Iroq parlamenti mamlakatdan xorijiy harbiylarni olib chiqilishi uchun ovoz berdi

© Foto : U.S. Marine Corps / Sgt. Kyle TalbotAmerikanskiy morskoy pexotines na territorii posolstva SShA v Bagdade, Irak. 4-yanvarya 2019
Amerikanskiy morskoy pexotines na territorii posolstva SShA v Bagdade, Irak. 4-yanvarya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iroq parlamenti "Islom davlati"ga qarshi kurash to‘g‘risidagi koalitsiya bitimini bekor qilish va mamlakatdan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqilishiga ovoz berdi.

TOShKENT, 5 yanv – Sputnik. Iroq parlamenti "Islom davlati"*ga qarshi kurash koalitsiya bitimini bekor qilish va mamlakatdan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqilishiga ovoz berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Uchastniki antiamerikanskoy demonstratsii v Tegerane, Iran - Sputnik O‘zbekiston
Eron general Sulaymoniyning o‘ldirilishi yuzasidan BMTga murojaat qildi

Bundan avval bundan taklif bilan Iroq Respublikasi bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Odil Abdul Mahdi chiqish qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu AQSh va boshqa davlatlar bilan munosabatlarni qayta isloh qilish, shuningdek suverenitetni hurmat qilish va ichki ishlarga aralashmaslik asosida do‘stona munosabatlarni saqlashga yordam beradi.

Bundan avval AQSh koalitsiyasi Iroqda harbiy o‘quv mashg‘ulotlarni to‘xtatgandi.

Iroqdagi namoyishlar va Sulaymoniy o‘ldirilishi

Bag‘dodda 31-dekabr kuni, namoyishchilar AQSh elchixonasini shturm qilishga harakat qilganda vaziyat keskinlashdi. AQSh dronlari zarbasi oqibatida halok bo‘lganlar - “Kataib Hezbollah” shia guruhi a’zolarining dafn etish marosimidan so‘ng norozilik aksiyasi boshlandi. Harbiylar ko‘zni achituvchi gazni qo‘lladi, birinchi yanvar kuni hujumlar to‘xtadi.

Iroq prezidenti Barham Solih namoyishchilarning AQSh elchixonasiga qilgan hujumlarini qoraladi va bunday harakatlarni “Iroqning o‘z suverenitetiga hujum” deb atadi.

Uchastniki antiamerikanskoy demonstratsii v Tegerane, Iran - Sputnik O‘zbekiston
Eron general Sulaymoniyning o‘ldirilishi yuzasidan BMTga murojaat qildi

3 yanvar kuni “Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni, general Qosim Sulaymoniy hamda Iroqdagi shia harbiy guruhlari qo‘mondoni Abu Mahdiy al-Muhandis Bag‘doddagi xalqaro aeroport yaqinida amerikalik harbiylarning raketa zarbasi oqibatida halok bo‘ldi.

Vashington Sulaymoniyni AQShning Iroqdagi elchixonasi va koalatsiya bazasiga uyushtirilgan hujumlarga aloqador deb hisoblamoqda.

Iroq Tashqi ishlar vazirligi general Sulaymoniyga qarshi operatsiyani mamlakat suverenitetini buzish deb baholadi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.

Yangiliklar lentasi
0