Polsha nima sababdan Rossiya gazidan mahrum bo‘ldi?

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVentil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii
Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pandemiya va Yevropa gaz bozoridagi juda arzon narxlar Rossiyada makroiqtisodiy mushkulliklarga olib kelmadi. Rubl hatto biroz o‘sa boshladi.

Gaz bozoridagi vaziyat jiddiyligicha qolmoqda: Yevropada gazning birja narxi bir ming kub metr uchun 46 dollargacha, Osiyoda esa 75 dollargacha tushdi, deb yozadi RIA Novosti muallifi Aleksandr Sobko.

Hatto Gazprom ham, bozordagi ulushini saqlab qolish bo‘yicha an’anaviy siyosatiga qaramay, asta-sekin yetkazib berishni cheklamoqda. So‘nggi yangiliklardan Polsha orqali tranzitni to‘xtatilishiga e’tibor berish mumkin. Xo‘sh, buning sababi va oqibatlari qanday bo‘ladi?

Gaz narxi pasaydi 

16 mayda uzoq muddatli tranzit shartnomasi yakunlandi. Shu bilan birga ma’lum bo‘ldiki, "Gazprom" uchinchi chorak uchun  Yevropa yangi qoidalariga (kim oshdi savdolari) muvofiq tranzit hajmining 80 foizini zaxiraga oldi. Ammo 17-maydan 1-iyulgacha bo‘lgan "oyna" bo‘sh qoldi, bu yerda alohida kim oshdi savdolari o‘tkazilmoqda. Gazprom ular uchun juda oz miqdordagi zaxiralarni saqlab qo‘ydi va 26-mayda yetkazib berishni butunlay to‘xtatdi. Juda arzon narxlar davrida Polsha tranzitidan ozgina tejashga yaxshi imkoniyat paydo bo‘ldi. Ammo, iyun oyidagi kim oshdi savdosida deyarli barcha hajm (94%) yana zahiraga olindi.

Gazoviy super tanker - Sputnik O‘zbekiston
Bunaqasi bo‘lmagan: koronavirus tufayli suyultirilgan gaz narxi keskin tushib ketdi

Shunisi e’tiborga loyiqki, gaz narxining bir necha baravar pasayishi, neft bozoridagi yaqinda yuzaga kelgan vaziyatdan farqli o‘laroq, makroiqtisodiy barqarorlikka tahdid solmadi va rubl (neft narxining o‘rtacha o‘sishi sharoitida) hatto kuchaydi ham. Bu tushunarli ham. An’anaga ko‘ra, mamlakatimiz asosiy budjet - va valyuta tushumlarini gaz sektoridan emas, balki neft sektoridan oladi. Albatta, neft va gaz daromadlari pasaygan hozirgi sharoitda har bir tiyin, aniqrog‘i, bir sent oshiqchaliq qilmaydi, ammo bu vaziyat unchalik keskin emas.

Agar suyultirilgan tabiiy gaz (STG) haqida gapiradigan bo‘lsak, STG eksport qilishda hatto boji ham bo‘lmaydi, "Yamal SPG" loyihasi esa foydali qazilmalarni qazib olish solig‘idan (NDPI) 12-yilga ozod qilingan va daromad solig‘iam kamaytirilgan. Tarmoq gazida (sotish narxidan qat’iy nazar) 30% eksport boji, shuningdek ancha murakkab formulada hisoblab chiqarilgan foydali qazilmalarni qazib olish soliqlari mavjud.

Ammo quvur gazini eksport qiluvchilariga biroz osonroq: jo‘mrakni "burib qo‘yish" uchun imkoniyatlar ko‘proq. STG haqida nima deyish mumkin? Yaqinda biz Qatarni AQShga sodiq bo‘lgan davlat sifatida, o‘z navbatida, AQShning STGsi eksportini rivojlantirish uchun yuqori narxlarni oshirishdan manfaatdor bo‘lib, global gaz bozorida o‘zini yanada ehtiyotkorlik bilan tutishini muhokama qilgan edik.

Tajovuzkor Qatar va ehtiyotkor AQSh

Shunga qaramay, STG ning bu yirik ishlab chiqaruvchisi o‘zini juda tajovuzkor tutmoqda. Nega unday bo‘lmoqda? Bu yerda qisqa va uzoq muddatli jihatlarni belgilash kerak.

Emir Katara Tamim ben Xamad Al Tani - soveshaniya po vzaimodeystviyu i meram doveriya v Azii (SVMDA)  - Sputnik O‘zbekiston
Yangi tahdid: Qatar gaz urushini boshlashga tayyor

Birinchidan, bugungi kundagi vaziyat. AQShning STG eksporti allaqachon eng yuqori ko‘rsatkichlarning 50 foizigacha pasayib bo‘ldi, ammo bu ham hali ko‘p. Nima uchun? Janr qonunlariga ko‘ra, u to‘xtashi kerak edi. Tashqi bozorlarda (Yevropa Ittifoqida) gaz narxi AQSh ichidagi narxdan ancha past  yoki (Osiyoda) juda yaqin. Biroq, bu ro‘y bermayapti va zavod egalari (suyultirish uchun majburiy to‘lovni to‘lab qo‘ygach) haidorlar rad etgan gazni o‘zlari ishlab chiqarmoqdalar. Nima uchun? Buning sabablaridan biri shundaki, suyultirish zavodlariga yukni kamaytirish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lib, jarayon samaradorligi keskin pasaytirib yuboradi.

Ammo xuddi shu mantiqni (ishlab turgan zavodlarni maksimal yuklanish bilan ishlatishni qoldirish istagi) Qatarning o‘zi va boshqa ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan Rossiyaning STG zavodlariga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Ayni paytda Qatarda ham, Rossiyada ham vaziyat, qo‘rinishidan yaxshiroq. Va gap nafaqat suyultirilishiga mo‘ljallangan gazning arzonrligida. Zavodlar iqtisodiga qazib olish jarayonida qo‘shilib chiqadigan kondensat (juda qo‘pol qazishda - neftning o‘ta yengil fraksiyalari) muhim hissa qo‘shadi. Kondensat qazib olish gaz bilan bir vaqtda amalga oshiriladi, shuning uchun STG ishlab chiqarmasdan turib, foydali kondensatni qazib olib sotib bo‘lmaydi. Kondensat tufayli, operatsion qiymati (ya’ni kapital qo‘yilmalar va ilgari kafolatlangan to‘lovlar bundan mustasno), nisbatan pastroq bo‘lib, amaldagi narxlarga deyarli mos kelib qoladi. AQSh bu mantiqqa amal qilmaydi, u yerda zavodlarga "quruq" kondensatsiz gaz yetkazib beriladi.

Natijada, hatto Rossiya ham aprel oyida STG eksportini oshirdi (o‘tgan yilning apreliga nisbatan). Birinchi chorakda "Yamal SPG"-ning yuklanishi umuman loyihaviy quvvatning 122 foizini tashkil etdi!

STG ishlab chiqarish xarajatlari

Gazprom sotishda kamroq tajovuzkor, ammo operatsion xarajatlar nuqtayi nazaridan uning eksporti narxi ham juda past. Quvurlarning aksariyati Gazpromning o‘ziningnazorati ostida yoki "gazni tort yoki to‘la" tamoyili asosida ishlaydi. Joylardagi xodimlar ham har qanday holatda ham maosh oladi. Gaz tortuvchi uskunalar uchun yoqilg‘i huddi shu gazning o‘zidir. Natijada, har ming kubometr uchun narx 50-55 dollarga tushmaguncha, rus zangori olovini sotish foydalidir (operatsion xarajatlarni hisobga olib).

Sotrudnik valyutnoy birji - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodchi nima sababdan neft va gaz narxlari ko‘tarilganini tushuntirdi

Bundan tashqari, narxlar kelajakda talab va taklif balansiga bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatli istiqbol ham muhimdir. Yangi ishlab chiqarishlar qanchalik miqyosda quriladi?

Va bu yerda Qatar hozircha tajovuzkor siyosatni namoyish qilmoqda: yaqinda suyultirish hajmi 2025-yilga kelib hozirgi 77 milliondan 110 million tonnaga va 2027-yilga qadar 126 milliongacha yetkazish rejalari tasdiqlandi. Bu yerda biz yerda qandaydir yangilikni ko‘rayapmiz deb bo‘lmaydi. Ishlab chiqarishni 77 milliondan 126 million tonnagacha yetkazish rejalari uzoq vaqtdan beri ma’lum. Bu yerda gap ishning qachon boshlanishi borasida ketmoqda. Ishlab chiqarishni 2025-yilda boshlash uchun 2021-yilda qurilishni boshlagan ma’qulroq.

Qanday bo‘lmasin, Qatarning quvvatini o‘z muddatida kengaytirilishi (va bu qo‘shimcha 49 million tonna degani) amalga oshirilsa, albatta narxlarga ta’sir o‘tkazadi. Bunday holda, AQSh oldingi narx modeli doirasidagi STG yangi loyihalarini kamida ma’lum bir qismini ishga tushira olmaydi. Qaysidir ma’noda aytishimiz mumkinki, Qatar AQShning aksga olinib qurilishi mumkin bo‘lgan suyultirish zavodlarining bir qismini "tortib olishi" mumkin.

Bu biz uchun nimani anglatadi? Rossiya uchun gaz va STGning narxi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi bo‘lishi tushunarli. Ammo ishlab chiqarishni kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi nuqtayi nazaridan Rossiya bozori uchun deyarli hech narsa o‘zgarmaydi. Ba’zi istisnolardan tashqari, Rossiyaning suyultirilgan gazni istiqbolli loyihalari eng past tannarxlilar guruhiga kiradi, bu esa qurilish to‘g‘risida qarorni jahon bozoriga nisbatan e’tiborni kamroq qaratgan holda qabul qilish imkonini beradi.

Talab  kuchayishi - istiqboli katta

Ko‘p narsa talabga bog‘liq bo‘ladi, uni oldindan tahmin qilish oson emas. Darvoqe, agar yaqinda ("koronavirusgacha") bo‘lib o‘tgan, Tellurian STG zavodini qurish loyihalaridan birining taqdimotiga e’tibor bersak, 2025-yilga kelib bozordaga 200 million tonnaga teng tanqislikni ko‘rishimiz mumkin. Taqdimotning mazmuni: qurish, qurish va yana qurish kerak. Javob oddiy - ushbu modelda suyultirilgan gazga bo‘lgan talabning yillik o‘sishi 9,3% (avvalgi davrga nisbatan) darajasida prognoz qilinmoqda, va bu juda optimistik ko‘rinadi. Shunga qaramay, aynan oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan talab, ohir-oqibat kelajakda narxlarni belgilab beradi va investitsion qarorni qabul qilishda kim haq va kim nohaq bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Ekspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, vedushiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov - Sputnik O‘zbekiston
Yushkov: Polsha "Shimoliy oqim-2" ni to‘xtatishga harakat qilmoqda

Va albatta, yangi STG loyihasida narxni belgilash mexanizmi bu yerda asosiy omil bo‘lib qoladi. Amerika loyihalar ham yashashga haqlidirlar - masalan, agar ular o‘zlarining gazlarini AQShdagi gazning ichki narxlari va suyultirish hizmati asosida hisoblanadigan narxlarda emas, balki Yevropadami yoki Osiyoda bo‘lishidan qat’iy nazar, birja narxlarida sotishlari kafolatlangan bo‘lsa. Ammo bunday arbitraj xatarlarini o‘z zimmasiga olishga tayyorlar bormi? Boshqa loyihalar uchun uzoq muddatli shartnomalar tuzishda narx belgilashni kuzatish ham juda qiziq bo‘lib bormoqda: ularda spot va neftga bog‘liqligi bor uzoq muddatli shartnomalar nisbati qanday bo‘ladi va STG neft narxiga bog‘liq qanday chegirma bilan sotiladi.

Yangiliklar lentasi
0