"Nemislarni Rossiyadan himoya qilmaymiz". AQSh Polsha bilan kimga qarshi do‘stlashmoqda

© Foto: Ivan Shilo / Facebook Prezident Polshi Andjey Duda s amerikanskim glavoy Donaldom Trampom
Prezident Polshi Andjey Duda s amerikanskim glavoy Donaldom Trampom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vashington va Varshava o‘rtasidagi yangi kelishuv mohiyati nimadan iborat - RIA Novosti materialida o‘qing.

TOShKENT, 26-iyun - Sputnik, Galiya Ibragimova. Donald Tramp karantin bekor qilinganidan keyin birinchi xorijiy mehmon - Polsha prezidenti Anjey Dudani qabul qildi. Berlinda ushbu sammitni diqqat bilan kuzatishdi: Amerika harbiylari GFRdan Polsha hududiga qachon ko‘chirilishini tushunishga harakat qilishdi. Ammo, Tramp va Duda aniq raqam va rejalarni tilga olmadilar. Vashington va Varshava o‘rtasidagi yangi kelishuv mohiyati nimadan iborat - RIA Novosti materialida o‘qing.

Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Polsha nima sababdan Rossiya gazidan mahrum bo‘ldi?

Shubhali favorit

Polsha rahbari AQShga har yili tashrif buyuradi. Kun tartibi deyarli o‘zgarmas: Tramp va Duda harbiy, energetika va iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni qanday mustahkamlash kerakligini muhokama qilishadi. Amerikaliklar an’anaga ko‘ra, polyaklarni NATOga qo‘shgan hissasi uchun olqishlashadi, ularning Rossiya energiya manbalariga qaramligini kamaytirishga va’da berishadi hamda Varshavani "Yevropadagi bebaxo hamkor", deya atashadi.

Ushbu uchrashuvning Polsha prezidenti sayloviga sanoqli kunlar qolganida o‘tgani vaziyatga qutqu solgan edi. Ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, Duda hozircha favorit, ammo karantin paytida uning reytingi tushib ketdi. Aslida ovoz berish 10-mayga rejalashtirilgan va bahorda davlat rahbarining reytingi 60 foizdan oshiq edi. Ammo hozirda uni saylovchilarning yarmidan ozrog‘i qo‘llab-quvvatlamoqda, saylovlarning ikkinchi bosqichi muqarrardir.

Otgruzka uglya v vagoni na shaxte imeni Chelyuskinsev v Doneske - Sputnik O‘zbekiston
Keyingi urush Polsha bilan bo‘ladi. Yoqilg‘i urushi

Dudaning asosiy raqibi - Varshava meri Rafal Tshaskovskiydir. Uning reytingi - 20%. Muholifatchi o‘z saylovoldi kampaniyasini "Qonun va adolat" hukmron partisiyaning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini tanqid qilish ustiga qurgan. Tshaskovskiyning ta’kidlashicha, hukumatning karantin davridagi noto‘g‘ri o‘ylangan strategiyasi tufayli bir millionga yaqin polyaklar ishsiz qoldi.

Muholifatni, shuningdek, Polsha amerikaliklar bilan yaqinlashish uchun Brussel bilan munosabatlarni buzganidan ham norozi. Endi Yevropa jamg‘armalaridan mablag‘lar olishda muammolar bo‘lishi tayin. Tshaskovskiy Dudani mustaqil fikrga ega bo‘lmagan siyosatchi deya ataydi: go‘yoki uning o‘rniga barcha qarorlarni parlamentdagi konservatorlar yetakchisi Yaroslav Kachinskiy qabul qilarmish. Prezident tanqidlarga sust munosabat bildirdi, ammo ovoz berishdan oldin o‘zini qat’iyatliroq tutdi. Reytingni oshirish uchun AQShga tashrif uyushtirdi. Ustiga-ustak yil davomida Polsha-Amerika munosabatlarida ko‘plab masalalar to‘planib qolgan.

Rossiya uchun signal

Nafaqat Varshavani, balki aksariyat Yevropa mamlakatlarini ham tashvishga soladigan asosiy mavzu - bu AQSh harbiylarining haqiqatan ham Germaniyadan Polshaga ko‘chirilishi masalasidir. Duda tashrifidan bir oz oldin AQSh prezidenti Germaniyadagi Amerika kontingenti 9,5 ming kishiga qisqarishini tasdiqladi. Tramp ba’zi bo‘linmalar qo‘shni Polshaga ko‘chirilishini istisno qilmadi, ammo Duda bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar haqida gap borgan emas. Shaxsiy uchrashuv ushbu masalaga to‘liq oydinlik kiritdi.

Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova Polsha TIV rahbarining “bahsdagi g‘alaba” haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi

"Polsha alyansning mudofaa xarajatlariga o‘z YaIMining ikki foizini yo‘naltirish va’dasini bajardi. Germaniyadagi kuchlarimiz bir qismi uyga qaytadi, bir qismi esa Yevropaning boshqa mamlakatlariga ko‘chiriladi. Ulardan biri – Polsha”, - deya xabar qildi Tramp Duda bilan uchrashuvdan keyin.

O‘z navbatida Polsha rahbari bir necha yillardan beri Amerikadan mamlakatda o‘z harbiy kontingentini kengaytirishni so‘rab kelayotganini eslatdi. Hozirda Polshaning g‘arbiy hududlarida besh mingdan ortiq amerikalik askarlar xizmat qilmoqda. Ammo Vashington va Varshava buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki NATO bloki orqali reglamentga soladi.

Duda AQShning doimiy bazasi yaratilishini qo‘llab-quvvatlab, uni Fort Tramp deya atashga va’da qilib keladi. Amerikaliklar hali aniq javob bergani yo‘q. Ularni Polsha siyosatchilarining Rossiya Kaliningrad viloyatida "Iskander" raketalarini joylashtiradi degan havotiri ham ishontirmayapti. Vashingtonning fikricha, shunday ssenariy amalga oshgan taqdirda ham, alyansning Yevropadagi kuchlari yetarli bo‘ladi.

O‘tgan yili Duda va Tramp murosaga kelishdi: Vashington Yevropadagi kontingentni ming kishiga ko‘paytirish va’dasini berdi. Endi prezidentlar Varshava yana ming nafar amerikalik harbiyni qabul qilishiga kelishdilar.

Tramp ushbu umumiy qarorga: "Polshaga ko‘chib o‘tish qarori Yevropa siyosatiga ta’sir o‘tkazishga harakat qilayotgan Rossiya uchun signaldir", - deya izoh berdi.

Prezident Polshi Andjey Duda - Sputnik O‘zbekiston
Polsha prezidenti Rossiyani NATO dushmani deb atashdan bosh tortdi

Nemislar aybdor

Rossiya - Tramp va Duda muhokama qilgan yagona "xavfsizlik tahdidi" emas. Nemis hukumati yuritayotgan siyosat ham Vashingtonda jiddiy havotirni keltirib chiqarmoqda. Gap bu yerda Berlin NATOning mudofaa harajatlarini YaIMning ikki foizigacha oshirish talabini e’tiborsiz qoldirayotganidagina emas.

Oq uy, sanksiyalar tahdidiga qaramay, nemis hukumati Rossiyaning "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri qurilishida ishtirok etayotganidan g‘azabda. "Germaniya Moskvaga energiya uchun milliardlab to‘lovlarni amalga oshirsa-yu, biz nemislarni Rossiyadan himoya qilishimiz kerakmi? Betartiblik", -  dedi Tramp Duda bilan uchrashuvdan bir necha kun oldin. Va yana Polshani misol keltirdi.

Varshava, Berlindan farqli o‘laroq, Rossiyaning energiya manbalariga qaramlikni minimallashtirishga harakat qilmoqda. Polsha hukumati alternativa sifatida Amerikaning suyultirilgan tabiiy gazi (STG)ni ko‘rib chiqmoqda. Zangori olovning sinov postavkalari ikki yil oldin boshlangan. Shu bilan birga, STG, Polsha rasmiylariga ko‘ra, Rossiya xom-ashyosidan arzonroq.

Pamatnik marshalu Konevu v Prage - Sputnik O‘zbekiston
Siyosiy janjal: Chexiya rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yubormoqda

Tramp va Duda, 2022-yilga kelib, Polshaga STGni yetkazib berish to‘liq hajmga chiqishiga kelishib oldilar. Buning uchun Luiziana shtatida terminallar qurilmoqda. Varshava, agar logistika bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasa, Amerika gazini Ukrainaga qayta sotishga va’da berdi.

Polsha hukumati STGni ma’lum miqdorini Kiyevga yuborishga ulgurdi. U yerda qo‘shnilarining yordami minnatdorlik bilan qabul qilindi va istiqbolda Amerika yoqilg‘isi Yevropani Rossiya gazidan butunlay xalos qilishiga umid bildirishdi. Shunga qaramay, Polsha va Ukraina Moskvadan energiya resurslarini sotib olishda davom etishmoqda.

Sammitning yana bir yakuni - Polshada atom energetikasini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarordir. Varshava yigirma yil ichida oltita yadroviy energoblokni qurishni rejalashtirgan va bunda amerikaliklar yordam beradi.

Polsha - to‘qmoq emas

Varshava universiteti o‘qituvchisi Mixal Patrik Sadlovskiyning ta’kidlashicha: hamma ushbu uchrashuvdan ko‘prog‘ini kutgan.

"Polsha amerikaliklar Germaniyadan sezilarli kontingentini ko‘chirishiga va oxir-oqibat AQSh harbiy shtab-kvartirasini yaratishda aniqlik paydo bo‘ladi, deb umid qilgan. Varshava, shuningdek, polyaklarga harbiy texnikani topshirish bo‘yicha kelishuvga ham umid qilgan. Hozircha hammasi deklaratsiyalar darajasida qolmoqda", - deya tushuntiradi ekspert.

Polshada AQSh va Germaniya o‘rtasidagi qiyinchiliklarni tushunishadi, ammo to‘qmoq rolida bo‘lishni xohlamaydilar. "Hozir Varshava - Tramp va Merkel o‘rtasidagi pasangi bo‘lib turipti, biz uchun ham AQSh, ham Germaniya bilan o‘zaro foydali aloqalarini o‘rnatish juda muhim", - deb hisoblaydi Sadlovskiy.

Prezident RF V. Putin na voyennom parade v chest 74-y godovshini Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Unutilgan o‘tmish saboqlari va uning og‘ir to‘lovi — Putin maqolasi

Muzokaralar Polshada saylovoldi kampaniyasi fonida bo‘lib o‘tdi va bu, ekspert fikriga ko‘ra, munozara yo‘nalishiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi: "Duda polyaklar uning Tramp bilan do‘stligini yuqori baholaydi, deb o‘ylaydi. Ammo davlat rahbari lavozimiga nomzodlarning barchasi Vashington bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashadi. Shu tariqa, AQShga tashrif vaziyatni ko‘p ham o‘zgartirmaydi".

Agar Duda birinchi turda g‘alaba qozona olmasa, ikkinchi turda yutqazishi turgan gap. Va bu yerda, Sadlovskiyning so‘zlariga ko‘ra, Amerika prezidenti yordamchi bo‘la olmaydi.

Bahsli tashabbuslar

IMI MGIMO Yevropa tadqiqotlari markazi ilmiy hodimi Artom Sokolovning fikricha, AQSh harbiylarining Germaniyadan qayta dislokatsiya qilinishi Polsha ambitsiyalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Ekspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, vedushiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov - Sputnik O‘zbekiston
Yushkov: Polsha "Shimoliy oqim-2" ni to‘xtatishga harakat qilmoqda

"AQShning Yevropadagi eng sodiq va qimmatli ittifoqchisi maqomiga erishishga da’volar davom etadi. Kontingentning ko‘chirilishi "Vishegrad to‘rtligi" (Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya) va "Uchta dengiz" tashabbusi doirasida Varshavaning mavqeyini yanada mustahkamlaydi", - deya ta’kidlaydi ekspert.

Siyosatshunos fikriga ko‘ra, AQShning Polshadagi bir necha ming askari Moskvani havotirga solmaydi: "Rossiya chegaralari bo‘ylab NATO harbiy kuchlari sonining o‘sib borishi, faqatgina aks choralarni keltirib chiqarishi mumkin, birinchi navbatda, polyaklar bilan chegaradosh Kaliningrad viloyatida".

Trampning Polshaga qo‘shinlarni ko‘chirish to‘g‘risidagi qarori - Yevropada xavfsizlik sohasidagi kelishuvlar tizimini zaiflashtiradigan yana bir qadamdir, deya xulosa qiladi Sokolov.

Yangiliklar lentasi
0