TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Sergey Brilev olib boradigan "Vesti v subbotu" dasturida "normand to‘rtligi" yetakchilari qaysi tillarda gaplashishini oshkor qildi.
"Rossiya prezidenti Vladimir Putin ingliz tilida Olland bilan bir necha daqiqa so‘zlasha oladi. Fransiya prezidenti esa Merkel bilan nemis tilida bemalol hazillashadi", — qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti matbuot-kotibi.
"Ollandning nemis tilini bilmaydigan yordamchilariga oson deb bo‘lmaydi, albatta", — deya qo‘shimcha qiladi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, yil davomidagi "normand to‘rtligi"ning (Rossiya, Germaniya, Ukraina, Fransiya) birinchi sammiti 20-oktabrda Berlinda bo‘lib o‘tdi. Unda Vladimir Putin, Angela Merkel, Petr Poroshenko va fransua Ollandlar bir necha soat davomida Ukraina sharqida yuz berayotgan hodisalarni muhokama qilishdi.