Suriya va Iroq ayrim tumanlarida “IShID” avvalgidan kuchliroq bo‘ldi – Pompeo

© AP Photo / Militant website via AP, FileBoyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL)
Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh davlat bosh kotibi IShID Suriya va Iroqning ayrim tumanlarida kuchayib ketganligini aytdi.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. AQSh davlat bosh kotibi Mayk Pompeo “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi jangarlari Iroq va Suriyaning ayrim tumanlarida 3-4 yil avvalgidan kuchliroq bo‘lishgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Lider gruppirovki Islamskoe gosudarstvo Abu Bakra al-Bagdadi  - Sputnik O‘zbekiston
Iroq razvedkasi al-Bag‘dodiyga yaqin bo‘lgan “harbiy amir”ni zararsizlantirdi

“Bu qiyin. Bugungi kunda ID uch yoki to‘rt yil avvalgidan kuchliroq bo‘lgan hududlar mavjud, biroq xalifalik yo‘q, tashqi hujum qobiliyati sezilarli darajada pasaydi, biz bu tahdidni to‘liq emas, balki ma’lum darajada kamaytirdik”, - dedi Pompeo.

AQSh va uning ittifoqdoshlari 2014-yildan beri Suriya va Iroqda “ID” terrorchilik uyushmasiga qarshi operatsiya amalga oshirmoqda, Suriyada mamlakat hukumati rasmiy ruxsatisiz harakat qilmoqda.

O‘tgan yilning dekabrda AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqilishini aytgandi, ularning umumiy soni ikki ming askarni tashkil etadi.

Keyinchalik Vashington 400 yaqin harbiy mamlakatda qolishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Tramp bir necha bor Suriya va Iroqda “Islom davlati xalifaligi” to‘liq tor-mor etilganini aytgandi.  

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0