AQSh sudi 11-sentabr teraktlari uchun Erondan 10 mlrd $ talab qilmoqda

© Sputnik / Igor Mixalev / Mediabankka o‘tishNyu Yorkda egizak binolar o‘rnida qurilish
Nyu Yorkda egizak binolar o‘rnida qurilish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nyu York sudi, Eron o‘zining terrorchilarga daxlsizligini isbotlay olmagani uchun, AQSh fuqarolari va sug‘urta kompaniyalariga 10,5 mlrd $ tovon puli to‘lashi haqida hukm chiqardi.

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Amerikalik sudya, 2001-yilning 11-sentabrida bo‘lib o‘tgan teraktda zarar ko‘rgan AQSh fuqarolari va sug‘urta kompaniyalariga 10,5 mlrd $ tovon puli to‘lashi haqida hukm chiqardi, RIA Novosti Blumberg xabari asosida. 

Nyu Yorkning federal sudasi Jorj Deniyels (George Daniels), chorshanba kuni 11-sentabrda Umumjahon Savdo markazi va Pentagonda bo‘lib o‘tgan teraktlarida zarar ko‘rgan fuqarolar qarindoshlariga  Eron 7,5 milliard va AQSh sug‘urta kompaniyalariga 3 milliard dollar tovon puli to‘lashi haqida hukm chiqardi.

Sudya Deniyelsning fikriga ko‘ra, Eron 11-sentabr teraktlari tashkilotchilariga yordam bermaganligini tasdiqlay olmagan. Shuning uchun Eron hukumati yetkizilgan zarar uchun qisman aybdor.

Eslatib o‘tamiz, AQSh rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, “Al-Qoida” terrorchi tashkilot xudkush jangarilari 2001-yil 11-sentabrida to‘rt yo‘lovchi samolyotini egallab olib, ularni Nyu Yorkdagi Umujahon savdo markazi egizak binolari va Pentagon tomon yo‘naltirgan. Uyushtirilgan teraktlar natijasida 2974 kishi qurbon bo‘lgan. Ushbu teraktdan keyin AQSh “Al-Qoida”ga qarshi kurash uchun Afg‘oniston hududiga o‘z qo‘shinlarini kiritgan edi.

Yangiliklar lentasi
0