Muhabbat, mavqe va dardni yengish: Rossiyada ta’lim olish yoshlarga nima beradi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishXIX Vsemirniy festival molodeji i studentov. Den patiy
XIX Vsemirniy festival molodeji i studentov. Den patiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH va Gruziyadan kelgan talabalar Sputnik nashriga Rossiyada olingan ta’lim ularga qanday qilib o‘z ishlarini yo‘lga qo‘yishga, munosabat qurishga, dahshatli tashxisni yengishga va kimlarningdir hayotini COVID-19 dan saqlab qolishga yordam bergani haqida so‘zlab berishdi.

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Danara Kurmanova. Mana o‘ttiz yildirki Rossiyada 27-iyun Yoshlar kuni sifatida nishonlanadi. Lekin Rossiya yoshlari bu nafaqat rossiyaliklardir. Ilm-fan va oliy ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda 297 ming nafar xorijlik tahsil oladi.

Sardor Sodiqov: “Rossiyada o‘qiyman – O‘zbekistonda esa ilm-fanni rivojlantiraman”

Sardor Sodiqov O‘zbekistondan – Oliy iqtisodiyot maktabining faxri, axir u qo‘lga kiritmagan grant yoki stipendiyaning o‘zi deyarli yo‘q.

“Men ilmiy faoliyat uchun stipendiya, Jaguar Land Rover᾽dan Game Changer stipendiyasi, Oksford stipendiyasi va prezident stidendiyasini olar edim”, - deya birma-bir sanaydi Sardor.

Shu bilan birga, u samimona ushbu g‘alabalarda hech qanday misli ko‘rilmagan narsa yo‘q deb hisoblaydi.

“Men bu yerga o‘qishga kelganman-ku, - deydi u.  – Bularning barchasini qo‘ldan chiqarish ahmoqlik bo‘lgan bo‘lar edi. Oliygohda ispan tilini o‘rganish imkoniyati ham bor edi. O‘z o‘zidan ma’lumki, men undan foydalandim”.

© Iz lichnogo arxiva Sardora SodikovaSardor Sodikov
Muhabbat, mavqe va dardni yengish: Rossiyada ta’lim olish yoshlarga nima beradi - Sputnik O‘zbekiston
Sardor Sodikov

Hozir Sardor aspiranturada tahsil oladi. Bir vaqtlar u ilmiy faoliyat va ishni birga olib borishni uddasidan chiqqan edi (Sardor makroiqtisodiyotdan ingliz tilida dars bergan), biroq kunlardn bir kuni unga “limfoma” tashxisini qo‘yishdi.

“Tushkunlik va ruhiy siqilish holati menda yo‘q edi, - deya tan oladi Sardor. – Har bir insonning, albatta, o‘z psixologiyasi bor. Lekin mening biror narsaga chalg‘ishim oson edi. Men tadqiqo loyihasini yoza boshladim, bu menga kuch-quvvatlar bag‘ishlardi”.

Sardorning strategiyasi ish berdi – u tuzalib ketdi va hozir O‘zbekistonda plyaj voleyboli assotsiatsiyasini tashkil etish loyihasi ustida ishlamoqda. Uning g‘oyasiga Butunrossiya voleybol federatsiyasi allaqachon qiziqish bildirgan. Bundan tashqari, Sardor Sodiqov Markaziy Osiyo iqtisodiy jarayonlarini o‘rganmoqda va yurtida yordam beradigan tajriba orttirish o‘qishining asosiy ma’nosi deb hisoblaydi.

Zayniddin Abdulqosimov: “Rossiyada tibbiyotga bo‘lgan qiziqishim yanada ortdi”

Zayniddin Abdulqosimov Rossiyaga Qirg‘izistondan kelgan. Bugun u Boshqordiston davlat tibbiyot universitetining eng yaxshi bitiruvchilaridan biridir. U uzoqdan kelganlarga ba’zan yangi mamlakatda ko‘nishish qiyin bo‘lishi juda yaxshi tushunardi, tibbiyot fakultetida o‘qishni aytmasa ham bo‘ladi. Shu bois Zayniddin talabalarga yordam berishga qaror qilib, “Odam anatomiyasi” to‘garagida dars bera boshladi.

“Tibbiyot oliygohida ma’lumot hajmi hamisha katta, - deydi u. – Ayrim talabalar qiynalishadi, biz ularga qo‘shimcha nazariyani tushuntiradim, nusxalarda amaliyotni o‘zlashtirishlarida yordam beramiz”.

© Iz lichnogo arxiva Zayniddina AbdulkasimovaZayniddin Abdulkasimov
Muhabbat, mavqe va dardni yengish: Rossiyada ta’lim olish yoshlarga nima beradi - Sputnik O‘zbekiston
Zayniddin Abdulkasimov

Rossiyada COVID-19 pandemiyasi eng avj olgan pallada Zaynidddin Ufa koronavirus kasalxonasiga yordam berishga yo‘l oldi. Lekin o‘zining aytishicha, bunda hech qanday qahramonlik yo‘q. Zero u bo‘lajak shifokor.

“Albatta, biroz qo‘rqinchli edi, - deydi Zayniddin. – Sen o‘z sog‘lig‘ingni xavf ostiga qo‘yishingni tushunasan axir. Shaxsiy himoya kostumida olti soatlab ishlab darhaqiqat dushvor”.

Shu bilan birga, u ishning ko‘ngilsiz jarayoni ahil jamoa va asosan sog‘ayib ketgan bemorlar bilan to‘ldirilgan. Zayniddin uni eng ko‘p uni 70 yoshli bemor erkak hayron qoldirganini eslaydi: “Uning ahvoli og‘ir edi, jonlantirish bo‘limga o‘tkazildi... lekin u hazil qilardi. Haqiqatdan ham, ko‘p narsa kayfiyatga bog‘liq. U arang xalos bo‘lib chiqdi, uni terapiyaga o‘tkazishdi”.

© Iz lichnogo arxiva Zayniddina AbdulkasimovaZayniddin Abdulkasimov
Muhabbat, mavqe va dardni yengish: Rossiyada ta’lim olish yoshlarga nima beradi - Sputnik O‘zbekiston
Zayniddin Abdulkasimov

Zayniddin bo‘lajak kasbga qiziqish universitetga juda bog‘liqligini ta’kidlaydi. “Men bularning barchasini yozishlaringni istayman, - deydi u. – Men ustozlarimdan minnatdorman. Ular mening tibbiyotga bo‘lgan muhabbatim yanada kuchliroq bo‘lishi uchun barchanisi bajarishdi”.

Zare Gevorkan: “Armanistonni yaxshi tomondan ko‘rsatishni xohlayman”

Zare Gevorkan ham koronavirus bemorlarini qutqargan – faqat Moskvada, Miya va neyrotexnologiya federal markazida. Zare N.Yu. Pirogov nomidagi tibbiyot universitetining shifokorlarga COVID-19 ga qarshi kurashish uchun yordam berishga qaror qilgan birinchi talabalardandir. U Miya markazidagi har bir ish kunini hazil tariqasida “begonalashish hududi” deb atardi.

“Eng mushkili seni nima kutib turganini bilmaslik edi – deydi u. – Kasal yangi, sen kostumni kiyib, jonlantirish bo‘limiga kirasan. Navbatdagi bemorni sun’iy nafas oldirish apparatidan olganingda barcha ko‘zga ko‘ringan qiyinchiliklar yo‘qoladi, chunki sen nafaqat uning hayotini saqlab qolding – sen uni oilasiga qaytarding. Eng asosiysi – bu ko‘pchilikning mehnati, siz buni birgalikda, yelkama-yelka turib qildingiz. Kasalxona rahbariyati biz haqimizda juda qayg‘urdi”.

Koronavirus bemorlariga yordam berish Zare uchun birinchi jiddiy tibbiyot amaliyoti emas. U uch yil Rossiya jarrohlik ilmiy markazida buyrak ko‘chirib o‘tkazish bo‘limida tibbiyot xodimi sifatida ishlagan.

© Iz lichnogo arxiva Zare GevorkanZare Gevorkan
Muhabbat, mavqe va dardni yengish: Rossiyada ta’lim olish yoshlarga nima beradi - Sputnik O‘zbekiston
Zare Gevorkan

“U yerda bemorlar og‘ir edi, har holda tanadagi buyrak boshqaniki, - deydi u. Ular kasalxonada uzoq muddat qolishadi, natijada ularning har biriga yaqin kishing sifatida muomalada bo‘lasan”. Ular uchun har kun – kurash. Bir bemor bor edi – u uch yil buyrak o‘tkazish uchun navbatda turdi va buning uddasidan chiqdi. Bu jasorat. Biz hozirgacha yozishib turamiz”.

© Iz lichnogo arxiva Zare GevorkanZare Gevorkan
Muhabbat, mavqe va dardni yengish: Rossiyada ta’lim olish yoshlarga nima beradi - Sputnik O‘zbekiston
Zare Gevorkan

Zare terapevt bo‘lgan onasi sabab shifokor bo‘lishga qaror qilgan. Shu bois bir kursdan o‘qishga jiddiyo yondashgan. Olti yil mobaynida konferensiyalarda ishtirok etgan, ilmiy maqola yozgan, tashxis qo‘yish va jarrohlik tibbiyoti bo‘yicha olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Ushbu barcha sa’y-harakatlarning natijasi – Moskva hukumatining stipendiyasi va qizil diplom. Shu bilan birga, Zare universitetdagi arman vatandoshlar uyushmasiga rahbarlik qiladi va ta’kidlaydiki:

“Vaqt hamisha yetadi, hatto tibbiyot oliygohidagi o‘qish davomida, shunchaki uni to‘g‘ri taqsimlash lozim. Menga jamoat faoliyati yoqadi.  Bir yil bir marotaba universitetdagi xalqlar festivalida ishtirok etamiz – konsert uyushtiramiz, odamlarni oshxonamiz taomlari bilan tanishtiramiz. Armanistonni yaxshi tomondan ko‘rsatishni xohlaymiz”.

Viktoriya Gvetadze: “Haqiqiy gruzinlar singari men hatto dissertatsiyani vino haqida yozapman”

Viktoriya Gvetadze maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq Rossiya xalqlar do‘stligi universitetida o‘qishni orzu qilardi va o‘z maqsadiga erishish uchun barcha ishni qildi – budjetga topshirdi va fransuz tilini o‘rgandi. Axir u yarim yillik tahsil Fransiyada o‘tishi ko‘zda tutilgan dasturni tanlagan edi.

“Darhaqiqat mening talabalik davrim mazmunga boy bo‘ldi, - deydi Viktoriya. – Konferensiyalar, Rossotrudnichestvo tadbirlari, Gorchakov fondining do‘stlar klubi, men gruzin vatandoshlari uyushmasi boshlig‘i va prezidenti ham edim”.

© Iz lichnogo arxiva Viktorii GvetadzeViktoriya Gvetadze
Muhabbat, mavqe va dardni yengish: Rossiyada ta’lim olish yoshlarga nima beradi - Sputnik O‘zbekiston
Viktoriya Gvetadze

Uyushmaga rahbarlik qilib, Viktoriya ona diyorini nafaqat universitet, balki uning tashqarisida ham mashhur qilishga bel bog‘ladi. U universitetda gruzin musiqalari konsertlari, VDNXda gruzin madaniyati ko‘rgazmalari va Moskva millatlar uyida “Gruziyani tanib olamiz” zakovatli o‘yinini tashkillashtirgan.

“Gruziyaning sehri shundaki, uni sevmaslikning iloji yo‘q,  - deya fikrlari bilan o‘rtoqlashadi u. Shuning uchun tadbirlarimizda hamisha boshqa millat vakillari ishtirok etishardi. Bir kuni xospisda chiqish qildik, raqsga tushdik, shunday ta’sir holat yuz berdi – oldimga bir buvi kelib, quchib oldi va dedi: Rahmat, quvonchdan kuchimga kuch qo‘shildi”. Endi men qachondir o‘zimning xayriya fondimni tashkillashtirishni orzu qilyapman”.

Hozircha Viktoriya Rossiya-Gruziya munosabatlarini tiklash fondida ishlamoqda va nomzodlik dissertatsiyasini yozmoqda. Uning kulib aytishicha, u gruzin va shu bois dissertatsiyasi vinoga bag‘ishlangan.

“Iqtisodchiman, vinoning jahon bozorida siljishiga oid mavzuni o‘rganmoqdaman, albatta, tadqiqotimda Gruziya misoli ham keltirilgan, - deydi u. – Umaman olganda, hozirgacha o‘qimoqdaman. Aytgancha, tahsil davomida men umr yo‘ldoshim bilan tanishganman – bu gruzin diasporasi tadbirida sodir bo‘lgandi. Qisqasi, hammasiga erishdim, o‘qishga kirganimdan afsuslanmayman!”

Adil Yermek: “Men eng qiyin masalalarni yechaman, chunki Rossiya ta’limi meni tobladi”

Qozog‘istonlik Adil Yermek MMFI Milliy tadqiqot yadro universitetiga turli olimpiada va tanlovlarda qo‘lga kiritgan g‘alabasi evaziga osonlik bilan kirishi mumkin edi. Biroq Adil qiyin yo‘lni tanladi – hamma singari kirish imtihonlarini topshirishga qaror qildi.

“Gap shundaki, men loyihalash fakultetiga kirishim mumkin edi, - deya tushuntiradi u. – Men esa fizika fakultetiga hujjat topshirmoqchi edim. Bolaligimdan muhandis bo‘lishni orzu qilaman.”

Adil fizikani aynan Moskvada o‘rganishni xohladi  - bu ham bolalikdagi orzusi.

“Rossiyadagi ta’lim mansab pog‘onasi uchun kuchli asos yaratadi, - deydi u. – MMFIda o‘qish jarayoni qiyin. Lekin oliygoh menga eng qiyin masala va vazifalarni hal qilishga o‘rgatdi. Men o‘z maqsadimga erishishimni bilaman, chunki universitet meni tobladi”.

© Iz lichnogo arxiva Adilya YermekaAdil Yermek
Muhabbat, mavqe va dardni yengish: Rossiyada ta’lim olish yoshlarga nima beradi - Sputnik O‘zbekiston
Adil Yermek

Adil nima deyayotgani biladi: birinchi kursligidayoq u Fizika bo‘yicha butunrosssiya olimpiadasida g‘olib bo‘ldi. Hozir esa o‘zi saboq bermoqda. Bir necha yil oldin Adil ta’lim portalini yaratdi. U yerda bolalarga onlayn fizika va matematikadan dars beriladi. Maktabining geografiyasi Rossiya, Qozog‘iston, AQSh va Fransiyani o‘z ichiga oladi.

“Bir kuni menga atiraulik bola uni Novosibirskdagi o‘qishga tayyorlashni so‘rab xat yozdi, bunga o‘xshash misollar ko‘p, - deya hikoya qiladi Adil. – Ba’zan maxsus maktab kirmoqchi bo‘lgan oltinchi sinf o‘quvchilar yozadi. Men esa ularning imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligini tushunishlarini xohlayman. Albatta, o‘quvchilarim o‘zlari istagan maktab va universitetga kirishganda xursand bo‘laman. Men uchun bu mehnatim zoe ketmaganligini bildiruvchi ko‘rsatgich. Shu bilan birga, men ularga hamisha aytaman: bu sizning mehnat mahsulingiz, mening vazifam faqat to‘g‘ri yo‘naltirish”.

Samira Mustafayeva: “Ozarbayjonlik bo‘lish – demak, bag‘rikeng inson bo‘lishdir”

Taniqli rossiyalik va ozarbayjonlik gimnastikachi Samira Mustafayeva u unchalik intizomli qizaloq bo‘lmaganini eslaydi.

“Foidali taom o‘rniga mening shirinlik tanlardim, murabbiylarning gapiga quloq solmasdim”, - deya eslaydi u. Biroq yillar davomidagi mashg‘ulotlar o‘z samarasini berdi. Hozir Samira jahon chempionatining bir necha sovrindori, P.F. Lesgaft nomidagi jismoniy tarbiya universiteti bitiruvchisi va fitnes-studiya asoschisi.

© Iz lichnogo arxiva Samiri MustafayevoySamira Mustafayeva
Muhabbat, mavqe va dardni yengish: Rossiyada ta’lim olish yoshlarga nima beradi - Sputnik O‘zbekiston
Samira Mustafayeva

Boshqa ko‘plab kompaniyalardan farqli o‘laroq, Samira tarmog‘i pandemiya tufayli yuzaga kelgan inqirozga dosh berdi. Uning ishonchi komilki, biznesini saqlab qolishga Rossiya va Ozarbayjondagi sport sohasidagi o‘tmishi ko‘mak berdi. “Katta sportdan men darhol katta biznesga kirib ketdim, - deydi u. – Men har bir vaziyatga moslashishga odatlandim. Shunday ekan o‘zini o‘zi yakkalash vaqtida darhol onlayn faollikni yo‘lga qo‘ydik. Sportda, hatto yakka holatda chiqish qilayotgan bo‘lsang ham, sening ortingda sport turadi. Sening g‘alabang – ularning ham g‘alabasi, shuning uchun men uchun muhim edi”.

Gurdofarid Sangin: “Men Tojikiston haqidagi stereotiplarni yo‘qqa chiqaraman”

Gurdofaridning naql qilishicha, u Sankt-Peterburgga to‘qqizinchi sinfda kelganida tom ma’no unga oshiq bo‘lgan. Keyin o‘ziga so‘z bergan: bir kuni albatta shu yerda o‘qiyman.

“Maqsadim shu tariqa paydo bo‘ldi, - deydi u. – Men ko‘plab olimpiadalarda ishtirok etdim, hatto Xo‘jand meri stipendiyasiga ega chiqqan edim. Mana men Rossotrudnichestvo dasturi bilan Mechnikov nomidagi Shimoliy-g‘arbiy davlat tibbiyot universitetiga kirishga musharraf bo‘ldim”.

© Iz lichnogo arxiva Gurdofarid SanginGurdofarid Sangin
Muhabbat, mavqe va dardni yengish: Rossiyada ta’lim olish yoshlarga nima beradi - Sputnik O‘zbekiston
Gurdofarid Sangin

Gurdofarid bir yildan buyon be yerda tahsil olmoqda, biroq Tojikiston haqidagi qator stereotipolarni yo‘qqa chiqarishga ulgurgan. Ko‘pincha odamlarni uning sof rus tilda so‘zlashi va ilmiy faoliyati hayron qoldiradi. Gap shundaki, u Sirdaryo darosini tozalashga oid loyihani ishlab chiqqan va sohilda topilgan chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha aksiyani tashkil etgan. Hozir Gurgofarid – Tojikiston ilm-fanining kichik akademiyasi a’zosi.

© Iz lichnogo arxiva Gurdofarid SanginGurdofarid Sangin
Muhabbat, mavqe va dardni yengish: Rossiyada ta’lim olish yoshlarga nima beradi - Sputnik O‘zbekiston
Gurdofarid Sangin

“Bir kuni menga aytishdi: Eh, sen doimo o‘qiysan va shunchalik ruscha gapirasan. Biz tojiklar asosan qurilishda ishlaydi deb o‘ylardik”, - deya hikoya qiladi u. – Lekin men xafa bo‘lmadim. Mening xulq-atvorim boshqacha: odamlarni tojik taomlari bilan mehmon qilaman. Universitetda esa hatta bizning an’anamiz paydo bo‘ldi – ko‘p millatchi guruh, birgalikda bayramlarni nishonlaymiz, bir birimizga raqs, jumladan, tojik raqslarini o‘rgatamiz. Shablonlarni yo‘qqa chiqarish shunday davom etadi”

Yangiliklar lentasi
0