Ukraina kabi ittifoqdosh bo‘lsa, hech qanday raqibning keragi yo‘q

© Foto : Ofitsialniy sayt prezidenta UkrainiPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vo vremya rabochey poyezdki v Izrail
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vo vremya rabochey poyezdki v Izrail - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Osvensim (Aushvis-Birkenau) konslagerining ozod qilinganining 75-yilligiga bag‘ishlangan Polshadagi tadbirlarda qatnashdi. Bu safar hamma narsa muammosiz hal qilish uchun ko‘p harakat qildi.

“Bu safar” bahona prinsipial, chunki o‘tgan hafta Ukraina rahbari uchun omadsiz bo‘ldi.

Bularning barchasi Davosdagi Jahon iqtisodiy forumidagi muvaffaqiyatsiz nutq va Ruminiya bilan diplomatik tushunmovchilikdan boshlanib, Isroilda mutlaqo bema’nilik bilan yakunlandi.

Osvensim ozod bo‘lishining bu yillik marosimi mojaroning bir qismiga aylandi, barrikadalarning bir tomonida Polsha bo‘lgan bo‘lsa, boshqa tomonida Isroil va Rossiya. Quddusda bo‘lib o‘tgan xotira tadbirlari Polshadagi voqealariga qaraganda ancha taassurotliroq bo‘ldi.

Vstrecha prezidenta Ukraini V. Zelenskogo s predstavitelyami biznesa v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy SSSRni Ikkinchi jahon urushini boshlashda aybladi

Eng nufuzli derjavalar qarama-qarshilikka, xalqaro maydonda odat bo‘lganidek - ularning ishtirok etish maqomiga qarab o‘z munosabatlarini bildirdilar. Agar Isroilda Rossiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh juda yuqori darajada namoyish etilgan bo‘lsa, Polshada hamma narsi ancha kamtarona kechmoqda.

Shu bilan birga, ba’zi Sharqiy Yevropa davlatlari, xususan Litva, Varshava tomoniga yondashdilar. Milliy seym yahudiylar o‘ldirilgan joyda ularning xotirasini sharaflash yaxshiroq deb ta’kidladi, u yerga prezident Gitanas Nauseda ham yetib bordi.

Boltiqbo‘yi qo‘shnilarining tanlovi to‘g‘risida ko‘p narsa boricha aytish mumkin, ammo rasmiy ravishda ularning harakatlari turli xil davlatlar vakillari bunday holatlarda o‘zaro aloqada bo‘lgan diplomatik til va protokol qoidalariga to‘liq mos keladi.

Miting LDPR na Pushkinskoy ploshadi - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy yangi koronavirusni AQSh fitnasi bilan bog‘ladi

Chinni do‘konida shubhali shuhrat qozongan fil kabi o‘zini tutgan, Ukraina o‘z rahbarining xatti-harakatlari tufayli janjalning markazida bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan yagona davlat bo‘ldi.

Ma’lumki, Vladimir Zelenskiy Xolokost forumida ishtirok etish uchun Quddusga uchib keldi, ammo to‘satdan asosiy tadbirga borishdan bosh tortdi. Ukraina prezidentining bu qadami nafaqat tashkilotchilarni, balki tadbir sababchilarini ham haqorat qilganini hech qanday tushuntirishlar  tekkislay olmaydi.

Parallel ravishda Ukraina tomoni Vladimir Zelenskiyning Isroilga tashrifining asl maqsadi shu degan taassurot qoldirish uchun Vladimir Putin bilan uchrashuvi o‘tkazishni so‘raydi. Kiyev vakillari, ayniqsa, umumiy kontekstda va forumga tashrifning amalda bekor qilinishini hisobga olgan holda, Rossiya prezidentining dasturida ular uchun vaqt topilishini juda mag‘rur kutishgan.

Ukraina rahbari hech qaysi rejasini amalga oshira olmay, buning ustiga o‘zining va davlatning obro‘siga putur yetkazgan holda Isroilni tark etishga majbur bo‘ldi.

Bu barcha muvaffaqqiyatsizliklarda faqatgina Vladimir Zelenskiyni ayblash noto‘g‘ri bo‘ladi. Oldingi rahbar Petr Poroshenko ham bir necha bor xalqaro tadbirlarda noo‘rin qadamlar qo‘ygani uchun tanqid va masxaralash obyekti bo‘lib kelgan.

V Polshe razmeshen batalon NATO - Sputnik O‘zbekiston
Yevropaga tajovuz: nima uchun AQSh butun armiyani qit’aga ko‘chirmoqda

Bu faqatgina Ukrainaning muammosiga o‘xshaydi.

Shubhasiz, ushbu vaziyatning sabablaridan biri - rasmiy Kiyevning chuqur savodsizligi, tashqi siyosat aloqalari tilini, va hatto protokol qoidalarini yaxshi bilmasligi. Prezidentning nutqining ingliz tiliga rasmiy tarjimasida "noto‘g‘ri" talqin qilish imkonini beradigan muvaffaqiyatsiz fe’ldan foydalanilganligi sababli Ruminiya bilan bo‘lgan yangi janjal - buning yana bir tasdig‘idir.

Ehtimol, Vladimir Zelenskiy, Quddus forumida qatnashishdan bosh tortganini e’lon qilib, diqqatni jalb qilmoqchi bo‘ldi, va bu unga va mamlakati obro‘siga qanday ziyon yetkazishini anglamas edi.

Bundan tashqari, milliy ambitsiyalarning mavjud potensial bilan tubdan nomutanosibligi Kiyev hukumati uchun juda og‘riqli masala. Ukraina hamma joyda boshqa mamlakatlar, shu jumladan Rossiya, Isroil yoki o‘sha Polshaning kattaroq imkoniyatlarining namoyishi bilan to‘qnashmoqda. Kiyev Polsha prezidentining Quddusga borishdan bosh tortgani nima sababdan siyosiy demarshga aylanganini tushunmaydi, ammo Zelenskiyning yanada yumshoq harakati sharmandali bema’nilik sifatida qabul qilindi.

Gazoviy fakel na neftedobivayushey platforme. Mestorojdenie Sorush - Sputnik O‘zbekiston
Javob zarbasi: Eron AQSh bozorini qulatishga tayyorlanmoqda

Ukraina o‘z o‘rni global va mustaqil o‘yin olib boruvchi (va buni qanday qilishni biluvchi)  mintaqaviy kuchlarning yonida emasligini, aksincha,  Vashington yoki Brusseldan – a) to‘g‘ri o‘tir va b) jim buyruqlarini kutib o‘tiradigan ahamiyati bo‘yicha uchinchi pog‘onada turuvchi sharqiy yevropa mamlakatlari guruhida ekanligini tushunib, anglay olmayapti.

Xalqaro miqyosda xijolatli holatlarning ham sababi shunda. O‘zini iloji boricha baland ovozda e’lon qilishga harakat qilib, milliy rahbariyat qabul qilingan qoidalar, protokollar va hatto sog‘lom aql-idrokka rioya qilmasdan harakat qilmoqda. Buning o‘rniga u marginalizatsiya yangi to‘lqini va kuchayib borayotgan “munosib uylarga kirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan vahshiy mamlakat” maqomiga ega bo‘lmoqda.

Eng yomoni, bu holat Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar guruhiga soya solmoqda. Natijada, o‘z so‘zlari va xatti-harakatlariga nazoratsiz Kiyevdan uzoqlashish jarayoni qizg‘in davom etmoqda.

Shunday qilib, Vladimir Zelenskiyning Polshadagi tadbirlarida munosib va ​​yetarli darajada ishtirok etishi, garchi Ukrainani eng yuqori lavozimli amaldor sifatida ishtirok qilsa ham, Varshavaga ochkolarni ko‘paytirishdan ko‘ra, ularni pasayishiga olib keladi.

Yangiliklar lentasi
0