilan A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida malaka oshirishdi. Sankt-Peterburgdan professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni Universitetning Toshkent filiali ishiga jalb qilishni rejalashtirganmiz", - deydi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.

Keyingi uchrashuvlarda tomonlar fakultetlarning to‘liq ro‘yxatini shakllantirishni, shuningdek, bakalavr va magistratura dasturlarini ishlab chiqishni rejalashtirib olishdi.

A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti – Rossiyagi eng yirik pedagogik universitet bo‘lib, 1797-yilda tashkil etilgan. Universitet 30 dan ortiq mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavr va magistrlarni tayyorlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda MGIMOning filiali rasman ochilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0