Kolumnistlar

Ukraina noqulay pozaga turdi

© CC BY 4.0 / Administratsiya Prezidenta Ukrainы Prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy vo vremya vizita v Donbass
Prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy vo vremya vizita v Donbass - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Vladimir Zelenskiy ancha davom etgan tanaffusdan soʻng Vladimir Putinga qoʻngʻiroq qildi. Tomonlar yetakchilar tomonidan 2019 yil 9 dekabrda "normand formati" doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Sergey Levchenko. Vladimir Zelenskiy uzoq tanaffusdan keyin Vladimir Putinga qoʻngʻiroq qildi. Tomonlar yetakchilar 2019 yil 9 dekabrda "normand formati" doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar, shuningdek, muloqot guruhi doirasida Donbassda oʻt ochishni toʻliq toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishilganini mamnuniyat bilan olqishladilar - bu maʼlumot har ikki prezident saytlarida joylashtirilgan.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Frantsiyu  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Zelenskiy Putin bilan muzokaralari haqida gapirdi

Qolgan holatlarda aktsentlar farq qiladi.

Ukraina prezidenti saytida asosiy eʼtibor Zelenskiy uchun anʼanaviy boʻlib qolgan, ushlab turilgan shaxslarni oʻzaro almashish mavzusiga qaratilgan. Va kutilmaganda, Ukraina Konstitutsiyasiga oʻzgartish kiritishni koʻzda tutuvchi Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi ayrim hududlarda aksilmarkazlashtirish va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishning maxsus tartibi toʻgʻrisidagi qonun loyihalari (negadir qonun deb atalgan) muhokamasi eslatib oʻtilgan.

Kreml saytida esa 15 iyul kuni Oliy Rada tomonidan qabul qilingan 2020 yilda mahalliy saylovlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Minsk kelishuvlariga zidligi va nizolarni bartaraf etish istiqbollarini xavf ostiga qoʻyayotganiga urgʻu berilgan. Hamda yaqinda Ukrainaning yuqori lavozimdagi rasmiy shaxslari tomonidan kelishuvlarni qayta koʻrib chiqish zarurligi haqida aytilgan bayonotlar yuzasidan tashvishlar bildirilgan.

Inauguratsiya izbrannogo prezidenta Ukrainы V. Zelenskogo - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
SSSR uchun tavba qildi. Zelenskiy Polshada nimani oʻz zimmasiga oldi

Agar bayonotlar shunchaki gap boʻlsa (Ukraina hukumati vakillari qariyb olti yildan beri bir-biriga zid bayonotlar bilan chiqishmoqda), ammo Radaning "Minsk" kelishuviga zid boʻlgan qarori bekor qilinishi amalga oshmaydigan ishdek koʻrinmoqda. Ayniqsa, urush partiyasi Zelenskiyni hatto oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha navbatdagi kelishuvni imzolagani uchun ham "xiyonat"da ayblayotgan bir sharoitda.

Shunisi eʼtiborga molikki, oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuv ham, Vladimir Putinga qoʻngʻiroq ham, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Vladimir Zelenskiyga ochiq murojaatidan bir necha kun oʻtgach roʻy berdi. Zelenskiy oʻz hayotidan qoʻrquvga tushdi deyish nooʻrin. Shunchaki, uning atrofidagilar ushbu murojaatni Rossiya kelishib boʻlmas Ukraina hukumati bilan munosabatlarning yangi formatiga oʻtishga tayyorligi haqida ochiq signal sifatida toʻgʻri qabul qilishganga oʻxshaydi. Shu bilan birga, agar "Minsk rejalari" 2020 yil oxirigacha bajarilmasa, "B rejasi"ga oʻtish bilan mubolagʻa qilgan Zelenskiyda albatta, boshqa muqobil reja yoʻq va umuman boʻlmagan ham.

Peregovorы liderov Rossii, Germanii, Frantsii i Ukrainы v Minske - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Minsk kelishuvlarining 5 yilligi - Ukraina, Gʻarb va Rossiya nimalarga erishdi?

Qolaversa shu paytda Zelenskiy reytingini saqlab qolish boʻyicha "xas"lardan biri - "Normand formati" yetakchilar uchrashuvi ham ish bermay qoʻydi. Oxirgi uchrashuv qarorlarini bajarmay turib, bunday urashuvdan nafaqat Rossiya qatʼiyan voz kechdi, uni oʻtkazish gʻoyasi Berlin va Parij tomonidan ham unchalik qoʻllab-quvvatlanmadi.

Reytingini yoʻqotayotgan Zelenskiy uchun esa oktyabr oyidagi mahalliy saylovlar arafasidagi ushbu uchrashuv juda muhimdir.

Ukraina hukumatining oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha namoyishkorona, ammo qaytarsa boʻladigan qadamlari, yuqorida eslatib oʻtilgan qonun loyihalar muhokamasi tabiati aynan shu bilan ifodalanadi.

Biroq, 15 iyul kuni Oliy Rada tomonidan tasdiqlangan va mamlakatdagi mahalliy saylovlar 2020 yil 25 oktyabrga rejalashtirilganligini nazarda tutuvchi farmon, ayni paytda qaytarib boʻlmaydigan qarorga oʻxshaydi - u 326ta ovoz bilan konstitutsiyaviy koʻpchilik tomonidan qabul qilindi.

Prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Normand" sammiti boʻlib oʻtdi. Zelenskiy endi nima qiladi?

Ushbu hujjatga koʻra, mahalliy kengashlar deputatlari va qishloq, posyolka, shahar rahbarlarining saylovlari 25 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi, ammo: "qarorning 2 va 3-bandlarida koʻrsatilganlardan tashqari".

Qarorning yuqorida aytib oʻtilgan bandlari esa "Qrim Avtonom Respublikasining vaqtincha egallab olingan hududlarida, Sevastopol shahrida, Donetsk va Lugansk viloyatlarining ayrim tumanlari, shaharlari, posyolka va qishloqlarida bu kabi saylovlar tayinlanmaydi yoki oʻtkazilmasligi" koʻrsatib oʻtilgan.

4-bandda esa Qrimda va nazoratsiz Donbassda saylovlar oʻtkazilishi kerak boʻlgan beshta shart belgilanadi:

- Rossiya Federatsiyasi tomonidan Ukrainani vaqtincha okkupatsiyasi va harbiy agressiyasini tugatish, xususan: Rossiya Federatsiyasi tomonidan boshqariladigan, nazorat qilinadigan va moliyalashtirilgan noqonuniy qurolli tuzilmalarni, Rossiya okkupatsion qoʻshinlari, ularning harbiy texnikalarini Ukraina hududidan olib chiqish;

Berlinda oʻtkazilgan normand toʻrtligiga aʼzo mamlakatlar rahbarlari uchrashuvi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Peskov "Normand toʻrtligi" qaysi tillarda muloqot qilishini aytdi

- Ukraina davlat chegarasi ustidan toʻliq nazoratni tiklash;

- Ukrainaning vaqtincha egallab olingan hududlarida faoliyat yuritayotgan barcha noqonuniy qurolli guruhlarni va yollanma jangchilarni qurolsizlantirish;

- Ukrainaning vaqtincha egallab olingan hududlarida konstitutsiyaviy tuzum va huquqiy tartibotni tiklash;

- tegishli hududlarda istiqomat qiluvchi Ukraina fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash, OBSE saylov standartlariga rioya qilish uchun imkoniyatlar yaratish.

Albatta, Qrimga nisbatan, bu shartlar mantraga oʻxshaydi va "Minsk-2"ga hech qanday aloqasi yoʻq. Ammo Donetsk va Lugansk viloyatlarining nazoratsiz hududlari borasida, "Minsk-2" doirasida Ukraina oʻz zimmasiga olgan majburiyatlariga zidligini sezmaslik juda qiyin.

Mixail Saakashvili - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Saakashvili Ukraina beshta davlatga parchalanib ketishini bashorat qildi

Bitimlar imzolanganiga besh yarim yil boʻldi va ehtimol hatto kar-koʻrlarga ham ularning asosiy qoidalarini va tomonlarning harakatlari ketma-ketligi ayon. Kelishuv tan olinmagan DHR va LHR hududlarida saylovlardan oldin qurolli tuzilmalarni tarqatib yuborish va qurolsizlantirishni nazarda tutmaydi. Chegara ustidan nazorat Ukraina tomoniga ovoz berish jarayoni tugashi va Ukraina Konstitutsiyasida hududlarning alohida maqomi mustahkamlanganidan keyin oʻtkazilishi kerak. Shundan soʻnggina Donbassdan chet el harbiy tuzilmalari, harbiy texnikalar va yollanma jangarilar olib chiqilishi kerak hamda “barcha noqonuniy guruhlarni qurolsizlantirilishi” ham amalga oshirilishi kerak.

Aslida, ushbu kelishuvlar, shu jumladan konstitutsion islohotlar, 2015 yilda amalga oshirilishi kerak edi. Prezidentlar Putin va Poroshenko oʻrtasida 2015 yil 30 aprel kuni boʻlib oʻtgan telefon suhbati yaqinda Ukrainada oshkor etilishidan shu ayon boʻladiki, Ukraina tomoni Minsk kelishuvlarini bajarishga hatto tayyorlanayotgan ham boʻlgan.

Biroq 2015 yil yozidan boshlab, Ukraina xukumatining maqsadlari - koʻrinishidan Vashingtonning ishorasi bilan - tinchlik va reintegratsiya jarayonini choʻzish va shu bilan birga Minsk kelishuvlariga rioya qilmaslik faktidan foydalanib Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kuchaytirish uchun foydalanish boʻlgan.

Va aynan 2015 yilning yozida, aniqrogʻi 17 iyulda, Ukraina Oliy Radasi birinchi bor Minsk kelishuvlariga mutlaqo zid boʻlgan rezolyutsiyani qabul qildi. 2015 yil 25 oktyabrda boʻlib oʻtadigan mahalliy saylovlarni tayinlash va oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorda saylovlarni oʻtkazish shartlari, joriy yilning 15 iyulida qabul qilingan qaror shartlari bilan bir xil.

Prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy vo vremya rabochey poyezdki v Izrail - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ukraina kabi ittifoqdosh boʻlsa, hech qanday raqibning keragi yoʻq

Ammo bu fakt na siyosatchilarning va na jurnalistlarning eʼtiborini jalb qilmadi - barcha darajalarda Ukraina va uning qonunlari bilan kelishilmagan holda LDXRda mustaqil saylovlar oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvlarga zid keladigan masalalar muhokama qilindi. Bu jarayon Ukraina yuqori lavozimli amaldorlarning oʻz majburiyatlarini bajarishga sodiqliklariga ishontirishlar va hatto kelgusi yil uchun muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi soʻrovlari fonida yuz berdi.

Oʻshandan beri ayrim narsalar oʻzgardi. Minsk kelishuvlari muddati oʻz-oʻzidan nomaʼlum boʻlib qoldi. Ukrainaning yuqori lavozimli amaldorlari garchi oʻzlari shuni istamagan holda Minsk jarayoni tarafdori ekanliklarini bildirishda davom etayotgan boʻlsalar-da, bir vaqtning oʻzida "normand toʻrtligi" ishtirokchilaridan kelishuvni qayta koʻrib chiqishni soʻrab murojaat qilishmoqda. Ular qator nizomlardan voz kechish - birinchi navbatda, chegara ustidan nazoratni topshirishni bekor qilish haqida ochiq aytishmoqda. Bitimlar oʻsha payt harbiy magʻlubiyat doirasida imzolangani haqida safsata sotishmoqda, yaʼni bu bilan negadir bugun Ukraina gʻolib-ku, deya ishora qilishmoqda.

Sostoyalsya obmen plennыmi mejdu Ukrainoy i nepriznannыmi respublikami Donbassa - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Koʻz yoshlari va quvonch: Ukraina va Donbass oʻrtasida asirlar almashinuvi

Ammo shu paytda Vladimir Putin va Angela Merkel oʻrtasida 15 iyul kuni boʻlib oʻtgan suhbat davomida Ukraina rasmiylarining Chora-tadbirlar majmuasini qayta koʻrib chiqish zaruriyati haqidagi bayonotlari deyarli birinchi marta ikkala tomonning salbiy bahosini oldi.

Mana shunday oʻzgargan sharoitlarda, Oliy Rada 2015 yilgi - Minsk kelishuvlarida koʻzda tutilmagan shartlarni tasdiqlash borasidagi finti(hiylasi)ni takrorlashga qaror qildi.

Bu safar ushbu harakat nafaqat eʼtibordan chetda qolmadi, balki Ukraina  "Minsk kelishuvlarini" buzganlik boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri ayblovlarga duch keldi. Zelenskiyning ushbu muammoni hal qilishga imkoniyati juda past boʻlgani tufayli, bundan kelib chiqmoqdagi bunday qarorning qabul qilinishi, "normand jarayoni"ning keyinchalik harakatlanishi butkul Rossiyaning yaxshi niyatiyu, Berlin va Parijning Kiyev tomonidan boʻlayotgan bunday sabotajga koʻzni yumish istagiga bogʻliq boʻladi.

Manba: RIA Novosti.

Yangiliklar lentasi
0