TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Polsha prezidenti Anjey Duda Rossiyani NATO dushmani deb hisoblamaydi.
“Dushman yoʻq. Bugungi kunda bitta ham dushman yoʻq (NATOning – tahr.). Ehtimol, terrorchilik xususiyatga ega nodavlat tashkilotlarni dushman deb atash mumkin”, - deya javob qilgan Duda jurnalistlarning Rossiya NATOning dushmanimi degan savoliga. RIA Novosti uning soʻzlaridan iqtibos keltirgan.
“Bu bizning hamma ishlarda ham kelishmaydigan qoʻshnimiz”, - deya qoʻshimcha qilgan u.
Dudaning soʻzlariga koʻra, Moskva bilan muzokaralar olib borish kerak, chunki Rossiya qoʻshni va hamkor boʻladi.
Oʻlik miya bilan yubiley. Rossiya NATOdagi kelishmovchiliklardan naf koʻradimi?
Rossiya koʻp marotaba biror kishi uchun tahdid tugʻdirmasligini maʼlum qilgan, ammo uning manfaatlari uchun boʻlgan ehtimoliy xavflarni eʼtiborsiz qoldirmaydi.