TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Sergey Savchuk. Agar Xitoyning koronavirusiga nisbatan sun’iy ravishda oshirilgan keskinlikni olib tashlasak, ushbu haftadagi yangiliklarning asosiy yetkazib beruvchisi Rossiya va Belarus o‘rtasida gaz yetkazib berish va neft tranziti bo‘yicha navbatdagi “to‘qnashishlari” bo‘ldi. Yil boshidan beri Minsk ancha noaniq pozitsiyani egallab, qo‘shimcha imtiyozlar uchun muzokaralar olib bordi va Rossiya neft sektoriga qo‘llanilgan soliq islohoti natijalarini qabul qilishdan bosh tortdi. Sochidagi uchrashuvdan keyin kelishmovchiliklar to‘plami, garchi ular hal qilinmagan bo‘lsa-da, ko‘rib chiqildi va kun tartibidan qisman olib tashlandi.
Shu bilan birga, yangiliklar bizdan xuddi shu Belarus bilan ajratilgan Polshadan kelmoqda. Xususan, Polshaning Vazirlar kengashi raisi o‘rinbosari, davlat aktivlari vaziri Yatsek Sasin (Jacek Sasin) Polshaning RFM24 nashriga bergan intervyusida mamlakat endi Rossiyadan ko‘mir sotib olmaydi deb bayonot berdi. Ushbu qaror Polsha ko‘mir konchilarining "Avgust 80" kasaba uyushmasi vakillari Silez viloyatidagi "Laziska" shahridagi shu nomdagi elektr stansiyasi yaqinidagi temir yo‘lni to‘sib qo‘yganlaridan keyin qabul qilindi. Aksiya tashkilotchilari, agar davlat rus ko‘mirini sotib olishdan bosh tortmasa, 17-fevral kuni ular sanoatning ogohlantiruvchi ish tashlashini boshlashadi va agar bu yordam qilmasa, 28-chi kuni konchilar poytaxtga kelib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Seymga yurish uyushtirishadi.
Mavjud vaziyatning shart-sharoitlarini tushunish uchun umuman Polsha energetikasining tuzilishini va xususan ko‘mir bilan aloqasini tushunish kerak.
Polshaning butun tarixi, uning rivojlanishi va zamonaviy shakllanishi ko‘mir bilan uzviy bog‘liqdir. Ushbu qazilma boyliklarga mamlakat yer bag‘rlari juda boy, shu sababli ajablanarli joyi yo‘q, chunki energetika sohasida yaqin va arzon turadigan yoqilg‘i turiga e’tibor qaratilgan. Va agar, masalan, Germaniyada jigarrang ko‘mir (lignitlar) ustunlik qilsa, Polsha yer osti boyliklari dangasa bo‘lmagan izlovchilarga qora ko‘mirni ham beradi. Ikkinchisi bira to‘la ikkita havzada joylashgan: Silez va Lyublin, ularning zaxiralarning 67 foizi energetik ko‘miridir, qolganlari kokslashadigan navlariga to‘g‘ri keladi. Jigarrang ko‘mir butun mamlakat bo‘ylab tarqalgan va bugungi kunda polyaklar o‘ttizga yaqin konlarni qayta ishlamoqda. Eng kattalari Adamuv, Konin, Belchatuv, Turuv va Legnitsa shaharlarida joylashgan.
Eski Dunyo mamlakatlari ekologiyadan tashvishlangan jihatdan maktab o‘quvchilarining bosimi ostida ko‘mirni qazib olish va ishlatishdan voz kechayotgan bo‘lsa bo‘lgan bir paytda, Polsha uni olishga va undan foydalanishga chek qo‘yishga harakat qilmayapti ham. BMTning dekabr oyidagi atrof-muhit masalalari bo‘yicha sammitida Mateush Moraveskiy so‘zlari bilan Varshava o‘z pozitsiyasini o‘ziga xos tarzda namoyon . Ko‘mir mamlakatning energetik xavfsizligining asosidir va undan voz kechish uchun biron bir imkoniyat yo‘q: na moliyaviy, na texnik. O‘zining pozitsiyasining daxlsizligini namoyish etish uchun Zlochev (Zloczew) shahrida sammit boshlanishidan sal oldin, yangi ko‘mir koni tantanali ravishda ochilgan edi, u shunchalar katta ediki, uni ochish uchun hatto uch ming oilani ko‘chirishga to‘g‘ri keldi.
Varshavaning tanlovi mutlaqo aniq. 2018-yil holatiga ko‘ra, Polsha ishlab chiqarishining umumiy tarkibidagi "ishonchli qora oltin" qariyb 50 foizni tashkil etadi va har yili ishlab chiqariladigan 825 teravatt-soat elektr energiyasida ko‘mir ulushi 80 foizni tashkil etadi.
Yana bir nechta raqamlar. Eng so‘nggi Eurostat ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda polyaklar o‘z qozonxonalari va zavodlarining pechlarida 73,8 million tonna ko‘mir yoqib yuborishdi, bu esa ikkinchi o‘rinni egallagan Germaniyadan yigirma millionga ko‘pdir. Polsha ishlab chiqarish bo‘yicha ham birinchi o‘rinda: 65,4 million tonna va Yevropa ishlab chiqarishining 82 foizi.
Ikki yil oldin Polshaning ko‘mir importi va eksporti hajmi deyarli teng edi. Mahalliy ko‘mir qazib oluvchi kompaniyalar yiliga o‘rtacha o‘n million tonnadan mahsulot sotar edilar va tahminan huddi shu miqdor chet eldan - Rossiyadan, Avstraliyadan, Mozambikdan va albatta AQShdan keltirilar edi. Bunday sxema bir vaqtning o‘zida Polshalik konchilarni ish bilan ta’minlar edi va sohalarda zarur bo‘lgan ko‘mirning ayrim navlari yetishmasligini qoplardi.
Ammo 2018-yilda Polsha hukumati 20 million tonnani import qilib, chet eldan ko‘mir sotib olishni keskin oshirdi. 2019-yilning to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra, 12,3 million tonna sotib olindi, shundan sakkiz tonnasi Rossiyadan yetkazilganiga to‘g‘ri keladi. Shunday yo‘l bilan, hukumat uzoq davom etishi mumkin bo‘lgan sovuq ob-havodan o‘zini himoya qildi. Ammo kuz tugagach va o‘rniga g‘ayritabiiy iliq qish keldi. Va ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarining omborlarida juda ko‘p sarf qilinmagan yoqilg‘i to‘planib qoldi. Tabiiyki, chet elda hech kim Polsha ko‘miriga muhtoj emas edi. Ya’ni, Sileziya konchilari ishsiz qolishdi. Ushbu vaziyatda kim aybdor bo‘lganligi haqida taxmin qilish oson emas.
Albatta - Rossiya. Polsha o‘zi tanlagan vektorda nafaqat XX asr tarixiga oid savollarga sodiqdir.
Hukmron "Qonun va adolat" partiyasi qudratli konchilar uyushmasiga qarshi kurashishdan ochiqchasiga qo‘rqib ketdi va davlatning butun kuchi bilan ko‘mir importi bilan shug‘ullanuvchi PGE va Tauron davlat kompaniyalariga hujum qildi. Ularga Rossiyadan energiya sotib olish taqiqlandi - va hatto ularning konchilariga zarar yetkazadigan xajmda emas, umuman. Shunisi e’tiborga loyiqki, taqiq faqat rus ko‘miriga taalluqli, Amerika va Avstraliyadan yetkazib berish haqida biron bir so‘z aytilmagan.
Bu yangilik, albatta, bizning ko‘mir qazib oluvchilarni juda xursand qilmaydi, ayniqsa, agar ular o‘tgan yilni ishlab chiqarish va sotishning salbiy tendensiyasi bilan yakunlaganini eslasak. Ehtimol, bu mahalliy ko‘mir sanoatini sifatli qayta qurish, ko‘mirni chuqur qayta qazish, uni boyitish va ko‘mir qatlamlaridagi metanni ishlab chiqarishni ko‘zda tutadigan boshlang‘ich nuqta bo‘lishi mumkin.
Yana bir narsa. Ikki mamlakat munosabatlaridagi yana bir muhim voqeani eslamaganimizda, bugungi suhbatimiz to‘liq bo‘lmas edi. 18-may kuni Yamal gaz quvuri orqali Polshaga gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma muddati tugaydi. Varshava bir necha bor yangi shartnomaga muhtoj emasligini aytdi, chunki u o‘zining barcha ehtiyojlarini Amerika ZTG yordamida qoplashni rejalashtirmoqda. Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi ham bu masalada hech qanday bayonot bermay hatto, sukut saqlamoqda. Tomonlar sig‘imi 32 milliard kubometr bo‘lgan gaz quvurini shunchaki berkitib qo‘yishlari dargumon. Shunday qilib, vujudga kelgan sukunat, va shuningdek Polshaning qasddan balandparvoz bayonotlari jang oldidan jimjitlik deb hisoblanishi mumkin, bu yerda har ikki tomon zaxiralarni to‘playdi va raqibning mumkin bo‘lgan harakatlarini hisob-kitob qiladi.
Belarus kun tartibidan chiqmasdan oldin, Polsha darhol uning o‘rnini egallaydi. Diplomatik sambo bo‘yicha keskinliklar ham ancha yuqoriroq bo‘ladi.
Manba: RIA Novosti.