TOShKENT, 13 sen – Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama Filadelfiyada Xillari Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husaynning reytingini qiyosladi, deb xabar beradi RIA Novosti.
U Russia Todayga intervyu berish chog‘ida AQShning hozirgi prezidenti ojiz yetakchi ekanligini, Vladimir Putinning reytingi 92 foizligini aytgan Donald Trampga shu tarzda javob qaytardi.
"U Putinni 92% aholi qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Saddam Husaynda bu ko‘rsatkich 90% edi", — dedi Obama.
"Respublikachilar partiyasiga nimadir bo‘lyapti. Ularning nomzodi hozir bu kishini kichik davlatlarga bostirib kirgani, o‘z muxoliflarini qamagani, matbuotni nazorat qilgani, davlati iqtisodiyotini inqirozga olib borayotgani uchun uni kuchli yetakchi deb hisoblamoqda", —deya bayonot berdi Obama.