Gollivud va baxshilar: g‘oyalar o‘g‘irlanganmi?

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tish Plash supermena.
 Plash supermena. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yoki supermenga yengilayotgan Alpomish; ma’rifat tarqatib, ma’rifat orqali inqirozga uchragan baxshichilik haqida

Yaqinda rejissorlardan biri Alpomish va Supermenning Bo‘ysun adirlaridagi jangi haqida multfilm yaratish istagi borligini aytganda, o‘ylanib qoldim va oxiri shuyam g‘oya bo‘ldi-yu, degan fikrga keldim!

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: adabiyot va san’at, OAVlarning biznesga aylanishiga yo‘l qo‘ymaymiz

Chunki qarama-qarshi g‘oyalar, qarama-qarshi obrazlar, o‘zga zamonlar, o‘zga qadriyatlar... Bir qarashda, ming yil bir qozonda qaynasayam qoni qo‘shilmaydigan ikki qahramon! Nima, birovning soyasida jannatga kirishni orzu qilganday, Supermenning shuhratiga Alpomishni sherik qilamizmi yoki Alpomish orqali Supermenni targ‘ib etamizmi?

Alpomish milliy qadriyatlar, an’analar, xalqning o‘tmishi, ming yillar davomida elning orzu-umidlaridan yaralgan qahramon.

Uni allaqanday kino qahramoni bilan taqqoslash, yonma yon qo‘yish qanchalik o‘rinli bo‘larkin? Lekin Alpomishni qino qilib, uning Supermen oldida qanchalar ojizliginiyam ko‘rsatib qo‘ydik-ku! Aslida Alpomish emas, yolchitib kino ishlolmaydigan bizlar ojizmiz.

Shunday xayolga borgan edim.

Endi, o‘ylab ko‘rsam, bu ikki obraz o‘rtasida o‘xshashliklar ko‘p ekan...

© Press-slujba Goskomturizma UzbekistanaV Termeze proydet festival iskusstva "Baxshi"
Gollivud va baxshilar: g‘oyalar o‘g‘irlanganmi? - Sputnik O‘zbekiston
V Termeze proydet festival iskusstva "Baxshi"

Bugun O‘zbekistonda folklorning baxshichilik yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yilda ushbu yo‘nalishda prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari e’lon qilindi. Ilgari hech kuzatilmagan holat! Millat ildizlariga nazar tashlamoqda, o‘zligini anglab olish, millatni birlashtirish va kelajakka ruhlantirishda san’atning ushbu turidan ham foydalanmoqchi, tarixini ulug‘lamoqchi. Axir eng haqqoniy tarix – faqat badiiy asardagina ifodalanadi. Buning ustida bu badiiy asar minglab yillar davomida og‘izdan og‘izga o‘tib, takomillashib, har bir avloddan nimadir olib, qo‘shilib, daroday to‘lqinlanib kelayotgan bo‘lsa.

Baxshichilik nima o‘zi? Qaydan kelib chiqqan, ildizlari qayda?

Bu so‘z mo‘g‘ullar va buratlarda ustoz, ma’rifatchi ma’nosini bergan ekan. Albatta-da, baxshilar kech kuzdan erta bahorgacha to‘ylarda, yig‘inlarda kuylab, dostonlar aytib, xalqning ma’rifatli bo‘lishiga xizmat qilgan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev obnimayet veterana Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Veteranlar raqsi, prezidentdan surpriz va o‘zbek xalqining ma’naviy jasorati

Biroq bu ma’rifat elchilari bora-bora jamiyatga unchalar ham kerak bo‘lmay qoldi.

O‘zbekistonda baxshichilikning taraqqiy etishiga nazar solib ham taraqqiyotning yo‘nalishini belgilab olish mumkin. Yo‘q, baxshichilik, O‘zbekistonga taraqqiyot olib kelmagan. Aksincha, undan chekinib borgan.

Deylik, Bulung‘ur baxshichilik maktabining eng yorqin namoyandasi  Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li 1955-yilda, Nurota (Qo‘rg‘on) maktabining so‘nggi yirik baxshisi Po‘lkan shoir 1941-yilda, Shahrisabz dostonchilik maktabining oxirgi mashhur vakili Abdulla Nurali o‘g‘li 1957-yilda, Narpay maktabining vakili Islom Nazar o‘g‘li 1953-yilda vafot etgan. Sherobod dostonchiligining eng gullagan davri ham  o‘tgan asrning birinchi yarmigacha davom etgan.

Albatta, bugungi kunda ham O‘zbekistonda baxshilar ko‘p, ijod qilishmoqda, xalqning minglab yillik merosini ko‘z qorachig‘iday asrab, keyingi avlodga yetkazish tadorigida yurishibdi, lekin bir muddat ularga e’tibor susayganday edi. Qolaversa, xalq o‘rtasida ham qiziqish avvalgiday emas. Televidenie orqali beqasam chopon kiyib, do‘mbirasini chertib, ichki ovozda nimanidir kuylayotgan kishini ko‘rgan yosh tomoshabin albatta kanalni o‘zgartiradi.

Xo‘sh, baxshichilik maktablarining inqirozi sabablari nimada?

Har qanday zamonda ham inson uchun ma’naviy ozuqa yeb-ichishdan past o‘rinda turmagan. Baxshichilik aynan shu – inson ma’naviy ochligini qondirishga qaratilgan.  Baxshilar azaldan dostonlar kuylab, odamlarning hayotiga ma’no-mazmun kiritgan. U o‘zida ham qo‘shiqchilik, ham kino, ham teatr, ham ta’lim unsurlarini mujassam qilgan va shu sababli taraqqiy qilgan edi. Keyinchalik, kitobot, teatr, qo‘shiqchilik va nihoyat kino rivoj topib, bu san’at sekin-asta ikkinchi o‘ringa tushib qoldi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev oliy ta’limning ma’naviy-ahloqiy mazmunini kuchaytirishni buyurdi

Baxshichilik bugun o‘zining dastlabki vazifasini deyarli bajarmay qo‘ydi. Endi u tomosha, ko‘ngilochar vositasi emas, aytarli ma’rifat ham ulashmaydi. U millatning tarixi, o‘ziga xosligi, tili, urf-odatlari,  minglab yillar davomidagi orzu-o‘ylari, hayot tarzi, qiziqishlarini ifoda etib, asrab kelayotgan vositaga aylandi.

Baxshichilik tanazzulining yana bir sababi – bu uning anchayin qiyin san’atligi.

Baxshi nafaqat shoir, balki musiqachi, ashulachi, diktor va mahoratli aktor, asosiysi, kuchli xotira sohibi bo‘lishi lozim. Aytishlaricha, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li qozoqlarning "Qiz-Jibek" dostonini ikki marta o‘qib, oradan bir oy o‘tgach yoddan aynan aytib va yozib bergan.

Bugun, odamlar o‘z miyasidan ko‘ra, kompyuter xotirasiga tayanib qolgan davrda minglab baytli asarlarni yod olib, aytish hammagayam anchayin og‘irlik qiladi. Hammayam bu ishga jonjon deb kirishavermaydi.  Buning ustiga u orqali ilgarigiday, ro‘zg‘or tebratib bo‘lmasa. Darvoqe, mavridi bo‘lmasa ham aytish lozim, baxshilikning o‘z axloqiy kodekslari bo‘lgan. Ular qat’iy amal qilgan tartib-qoidalarning biri – ular, bugungi qo‘shiqchilardan farqli o‘laroq hech qachon narx-navoni belgilashmagan. "Haq" masalasi hal etilishi lozim bo‘lganda, o‘rtaga belbog‘ini tashlab, tashqariga chiqib ketgan ekan. Yig‘ilganlar ataganlarini shu belboqqa tashlab, u qaytguncha tugib qo‘yishgan.  Albatta-da, "menga falon pul berasan" deb tursa, Yunus pari, Misqol parining go‘zalligi, Alpomishning qahramonliklari, Go‘ro‘g‘lining matonati, Oybarchinning hasratlari tarannum etilgan misralarning ta’siri bo‘larmidi?

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
"Lik-lik" - xalq artisti": ijodkor ziyolilar davrasida Mirziyoyev aytgan yorqin jumlalar

Qolaversa, insoniyatning hayotiy tajribasi ham ortib bormoqda. Tobora bir-birimizning ko‘nglimizga yetib borishning maqbulroq, osonroq usullari, yo‘llarini topmoqdamiz. Vaqt masalasi ham tig‘izlashgan. Endi hech kimning bitta dostonni ikki-uch kunlab tinglab o‘tirishga xohishi ham, vaqti ham yo‘q. Endi hayotni butun rang-ro‘yi, his-hayajoni bilan ko‘rsatib beruvchi kinolar bor. Kitoblar bas deguncha. Butun xalq savodxon. Endi bir joyda to‘planib, baxshini eshitib, o‘z his-hayajonalaringni, tuyg‘ularingni boshqalarga namoyon etish shart emas. Yolg‘iz o‘tirib, kitob o‘qib, kino tomosha qilib, ashula eshitib shu ma’naviy ozuqani olish mumkin.

Endi xalq dostonlari bizga xalqning minglab yillik o‘tmish hasratlari, dardlarini anglash, millatning tarixini bilish uchun kerak, xolos.

Chunki, xalq dostonlari insonlarning orzu-o‘ylari, maqsadlari, xayollarini o‘zida mujassam qilgan. Ilgari, har qanday holatni qog‘ozga tushirib, saqlab qolish imkoni bo‘lmagan davrda xalq tarixini unutmasliknig asosiy vositasi insonlar ongi edi.

E’tiroz bo‘lishi mumkin – qanaqa tarix? Bu ertak-ku! Hammayoq vahima, grotesk!

Deylik: Oltmish qari olachadan qalpog‘i, To‘qson qo‘yning terisidan telpagi, To‘rt yuz to‘qson quloch qo‘lda hassasi, Sarhovuzdan katta edi kosasi, Shuni bilan o‘n sakkizta nashasi, To‘qson qari bo‘zdan bo‘lgan kissasi.

Xullas, hammayoq ertak!

Akin Idiris Ayitbayev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev andijonlik qirg‘iz baxshiga Malibu va uy sovg‘a qildi

Aslida esa biron holatni, hodisani asrab qolish uchun mana shunaqa vahimalar zarur. Bugun har qanday axborot yarim kunda eskirib qolayotgan bo‘lsa, ilgari ham nari borsa, bir-ikki yilda unutilgan. Voqeani yoddan chiqarmaslik uchun esa har bir avlod uning yoniga o‘zidan ozroq "qo‘shib" bormog‘i lozim. Xuddi Samarqand shahridagi Doniyor payg‘ambarning qabriga o‘xshab-da. Aytishlaricha ushbu qabrga ham har yuz yilda bir metr qo‘shib qo‘yilar ekan. Maqsad – tobora uzoqlashib borayotgan vaqtdan turib qaragan odam ham uni ko‘ra olsin! Uzoqdagi narsani ko‘rish uchun u ulkan bo‘lishi lozim-da.

Dostonlar bizga ma’lumotlarni mana shunday, mahobatli ko‘rinishda yetkazadi. Ular orasidan haqiqatni ilg‘ash olish uchun esa katta aql sohibi bo‘lish shart emas.

Darvoqe, Xorazm baxshichilik maktabi nima bo‘lishidan qat’iy nazar bugun ham bayroqni imkon qadar ushlab  turibdi. Sababi ifoda uslubida bo‘lsa kerak. Ularda Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, qolaversa qo‘shni davlatlar baxshilarinikidek so‘z, holat va voqea birinchi o‘ringa qo‘yilmaydi. Balki ularda musiqa yetakchilik qiladi. Tashqi ovozda kuylanadi. Xorazm dostonchligida ishq-muhabbat mavzusi yetakchilik qiladi. Badiiy adabiyotning umrboqiy mavzusini esa bilamiz: o‘lim va muhabbat!

Bugun, AQShning kino sanoati tandirdan uzilayotgan issiq nonlardayin kinomahsulotlarni bozorga peshma-pesh yetkazayotgan bir davrda xalq dostonchiligining yashab ketishi shubha ostida. Buni faqat davlat tomonidan e’tibor orqali saqlab qolish mumkin.

Lekin nima bo‘lishidan qat’iy nazar xalq dostonlari, baxshilarning kuy-qo‘shiqlari ohangi millatning qon-qoniga singib ketgan. U bir kun emas bir kun baribir bo‘y ko‘rsatadi.

Deylik, Komiljon Otaniyozov va Hosila Raximovaning xalq dostonlari, baxshilarning termalaridan aytilgan qo‘shiqlari bekorga ommalashmagan. G‘arb ohangiga yo‘rg‘alab ketayotgan qo‘shiqchilar shunga e’tibor qaratsa, termalardan, ularning ohangida aytib ko‘rsa, natijasini darrov sezilgan bo‘larmidi?!

Massovie zanyatiya utrenney gimnastikoy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston aholisi orasida “Alpomish” va “Barchinoy” testlari o‘tkaziladi

Aslida Spaydermen ham, Supermen ham, Gollivudning fantastik kuch-qudlarga ega boshqa qahramonlari ham Go‘ro‘g‘li, Alpomish va Rustam kabi xalqlar minglab yillar davomida shakllantirib, yaratgan obrazlardan olingan. Darvoqe, "To‘qson qo‘yning terisidan telpagi" degan misralar Xalkka nisbatan ham bemalol qo‘llanilishi mumkin. Qaysi zamonda, davrda,  makonda yashashidan qat’iy nazar insonga ideallar kerak, qahramonlar kerak ekanda!

Ayanchlisi, multfilm ishlab, Alpomishni g‘olib ko‘rsatish mumkindir, lekin u jangni Gollivud qahramonlariga boy berayotgani rost. Leki bu hali urush boy berildi degani emas. Ming yillik qahramonlar shunchalik oson yengilmaydi!

Achinarlisi, bir paytlar xalq og‘zaki ijodini sekin-asta sahnadan siqib chiqargan qog‘oz kitobni ham xuddi shu taqdir kutayotgani.

Vositalar o‘zgarmoqda!

Yangiliklar lentasi
0